Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Konfliktlarni boshqarish usullari
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
2.Konfliktlarni boshqarish usullari
Konfliktlar mazmuni, ularning kelib chiqish sabablari, konflikda qanday holatlar vujudga kelishi borasida avvalgi boblarda biz ma’lum bilimlarga ega bo’ldik. Biz eng zarur shart, ya’ni konfliktni o’z holicha tashlab qo’ymaslik kerakligini anglab yetdik. Ziddiyatga faol aralashish, uni boshqarish va uning yechimini hamkorlikda ishlab chiqish – konflikt yechimini topishga olib kelishini ko’rdik. Konflikt yechimi uchun zarur bo’lgan insoniy fazilatlar va ko’nikmalar haqida gapirdik. Ammo shu bilan birga konflikt yechimini topish uchun konfliktni boshqarishning o’ziga xos usullari ham egallash darkor. Konfliktlarni boshqarish haqida ma’lumotlarni bilish va ularni qo’llay olish ham sizning hayotingizda osoyishtalik olib kiradi. Konfliktologiyada konfliktlarni boshqarish usullari odamlarning xarakteri, o’zini tutishi, psixologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Endi konfliktlarni qanday boshqarish mumkinligini ko’rib chiqamiz. Konfliktlarni boshqarishning besh asosiy usuli mavjud. Odatda, konfliktlar nazariyasida bu usullar turli hayvonlar hatti-harakati asosida biror «jonivor»ning o’zini tutish xususiyatlariga nisbat beriladi. Biz ishlab chiqilgan hamda konfliktologiya nazariyasida keng qo’llaniladigan konfliktlarni boshqarishning «jonivor» usullarni ko’rib chiqamiz 2 . Sizning vazifangiz - o’z xarakteringiz ta’kidlangan usullardan qaysi bir usulga ko’proq to’g’ri va mos kelishini aniqlashdan iborat. Ammo hayotda turli vaziyatlar bo’ladi, shuningdek insonning murakkab xarakterini faqat bir usulga bog’lab o’rganish to’g’ri emas. Ko’plab hollarda inson xarakteri to’g’ridan-to’g’ri faqat bir usulga monand bo’lmay, ba’zan usullar aralashmasiga ham teng kelishini nazarda tutishga to’g’ri keladi. Shuningdek, insonning u yoki bu konflikt vaziyatlardagi o’zini tutishi o’sha vaziyatga ham o’zaga xos tarzda bog’liq bo’ladi. Demak, konfliktologiyada kuyidagi konfliktlarni boshqarish usullari mavjud: Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling