mutlaqo mumkin emas! Shu bilan birga, e’tiborni muammoga emas, balki o’z
xissiyotlari va ulardan qolgan hafagarchilikka qaratish - mutlaqo mumkin emas!
Konfliktdan chiqib ketish avvalo insonning o’zining emosional-psixologik holatini
pokiza tutish va ozoda qilishdan boshlanishi lozim. Agar siz o’zingizning konfliktga
bo’lgan munosabatingizni tarixiy hodisalar va ziddiyatlar girdobida boshlasangiz va
ularga suyansangiz hyech vaqt ziddiyatni muvaffaqiyatli yecha olmaysiz. O’ziga va
o’zgalarga kechirimli, haqiqiy kechirimli bo’la olish – ziddiyatlar yechimiga
qaratilgan qadamlardan biri hisoblanadi. Demak, birinchidan, konkret konflikt
davrida avvalgi konfliktlarni yangi konfliktga qo’shib bo’lmaydi, ikkinchidan,
ziddiyatlar tarixini qo’zg’ab bo’lmaydi. Chunki opponentingiz ham xuddi shu
yo’ldan ketishi mumkin. Oldin o’tgan ziddiyatlarni eslash yo’lidan emas, balki
muammoni aniqlash yo’lidan ketgan ma’qul.
• konflikt sharoitida, uning kelib chiqishida, umuman uning rivojida kim ko’proq
aybdor ekanligiga bor kuchni berish mumkin emas. Umuman konflikt vaziyatda kim
haq, kim nohaq ekanligini aniqlash – konfliktni tupikka kiritish usuli hisoblanadi.
Chunki har bir odamning o’z haqiqati mavjud bo’ladi. Shu bois, ziddiyatni yechish –
Do'stlaringiz bilan baham: |