Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik
Demak, ekologiya huquqi - tabiat va jamiyat tizimida paydo
Download 4.21 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya – murakkab tizimga ega bo`lgan, tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan
- Ekologiya atamasi yunoncha “oikos” – turar joy, yashash muhiti, uy, - “logos” – talimot, degan manoni bildiradi. Bir so`z bilan aytganda, ekologiya
- 2. Ekologiya huquqi fanining rivojlanish tarixi
- Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida o`zaro tasirlar natijasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni
- 1999 yilda O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” asosida bakalavriat va magistratura tizimlari uchun “Ekologiya
- “O`rmon huquqi”, “Suv huquqi”, “Tog` huquqi” kabi maxsus o`quv kurslari dasturlari ishlanib chiqildi va tasdiqlandi.
- Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy y o`nalishlarda paydo bo`ladi
- 2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik- huquqiy munosabatlar;
- Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
Demak, ekologiya huquqi - tabiat va jamiyat tizimida paydo bo`ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko`p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash joizki, har bir fan yoki huquq sohasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o`rni va tartibga solinayotgan munosabatlarning ko`lamiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.
Shu jumladan ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimining alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, huquqning umum e'tirof etilgan tamoyil, shakl va qoidalardan foydalanib, rivojlanib bormoqda. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlar tabiat qonuniyatlari, tabiiy resurslar, ekologik tizim va komponentlarga ta'sir etish, ya'ni holatining yomonlashishi, miqdorining kamayishi, muvozanatning buzilishi, turlarning yo`qolib ketishi va hokazolar kabi jarayonlarda paydo bo`ladi. Hammamizga ma'lumki, inson tabiat mahsuli, uning bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllangan, rivojlanayapti va taraqqiy etib boradi. Bir so`z bilan aytganda “Tabiat-jamiyat” tizimida tabiat beqiyos darajada ustun huquqqa, ko`lamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham jamiyat o`z taraqqiyotiga erishmoqchi bo`lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor qonuniyatlarini anglashi, e'tirof etishi, o`z hatti-harakatlarini moslashtirishi va eng muhimi o`z ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq harakat yo`nalishlari tabiatning holatiga bog`lab rivojlantirishi lozim bo`ladi. Ko`rib turibmizki, ekologik huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligi o`z navbatida ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi, ajralib turuvchi xususiyatlari mavjudligini taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar birinchidan, 121
ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiat qonuniyatlarini ustunligini ta'minlash; ikkinchidan, jamiyat hayotida shakllangan ekologik umummajburiy tamoyil, qoida-talablarning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda qo`llash; uchinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy, ma'muriy, mehnat, jinoiy, fuqarolik, xo`jalik-huquqiy chora-tadbirlaridan foydalanish va to`rtinchidan, ekologik muammolarni hal qilishda jamiyat hayotida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng safarbar qilish bilan belgilanadi. Ekologiya huquqi murakkab ta'limot tizimiga ega bo`lib, tabiat qonuniyatlari va jamiyat qonunlarining o`zaro moslashishi, muvofiqlashishi natijasida shakllanadi, rivojlanyapti va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham tabiatda bo`ladigan o`zgarishlar, voqea-xodisalar bilan bog`liq nazariy ta'limot va bilimlar o`z navbatida jamiyatning tabiat sir-asrorlari, ilmini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Chunki, tabiiy bilimlarni o`rganish o`z navbatida jamiyatning tabiat bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtiradi, har bir davlat ekologik siyosatini yo`nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda tabiat qonunlarini o`rganish tabiiy resurslarning rivojlanishi, o`zaro bog`liqligini darajasi ekologik tizimdagi muayyan tabiiy resurs, tur va komponentlar sifat va miqdoriy o`zgarishlari, ularga bo`ladigan ta'sir doiralarini aniqlash yoki bir so`z bilan aytganda tabiat ilmini o`rganishda tabiiy fanlar tizimida o`z yo`nalishi, xususiyatlariga ega bo`lgan ekologiya fani tobora rivojlanib bormoqda.
Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lsak, avvalambor “Ekologiya fani” haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarini yetarli anglashimiz kerak bo`ladi. Ekologiya – murakkab tizimga ega bo`lgan, tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab munosabatlarini o`rganuvchi fandir. 1866 yilda nemis biologi o`z ilmiy asarida birinchi bo`lib “Ekologiya” atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarning o`zaro va 122
ularning yashash muhiti bilan bog`liqligini o`rganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi. Ekologiya atamasi yunoncha “oikos” – turar joy, yashash muhiti, uy, - “logos” – ta'limot, degan ma'noni bildiradi. Bir so`z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Ilm, fan-texnikaning rivojlanishi tabiat haqidagi bilimlarning kengayishi va o`z navbatida tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta'sirlarning keskinlashishi ekologiyaning biologiya fanining kichik bir qismidan ajralib, alohida fan sifatida rivojlanishiga olib keldi. Ekologiya – tabiat fanlarining barcha soha va tarmoqlariga kirib borib, jamiyat hayotining muhim jabhalari hisoblangan iqtisodiyot, siyosat, ma'naviyat-madaniyat, ijtimoiy majmualarni qamrab oldi. Tabiat va jamiyat hayotining barcha soha va yo`nalishlarini qamrab olgan ushbu jarayon, ya'ni “Ekologiyalizatsiyalashtirish” asosida bugungi kunda murakkab tizimga ega bo`lgan, global ahamiyatdagi ekologiya fani shakllandi. Ekologiya fani hozirgi kunda 70 ga yaqin “Tabiat-jamiyat tizimida” gi ta'limot va g`oyalar majmuasini o`z ichiga oladi, ya'ni, odam ekologiyasi, iqtisodiyot ekologiyasi, muhandislik ekologiyasi, agro ekologiya, kimyoviy ekologiya, huquqiy ekologiya va boshqalar. Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fanini oldida “Tabiat-jamiyat tizimi” da turli shakl va yo`nalishlarda paydo bo`ladigan o`zaro ta'sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo`nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog`liq ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini o`rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi ma'suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Hammamizga ma'lumki, tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta'sirni kuzatish, tadqiq etish uzoq tarixiy jarayonga egadir.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ekologiya atamasi 1866 yilda fanga kirib keldi va ekologiya fani biologiya fani tarkibidan ajralib chiqdi va o`z yo`nalishlari bo`yicha rivojlanib bormoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, insonning tabiat ilmiga bo`lgan qiziqishi, tabiiy resurslarning holatini kuzatish, o`rganish, tabiat
123
boyliklarini asrab-avaylash, muhofaza qilish bilan bog`liq ta'limotlarni jamiyat rivojlanish tarixining barcha bosqichlarida kuzatishimiz mumkin.
Insonning tabiat bilan bog`liqligi nafaqat maxsus tadqiqotlarda balki jamiyat a'zolarining turmush tarzi, diniy va ijtimoiy urf-odatlari bilan bog`lanib ketganligini kuzatishimiz mumkin.
Jamiyatning tabiatga bo`ladigan o`zaro ta'sir doirasi va darajasini inson ongi, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari takomillashuvi bilan bog`lab kuzatishimiz mumkin.
Yangi mehnat qurollari, fan-texnika kashfiyotlari o`z navbatida tabiiy resurslardan ko`proq foydalanish, turli ehtiyojlarni qondirishni ta'minlaydi va o`z navbatida tabiiy resurslar holatiga bo`ladigan salbiy ta'sirlar darajasini oshirib bordi. Tabiatga bo`ladigan zararli va xavfli ta'sirlarni kamaytirish, ularning oldini olish, tabiat boyliklarining holatini yaxshilash bilan bog`liq izlanish, tadqiqot, ta'limotlar rivojlanib boraveradi. Ushbu jarayon o`z navbatida tabiat-jamiyat tizimidagi munosabatlarni takomillashtiradi, ekologik bilimlarning rivojlanishiga olib keladi.
Tabiatda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatish, ularning holatini tadqiq etishda xorijiy olimlar qatorida bizning yurtimiz olim va allomalari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abdurazzoq Samarkqandiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sulton Balxiy, Maxsud ibn Vali va boshqalar ulkan hissa qo`shganlar.
Shuni ta'kidlashni istardikki, XIX asrgacha tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlar keskinlashmagan, salbiy ta'sirlar doirasi kengaymaganligi, bir so`z bilan aytganda tabiiy-ijtimoiy zaruriyatning mavjud emasligi tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq ta'limotlar alohida, maxsus olib borilmagan. XIX asrdan boshlab ilm-fanda yangi kashfiyotlar, yangi mehnat qurollari, texnika vositalari paydo bo`lishi tabiat-jamiyat o`rtasidagi munosabatlar tizimiga keskin burilish yasadi. Tabiatga bo`lgan jamiyatning ta'sirlari, ya'ni antropogen ta'sirlar ortib boraverdi. Bu esa o`z navbatida ekologiya fanining rivojlanishiga olib keldi.
natijasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni 124
o`rganuvchi fan va huquq tizimining alohida sohasi sifatida o`z rivojlanish tarixiga egadir.
Biz tabiat-jamiyat tizimidagi qadimiy-tarixiy jarayonni o`rganishni oson bo`lishi maqsadida shartli ravishda uch bosqichga bo`lamiz: 1. Sotsialistik tuzumgacha bo`lgan boy tarixiy davr (1017-1924 yillargacha bo`lgan bosqich); 2. Sotsialistik tuzum (1924-1990 yilgacha); 3. Mustaqillik davri (1991 yildan xozirgacha). Birinchi-boy tarixiy bosqich eramizdan avvalgi ming yilliklardan XX asrning 20 yillarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoida-talablarining turli-tumanligi, o`ziga xos xususiyatlarini kuzatishimiz mumkin.
Jamiyatning tabiat bilan bog`liq munosabatini tartibga solish odamlar qabila-qabila bo`lib birlashib, o`z hududlarida yer, o`rmon, hayvonot dunyosi va resurslaridan foydalanish qoida-talablari joriy qilinib kelingan.
Inson ongining rivojlanishi yangi mehnat qurollarining vujudga kelishi natijasida tabiat boyliklaridan foydalanish miqdori va o`z navbatida ta'sir ko`rsatish darajasi ortib bordi. Yurtimizda davlatchilik shakllana boshlashi, rivojlanishi bilan jamiyatdagi huquqiy munosabatlar takomillasha bordi. Ushbu huquqiy munosabatlar tizimida yer, suv, o`rmon va hayvonot dunyosidan foydalanishning qoida-talablari ham takomillashib bordi. Tarixiy merosimiz xisoblangan “Avesto” va boshqa diniy urf-odatlarda ham tabiatdan foydalanish bilan bog`liq qoidalarni uchratishimiz mumkin. Albatta, ushbu qoidalar mahsus qoida sifatida shakllanmagan bo`lsada jamiyat a'zolarining tabiatga bo`lgan munosabatini tartibga solib turishga xizmat qilgan.
Tabiatdan foydalanish qoida-talablari jamiyat a'zolarining diniy qoida- talablari, urf-odatlariga aholining turmush tarziga aylana borib, insonning tabiatdan foydalanish, uni avaylab asrash bilan bog`liq majburiyatlari, javobgarlik choralari belgilanib boriladi. 125
Ayniqsa, eramizning o`rta asrlarida davlatchilikning rivojlanishi va taraqqiy etishida tabiiy resurslarning ahamiyati cheksiz hisoblanib, yer-suvdan foydalanish qoida-talablari rivojlana bordi. Ayniqsa, musulmon huquqining manbalari va boshqa tarixiy-huquqiy ahamiyatdagi merosimizda yer-suv, o`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish talablari, ularni muhofaza qilish majburiyatlari, javobgarlik choralari kabi qoidalar belgilangan bo`lib, ushbu sohada munosabatlarni tartibga solishga katta ahamiyat birilgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, XX asrning 20-yillarigacha bosib o`tilgan boy tarixiy evolyutsion jarayonda tabiatdan foydalanish, uni asrab-avaylash bilan bog`liq umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan qoida-talablar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, birinchidan, ushbu qoida-talablar alohida maxsus tizimga ega bo`lmay, mulk bilan bog`liq qoidalar tizimida rivojlangan, ikkinchidan, tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni asrab-avaylash qoida- talablari aholining madaniyati va turmush tarziga singib ketganligi o`z navbatida huquqiy munosabatlarni rivojlantirishga hizmat qilgan. XX asrning 20 yillaridan boshlab, zaminimizda sotsialistik tuzumning o`rnatilishi, O`zbekiston SSR ning ittifoqdosh respublikalar tarkibida agrar davlat sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish yangi huquqiy qoida-talablarning joriy etilishi bilan bog`liqdir. 1917 yilda Yer haqida Dekretning imzolanishi mavjud tuzum uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, yerga nisbatan xususiy mulk shaklining bekor qilinishi, pomeshiklar, yer egalarining yerlari milliylashtirilishi, ya'ni davlat tasarrufiga o`tishi, yerlarni ishchi, dehqonlarga berilishi kabi tamoyillar belgilangan. Ushbu dekretga asoslanib, yer kodeksi, yer osti boyliklari haqida, o`rmon va suv resurslari va tabiiy obyektlardan foydalanish haqidagi nizomlar qabul qilindi. 1939 yilda O`zbekiston SSR ning yer-suv kodeksi qabul qilinishi yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi birinchi kodifikatsiyalashgan hujjat hisoblanadi. 1941 yilda O`zbekiston SSR ning “Qishloq xo`jaligida suvdan foydalanish to`g`risida” gi qonunning qabul qilinishi esa o`z navbatida qishloq xo`jaligida yer va suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilishning rivojlanishini ko`rsatadi.
126
1957-1963 yillarda barcha ittifoqdosh respublikalarda, shu jumladan, O`zbekiston SSR da ham “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonuni qabul qilinib, birinchidan, tabiatni muhofaza qilishning tamoyillari, asosiy qoida- talablari mustahkamlanadi, ikkinchidan, tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va o`rganishda alohida urg`u beriladi. Xalq xo`jalik maqsadlarida tabiiy resurslardan keng foydalanish o`z navbatida tabiiy resurslar holatining yomonlashishiga, tabiatni muhofaza qilishning ijtimoiy- iqtisodiy zaruriyati paydo bo`la boshlaydi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 1963 yilgacha yer, yer osti boyliklari, o`rmon, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy-nazariy asoslari "Yer huquqi” fani dasturida belgilangan edi, ya'ni bir so`z bilan aytganda, tabiatni muhofaza qilishning huquqiy holati “Yer huquqi” fani tizimida o`rganilib kelindi. Bu holat tabiatni huquqiy muhofaza qilish nazariy – amaliy jihatdan keng miqyosda o`rganishga imkon bermas edi. 1963 yildan Ittifoq miqyosida “Tabiatni huquqiy muhofaza qilish” o`quv dasturi tasdiqlanib, tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlari ilmiy-amaliy jihatdan asoslanib beriladi. Fan-texnikaning tobora rivojlanib borishi, xalq xo`jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligining o`sishi, qishloq xo`jaligida paxta “yakkaxokimligi” ning ilgari surilishi, mexanizatsiya va melioratsiya tizimlarining rivojlanishi o`z navbatida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish zaruriyatini talab qila boshladi. 1986 yilda “Yer huquqi” fani va “Tabiatni huquqiy muhofaza qilish” maxsus kursi o`rniga “Tabiiy resurslar huquqi va atrof-muhitni muhofaza qilish huquqi” o`quv dasturi tasdiqlanib, barcha “ittifoqdosh” respublikalarda shu jumladan, bizning respublikamiz oliy yuridik o`quv yurtlarida nazariy-huquqiy asoslari o`rganila boshlandi. 1986 yillarda “sovet” lar davlatining ko`plab mintaqalarida, ayniqsa O`zbekistonda 30-40 yil davomida olib borilgan noto`g`ri ekologik siyosat oqibatida ekologik muammo keskinlashib, Orol dengizi va orolbo`yi mintaqasida, Navoyi, Buxoro, Sariosiyo, Bekobod, Chirchik kabi viloyat va shaharlarda
127
yerlarning sho`rlanish darajasi, suvlarning ifloslanishi, atmosfera havosi holatining yomonlashishi, aholining hayoti va sog`ligi darajasining pasayishi, turli kasalliklarning ko`payishi kabi salbiy holatlar paydo bo`lgan edi. Mana shunday sharoitda “Tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlarni birinchi navbatda tabiatning ustuvorligini tan olish tamoyilining joriy etilishi asosida tabiiy resurslardan foydalanish huquqiy asoslarini o`rganishni taqozo etadi. 1987-1989 yillarda yurist-ekolog olimlar tomonidan “Ekologiya huquqi” o`quv dasturini joriy etish va ekologiyaning huquqiy asoslarini yaratish g`oyasi ilgari surilib keldi va ba'zi respublikalarda joriy etila boshladi. O`zbekiston Respublikasida “Tabiat-jamiyat” tizimidagi o`zaro
munosabatlarining ilmiy jihatdan asoslangan huquqiy asoslarini yaratish 1991 yilda respublikamiz mustaqilikka erishgandan so`ng amalga oshira boshlandi. 1991 yilda Toshkent Davlat yuridik institutining Ilmiy Kengashi qarori bilan “Ekologiya huquqi” fanining o`quv dasturi
tasdiqlandi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Yer Kodeksi, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”, “Davlat sanitariya nazorati to`g`risida”, “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”, “Ekologiya ekspertizasi to`g`risida”, “O`rmon to`g`risida”, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunlari va ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari O`zbekiston Respublikasi “Ekologiya huquqi” fanining huquqiy asoslarini mustahkamladi. 1999 yilda O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” asosida bakalavriat va magistratura tizimlari uchun “Ekologiya huquqi” o`quv Dasturi hamda ushbu dasturni yanada rivojlantirish maqsadida “Ekologik-huquqiy javobgarlik”, “Yer huquqi muammolari”, “O`rmon huquqi”, “Suv huquqi”, “Tog` huquqi” kabi maxsus o`quv kurslari dasturlari ishlanib chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda “Tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning ilmiy-amaliy asoslari “Ekologiya huquqi” fani asosida olib borilmoqda. 128
3. Ekologiya huquqining asosiy yo`nalishlari va predmeti
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta'sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy- ekologik munosabatlar deb ataymiz.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-ekologik munosabatlar shakli, mazmuni jihatdan turli-tuman bo`lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy-ekologik munosabatlarni yo`nalishlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o`z navbatida, ushbu munosabatalrni tartibga solish huquqiy mexanizmini ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Ushbu ekologik-huquqiy munosabatlar yo`nalishlari o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, jamiyatning tabiat bilan o`zaro ta'sirlar tizimida tutgan o`rni muammolarni hal qilishda qo`llaniladigan chora- tadbirlari, uslublari va o`ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologik xilma-xilligini ta'minlash bilan bog`liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni muhofaza qilish 129
yo`nalishiga katta e'tibor beriliib, har bir davlatda turli dastur, rejalar va qonunchilik hujjatlari qabul qilingandir.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga
qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga soladi.
Download 4.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling