Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


qilishdan  voz  kechib,  konfliktga  real  va  ijodiy  yondashuvni  boshlashni


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

qilishdan  voz  kechib,  konfliktga  real  va  ijodiy  yondashuvni  boshlashni  talab 
etadi.  Konfliktga  real  yondashuv  qiyinchiliklarni  bo’yamasdan  va  bo’rttirmasdan 
qabul qilish, vaziyatni obyektiv baholashni bildiradi. 


 
 
64 
 Chirigan  olmani  qanchalik  artsangiz  ham  u  chirigan  olmaligicha  qolaveradi. 
Konfliktga  ijodiy  yondashuv  esa,  qanchalik  qiyin  bo’lmasin,  siz  konflikt  asosida 
turgan muammoni yechishingiz lozimligi anglatadi. Eng avvalo, o’z mas’liyatingizga 
-  o’z  xatolaringiz,  kamchiliklaringiz,  nizolaringizni  qabul  qilishingiz  lozim,  aynan 
o’zingiznikini.  Konflikt  yechimini  ―samoanaliz‖siz  olib  borib  bo’lmaydi. 
O’zingizning  holatingizni  aniq  belgilab  olish,  sizga  muammoga  obyektiv  qarash, 
uning hal bo’lish yo’llarini to’g’ri topish imkoniyatini yaratadi. Konfliktga nisbatan 
ijodiy yondashuvda siz o’z xissiyotlaringiz, o’ylaringizni tartibga olish imkoniyatiga 
ega  bo’lasiz.  Ana  shundan  boshlab  konflikt  siz  uchun  hayotiy  dars  va  tajriba  bo’la 
boshlaydi.  
To’rtinchi  qadam:  Bolalikda  emaklashdan  oyoqqa  turishga,  yurishga 
o’rganayotgan  kichkintoy  birdaniga  oyoqqa  turadi-da,  qo’rqmay  yuraveradi, 
yuraveradi.  Agar  yiqilib  tushsa  ham,  darrov  yana  oyoqqa  turib,  yurib  ketadi.  Bu 
harakatlaridan  o’zi  ham  juda  zavqlanadi.  Bola  hyech  qachon  to’g’ri  qilyapman-mi, 
noto’g’ri qilyapman-mi, deb o’ylamaydi. Bola uchun yiqilish – oddiy holga aylanadi. 
Bola  yiqilganidan  kuyinmaydi,  balki  zavqlanadi.  Bola  uchun  oyoqqa  turib,  yurish 
qanchalik qiziqarli bo’lsa, yiqilish ham shunchalik qiziqarlidir. Katta bo’lganimizda-
chi?!  Yutuqlar  bizni  qiziqtiradi,  quvontiradi.  Yutqizish-chi?!  Bolaga  o’xshab 
yiqilganimizdan tajribaga ega bo’lamiz-mi, o’z xulosalarimizni qilamiz-mi?! Yiqilib, 
toyilish  bizga  biror  narsalarni  o’rgatadi-mi?!  Yiqilish  va  toyilish,  xato  qilishga  biz 
qanday  munosabatda  bo’lamiz?!  Uni  xoxlamaymiz,  undan  qo’rqamiz,  undan 
ezilamiz, yutqizganimizni  tan olishga  shoshilmaymiz,  yutqizganimizni boshqalardan 
yashiramiz. Ammo, bu to’g’rimikin?! Demak, konflikt vaziyatdagi biz o’ylagan hato 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling