Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


obyektiv, xolis, emosiyalarsiz baho berishdir


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

obyektiv, xolis, emosiyalarsiz baho berishdir.  Konfliktga nisbatan o’z emosiyalari 
va  fikrlaridagi  neytralitetni  saqlab  qolish,  konfliktni  anglashga  qaratilgan  yo’lning 
boshi  hisoblanadi.  Mana  shunday  neytral  sharoit  esa  sizga  konflikt  ishtirokchisi 
sifatida aniq, faktlarga asoslangan, oydin va mustaqil mushohada qilish uchun imkon 
yaratib bera oladi. 


 
 
63 
Konfliktni  anglash  obyektiv  faktlarni  tan  olish  demakdir.  Bu  faktlar  sizning 
manfaatlaringizga  qarshi  bo’lishi  mumkin.  Ammo  siz  konfliktning  yechimini 
haqiqatan ham topmoqchi bo’lgangiz, barcha faktlarni, ular sizga yordam bersa ham, 
ular  sizga  halaqit  bersa  ham,  tan  olish  yo’lidan  bormog’ingiz  darkor  bo’ladi. 
Konfliktga aynan u kelib chiqqan vaziyatdan boshlab baho bering. Biroq agar mana 
shu vaqtda sizning kayfiyatingiz ―pachoq‖ bo’lsa, mana shu ―yomon‖ kayfiyatni tan 
olishdan o’z ishingizni boshlang. Sizning o’z kayfiyatingiz yomonligi tan olishingiz, 
u  sabab  noto’g’ri  amallar  qilmasligingiz  uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Siz  o’z 
kayfiyatingiz  va  xissiyotlarning  ortganligini  tan  olishingiz  mana  shu  emosiyalar 
ichida noto’g’ri xukm chiqarishdan sizni saqlab qoladi. 
Ikkinchi  qadam:  Konflikt  vaziyatda  inson  mana  shu  vaziyatning  bo’lmasligi 
mumkinligi,  ideal  holatda  uning  qanday  bo’lishi  mumkinligi  masalasiga  juda  katta 
kuch  sarflaydi.  Siz  ziddiyat  orqali  eng  aziz  odamlaringiz  bilan  munosabatlarning 
buzilganligidan  hijolat  bo’lasiz,  ularni  yangitdan  o’rnatmoqchi  bo’lasiz. 
Hayollaringiz  turli  harakatlarni  belgilab  beradi.  Bu  holatda  siz  ko’proq  reallikdan 
uzoqlashib, hayollaringizda yashaysiz. Ammo konflikt vaziyatni hayollarga erk berib  
hal qilib bo’lmaydi.  
―U menga bunday qo’pol gapirmasligi kerak edi‖, ―Men o’zi unga kimman, agar 
meni  hurmat  qilsa,  bunday  demagan  bo’lar  edi‖,  ―Nimaga  u  hammaga  kulib 
qarayveradi‖, ―U o’ziga hamma qaraganidan lazzat oladi, aslida meni qiynamoqchi‖, 
―U o’z zimmasidagi vazifalarni yaxshi bajarishi kerak, bo’lmasa uning keragi yo’q‖, 
―U  hadeb  meni  niqtayveradi,  har  doim,  u  nima  derkin,  deb  yashashim  kerakmi?!‖, 
―Nima uchun u mening hayotimga aralashadi, men mustaqil odamman-ku‖, ―Boshliq 
bo’lsa  o’ziga,  nima,  hadeb  baqiraverishi  kerakmi?!‖...  Mana  shunday  fikrlar 
konfliktlar  doirasida  inson  ichki  emosional  holatining  kuchayib  ketganligida  ro’y 
beradi.  
Bunday  holatlarga  biz  o’zga  odamlar  qilgan  amallarni  o’zimizning  emosional 
qadriyatlarimiz  bilan  o’lchaymiz,  ammo  ularning  o’z  emosional  qadriyatlari 
mavjudligini  esdan  chiqaramiz.  Biz    uchun  o’z  emosional  qadriyatlarimiz  – 
dunyodagi  eng  to’g’ri  formula  bo’lib  ko’rinadi.  Ammo  ana  shu  emosional 
formulamizni o’z-o’zimizga ishlatib ko’rsak-chi?! Har doim ham o’zimiz eng yaxshi 
bahoga  loyiqmiz-mi?!  Insonlar  uchun  o’ziga  nisbatan  shubha  bilan  qarash,  o’zining 
qilgan ishlaridan qoniqmaslik xislatlari ham  xos. Demak, xulosa  shuki  – o’zgalarni 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling