III. Darsning jihozi: Ma'ruza matni, o'quv adabiyotlar, ma'lumotnoma.
IV.Darsning borishi: Tashkiliy qism, talabalar bilan salomlashib,
davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so'rash, darsni e'lon qilish.
V. Yangi mavzu bayoni:
Xalqaro munosabatlar xalqaro siyosiy munosabatlarda o’ziga xos o’ringa
ega. Xalqaro munosabatlar bu ikki yoki undan ortiq mamlakatlar turli xil siyosiy va
nodavlat tashkilotlar bilan bo’lgan aloqalardir. Uning faoliyati xalqning talab va
ehtiyojlari, davlat manfaatlari, xalqaro normalar va qadriyatlar bilan bog’liq
bo’ladi. Xalqaro munosabatlar raqobat yoki o’zaro xalqarolik asosida qurilishi
mumkin. XX asr xalqaro munosabatlarda sodir bo’lgan muhim o’zgarishlar bilan
harakterlanadi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi suveren davlatga
aylanishi uning xalqaro hamjamiyat bilan siyosat olib borishga imkoniyat
tug’dirdi. Xalqaro hamjamiyatning to’la huquqli a’zosi bo’lgan O’zbekiston
Respublikasi Xalqaro munosabatlarda mustaqil, davlat xalqaro huquqning subyekti
sifatida qatnashdi. O’zbekistonning BMT, Shimoliy Atlantika hamkorligi
Kengashi Yevropa Ittifoqi, NATO va boshqa tashkilotlar bilan aloqalari kuchayib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |