Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


«Bu mening ishim emas» usuli – «STRAUS»


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

«Bu mening ishim emas» usuli – «STRAUS» 
«Meni tinch qo’yinglar! Meni hyech narsa qiziqtirmaydi!» 
Siz  konfliktning  yechimini  qidirish  o’rniga  undan  qochasiz,    ammo  bu  qochish 
―qo’y‖  usulidan  farq  qiladi.  Agar  ―qo’y‖  usuli  konflikt  mavjudligini  tan  olsa,  siz 
―konflikt – yo’q‖ deb turib olasiz. Ya’ni siz umuman konfliktni tan olmaysiz, buning 
natijasida sizning emosiyalaringiz zarar ko’rmaydi. Siz qaylardadir undan yashirinib 
yurasiz, muammo mavjudligini tan olgingiz kelmaydi. Konflikt kelib chiqqanligini va 
uni  yechish  lozimligini  o’ylagingiz  kelmaydi.  Mashmashalardan  qochasiz.  ―Ularni 
o’ylamasa,  ular  yo’q  bo’ladi‖,  deb  o’ylaysiz.  «Ko’y»  yengilgan  vaziyatda,  siz 
umuman uning mavjudligini ham tan olgingiz kelmaydi. O’zingizni konflikt yechimi 
borasida  o’ylashga,  fikr  qilishga  majbur  qila  olmaysiz,  bu  haqida  o’rtoqlashgingiz 
ham kelmaydi. Agar siz konflikt vaziyatga tushib qolsangiz, eng avvalgi reaksiyangiz 
– ―bu mening ishim emas‖, deyishdir. O’zingizni hyech narsa bilmagan, hyech narsa 
ko’rmagan,  hyech  narsa  hal  qila  olmaydigan  odam  sifatida  ko’rish  sizga  qulayroq 
bo’ladi.  Siz konflikt kelib chiqqan yerdan o’zingizni olib qochasiz, boshqa xonaga 
chiqib ketasiz,  yoki samovorga  yo’l  olasiz,  suhbat  mavzusini o’zgartirishga harakat 
qilasiz,  konflikt  yechimini  qidirishni  keyinga  qoldirasiz  yoki  uni  ―umuman  mavjud 
emas‖  deb  hisoblaysiz.  Bu  fikringiz  shunday  qat’iy  fikrga  aylanadiki,  boshqalarga 
ham  ―umuman  hyech  narsa  bo’lgani  yo’q,  boshimni  qotirmanlar‖  tarzida  muomala 
qilishni  boshlaysiz.  Shu  bois,  agar  boshqalar  konflikt  yechimini  qidirib,  uni  hal 


 
 
67 
etishga  kirishsalar,  siz  uchun  eng  qulay  vaziyat  kelib  chiqqan  bo’ladi.  Eng  muhimi 
sizni bezovta qilishmasa, bas. Hamma narsani sizsiz hal qilishaversin. Odatda sizning 
muammolaringizni boshqalar hal etishini ko’proq xush ko’rasiz. 
Usulning afzalliklari: Siz hyech qachon yoqalashish, mushtlashish, urush – janjal 
vaziyatiga tushmaysiz. Chunki har doim biror bir ziddiyat vujudga kelayotgan joydan 
qochishga ulgurasiz. Havfli vaziyatlardan o’zini saqlash va ziyonsiz chiqib keta olish 
juda  yaxshi  malaka  hisoblanadi.  Siz  xech  qachon  to’qnashuvlar  asosida  kelib 
chiqadigan  jismoniy  zo’rlik  bilan  to’qnashmaysiz,  o’zingizning  salomatligingiz 
posboni hisoblanasiz. 
Usulning  kamchiliklari:  Ammo  siz  o’zingizni  kuchli  va  o’zini  himoya  qilishga 
qodir  inson  deb  hisoblamaysiz.  Siz  strausdek  har  doim  konfliktni  ko’rganda 
boshingizni  yerga  tiqib  olasiz.  Siz  hyech  qachon  o’z  muammolaringizni  yechishga 
tayyor bo’lmaysiz, uning hal bo’lishi uchun yo’l-yo’riq qidirmaysiz. Va agar sizning 
muammolaringiz boshqalar tomonidan hal etilsa ham, bu yechim yuzaki, adolatsiz va 
omonat, ya’ni vaqtinchaliq, o’tkinchi bo’lishi mumkinligini tushunsangiz ham, ularga 
aralashmaysiz.  Bu  esa  sizning  manfaatlaringizga  qarshi  yechimlar  va  xulosalar 
bo’lishi  ham  mumkin.  Umuman  muammolarni  jiningiz  suymaydi,  siz  ulardan 
qo’rqasiz, shu bois, bu usulning eng yomon oqibati, o’z muammolaringizdan qutulish 
uchun  boshqa  zararli  yo’llarga  kirib  ketish  hollari  kuzatiladi,  shu  bois  sizning 
narkotik va alkogolga ruju qo’yishingiz ehtimoli mavjud.  

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling