Muammoni o’rganilganlik darajasi: Oilada muhitni barkamol avlod va
komil insonni tarbiyalash muammosi turkiy halqlarning mushtarak yodgorligi
“Avesto”, “Urxun Enasoy bitiklari”da, shuningdek Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojibdan tortib hozirgi zamon
pedagoglarining o’ziga xos fikr mulohazalar bildirilgani diqqatga sazovordir.
Kaykovus, Sa’diy Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarimizning ilmiy-nazariy asarlarida oila
munosabatlaridagi tarbiya tarixiylik va vorisiylik nuqta’iy nazaridan bayon
etilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Oila, oilaviy munosabatlar muammosi bilan respublikamiz, MDX
mamlakatlari hamda xorijiy mamlakatlari olimlari shug’ullanib kelmoqdalar.
A.K. Munavvarov “Oila pedogogikasi”, Sharipova D.J, Sodiqov. K. “Oilaviy
hayot bo’sag’asida”, Xasanboyeva O. va boshqalar “Oila pedagogigasi”,
Musurmonova O. “Oila ma’naviyati-milliy g’urur”, M.X. Xolmatova “Oilaviy
munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi,” M. Inomova « Oilaning
turmush tarzi, er-xotin va farzandlar munosabati, ziddiyatlari masalalari»
bo’yicha psixolog olimlar ham shug’ullanib kelmoqdalar.
Niyozmetova
G.
“O’zbek oilalarida er-xotinlik munosabatlari
dinamikasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari ”. G’.B. Shoumarov “Oila
pisixologiyasi”, Karimova V. “Oila psixologiyasi”, Najmiddinova U.K.
“Ma’naviy meros va komil inson tarbiyasi”, Yusupov E. “Oilaning ma’naviy
asoslari”, Maxmudov M. “Oila ma’naviyati”, Azarov A. “Oila pedagogikasi”,
Anzarg L. “Bolalar va oilaviy nizolar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |