Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik


Download 4.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana15.02.2017
Hajmi4.21 Mb.
#470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48

 

Me’yoriy hujjatlar 

1. O’zbekiston Respubgayasasi Konstitusiyasi, Toshkent "O’zbekiston". 2003 yil. 

2.  O’zbekiston  Respublikasining  "O’zbekiston  Respublikasining  mustaqilligi  asoslari 

to’g’risida"gi  1991  yil  31  avgust  konstitusiyaviy  qonuni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining axborotnomasi. 1991 yil. 11-son. 

Z.O’zbekiston  Respublikasining  "Referendum  yakunlari  hamda  davlat  hokimiyati  tashkil 

etilishining  asosiy  prisiplari  to’g’risida"gi  2002  yil  4  aprel  Konstitusiyaviy  qonuni  ||  Xalq  so’zi. 

2002 yil. 5 aprel. 

4.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  "O’zbekiston  Respublikasining  davlat 

mustaqilligini  e’lon  qilish  to’g’risida"gi  1991  yil  31  avgust  karori  ||  O’zbekiston  Respublikasi 

Oliy Kengashining axborotnomasi. 1991. 11-son. 


 

13 


5.Jamiyatda  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  milliy  dasturi  O’zbekiston  Respublikasi 

Oliy Majlisining axborotnomasi. 1997 yil 9-son. 

b.O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi. T., "Asolat", 

2001 yil. 

7.O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T., "Adolat", 1996 yil. 

8.O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik-prosessual kodeksi. T., "Adolat", 2001 yil. 

9.O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.T.,"Adolat", 1999 yil. 

10. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.T.,"Adolat'', 2001y. 

11.O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi. T., "Adolat", 2001 yil. 

12.O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. T., "Adrlat", 1994 yil. 

13.O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. T., "Adolat", 1998 y. 

14.O’zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi",T., "Adolat", 1998 yil. 

15.O’zbekiston Respublikasi "Soliq kodeksi" T., O’zbekiston, 1999 y.^ 

16.O’zbekiston  Respublikasining  "Fuqarolik  to’grisida"gi  1992  yil  2  iyul  qonuni 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1992. 9-son. 

17.O’zbekiston  Respublikasining  "Ta’lim  to’g’risida"gi  1997  yil  29  avgust  qonuni  || 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1997. 9-son. 

18.O’zbekiston    Respublikasining  "Prokuratura  to’grisida"gi  1992  yil  9  dekabr  qonuni 

(yangi tahrir) O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1993. 1-son. 

19.O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to’grisida"gi  1993  yil  6  may  qonuni  ||  O’zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1993. 5-son. 

20.O’zbekiston  Respublikasining  "Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 

to’g’risida"gi 1999 yil 14 aprel qonuni || Xalq so’zi. 1999. 11 may. 

21.O’zbekiston Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi 

1993 yil 2 sentyabr qonuni || O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 

1993. 10-son. 

22.O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston 

Respublikasining  Konstitusiyaviy  sudi  to’g’risida"gi  1995  yil  30  avgust  qonuni  ||  Xalq 

so’zi. 1995. 12 sentyabr. 

23.O’zbekiston  Respublikasining  "O’zbekisgon 

Respublikasi  Prezidenti 

saylovi 

to’g’risida"gi  1991  yil  18  noyabr  (26.12.1997  va  19.08.1999  dagi  o’zgarish  va  qo’shimchalari 

bilan) qonuni. 

24.O’zbekiston  Respublikasining  "O’zbekisgon  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov 

to’g’risida"gi  1993  yil  28  dekabr  (26.12.1997  va  19.08.1999  dagi  o’zgarish  va  qo’shimchalari 

bilan) qonuni. 



 

14 


25.O’zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga 

saylov  to’g’risida"gi  1994  yil  5  may  (26.12.1997,  25.12.  1998  va  19.08.1999  dagi  o’zgarish  va 

qo’shimchalari bilan) qonuni. 

26.O’zbekisgon 

Respublikasining 

"O’zbekiston 

Respublikasi 

Markaziy 

Saylov 

Komissiyasi  to’g’risida"gi  1998  yil  30  aprel  (25.12.1998  va  19.08.1999  dagi  o’zgarish  va 



qo’shimchalari bilan) qonuni. 

27.O’zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida" gi qonuni. T., 1992 y. 

28.O’zbekiston Respublikasi "Suv va suvdan foydalanish to’g’risida" gi qonuni. T., 1993 

y. 6 may. 

29.O’zbekiston Respublikasi "O’rmon to’g’risida"gi qonuni.T. 1999 y. 15 aprel. 

ZO.O’zbekiston  Respublikasi  "Davlat  sanitariya  nazorati  to’grisida"gi  qonuni  (yangi 

tahrir). 1998 y. 30 aprel. 

31.O’zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi qonuni. 1993 y. 2 

sentyabr. 

32. O’zbekiston Respublikasi "Havo kodeksi". O’zbekistonning yangi qonunlari. 9-son.T., 

1993 y. 

33. O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik prosessual kodeksi. T., "Adolat", 1997 y. 

34. Kodekes povedeniya doljnostnыx lis po podderjaniyu pravoporyadka. 17 dekabr 1979 

godu prinyata GA OON. 

 

 

 



 

 

 

 

                 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

           



 

15 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

 

OLIY VA O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh MARKAZI 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

«O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

KONSTITUSIYaSINI O’RGANISh» 

fanidan namunaviy 

D A S T U R 

(bakalavr yo’nalishi uchun) 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

16 


TOShKENT – 2004 

 

 



   

 

   Ushbu  dastur  «O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasini  o’rganish»  kursidan  bakalavriat 



talabalarining zaruriy tayyorgarlik darajasi  va  bilimlari  mazmuniga qo’yiladigan talablar asosida 

tayyorlangan.  Malakaviy  talablar  bakalavr  talabalarning  fan  bo’yicha  qanday  tasavvurga  ega 



bo’lishi,  nimalarni  bilishi  kerakligi,  qanday  ko’nikmalar  hosil  qilishi  lozimligini  o’z  ichiga 

oladi. 

     Ushbu  namunaviy  dastur  shu  fanga  oid  ishchi  o’quv  dasturi,  yillik  taqvimli  rejalar,  mavzuli 

dasturlar, darslik  va o’quv-metodik qo’llanmalar  tayyorlashda  foydalanish uchun tavsiya  etiladi. 

Namunaviy dasturni kelajakda to’ldirilgan va boyitilgan holda chop etish zaruratini hisobga olib, 

fikr-mulohazalaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz: 

     Toshkent  shahar,  700070,  Shota  Rustaveli  ko’chasi,  25,  OO’MKHTRM  Ma’naviyat  va 



ma’rifat bo’limi, tel: 136 – 39 – 20  

 

     Mazkur  dastur  namunaviy  dastur  sifatida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 



ijtimoiy  kompleksining  maxsus  metodologik  komissiyasi  bayonnomasi  va  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxssu  ta’lim  vazirligi,  oliy  o’quv  yurtlarining  ilmiy  uslubiy 

birlashmalar  faoliyatini  Muvofiqlashtiriuvchi  Kengash  Prezidiumining  2003  yil  29  martdagi 

qarori bilan tavsiya etilgan. 

 

     Nashrga tayyorlovchi mas’ullar: 



     prof. Nishonaliyev U., Hamdamova M.Z. 

 

    Tuzuvchilar: Sh.I.Jalilov – yuridik fanlar doktori, professor, G.G’aniyeva – katta o’qituvchi. 



 

 

    Taqrizchilar: A.To’laganov, yu.f.d. prof., E.Hayitboyev, yu.f.n. dosent.  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

17 


 

 

 

 

 

O’QUV KUSINING MAQSAD VA VAZIFASI 

 

       O’zbekistonda adolatli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  hamda demokratik  huquqiy davlat 



barpo  etishda  bosh  huquqiy  omil  hisoblangan  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining 

jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, ma’no – mazmuni hamda mohiyatini uzluksiz o’rganish mazkur 

fanni  o’qitishning  asosiy  maqsadini  tashkil  etadi.  U  ayni  paytda  fuqarolarning  huquqiy  ongi, 

huquqiy  madaniyatini  muntazam  yuksaltirish,  shuningdek,  Asosiy  qonunni  mukammal 

o’zlashtirish, uni hayotga targ’ib-tashviqot qilish maqsadini ham ko’zlaydi. 

       Ushbu o’quv kursining vazifasi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy tuzumining asosiy 

tamoyillarini,  fuqarolarning  asosiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlarini,  jamiyat  va  shaxs 

o’rtasidagi  munosabatlarni,  jamiyatning  iqtisodiy  asoslarini,  respublikamizning  ma’muriy-

hududiy  va  davlat  tuzilishini,  saylov  tizimi,  davlat  hokimiyati,  oliy  va  mahalliy  idoralarning 

tuzilishi, vakolatlari va jamiyatning asosiy yo’nalishlarini talabalarga o’rgatishdan iboratdir. 

 

 

O’quv kursini o’qitishning yangi pedagogik texnologiyalari 



 

        Konstitusiyasini  o’rganish  o’quv  kursini  o’qitishda  axborot  texnik  vositalarni  qo’llash 

ehtiyojidan  kelib  chiqib,  unda  hozirgi  zamon  kompyuter  texnologiyalari  (masalan,  INTERNET 

xalqaro  axborot  tizimi)ni  tadbiq  etish  mumkin.  Bundan  tashqari  unda  ko’rgazmali  sxemalar, 

slaydlar,  diafilmlar,  video  dasturlarni  ishlatish  maqsadga  muvofiq.  Ayniqsa,  video  dasturlarga, 

kompyuter  xotirasiga  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  mazmunini  ochishga 

qaratilgan testlarning kiritilishi va bundan o’quv jarayonida, joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat 

shakllarida qo’llanilishi samarali natijalar beradi. 

 

O’quv kursini o’qitish semestrlari va uslubiy ko’rsatmalar 

 

        Mazkur kurs bir semestrda o’qitilishi maqsadga muvofiq. 

       Dasturda belgilangan mavzular Konstitusiya va uni o’rganishga oid sharhlar, ilmiy maqolalar, 

o’quv qo’llanmalar va darsliklar yordamida o’rganiladi. 

       Konstitusiyaviy  qonunlar,  joriy  qonunlar,  Prezident  farmon  va  farmoyishlari,  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari, xullas, mavjud 

hamma yuridik va me’yoriy hujjatlar bu kursni o’zlashtirishga yordam beradi. 

       Konstitusiyani o’rganish o’quv kursi sifatida o’rganiladi va oliy ta’lim talabalarini o’zlarining 

maktab,  kollej,  lisey  va  umumta’lim  o’quv  yurtlarida  bu  sohada  olgan  bilimlarini  yanada 

takomillashtiradi.  Talabalar  Konstitusiya  bo’yicha  olgan  ma’lumotlarini  yanada  chuqurlashtirib, 

uni  har  tomonlama  tahlil  qiladilar  va  Konstitusiyaning  har  bir  moddasini  alohida-alohida 

sharhlash asosida o’rganiladi. 

          Konstitusiyani o’rganish o’quv kursida Konstitusiya asosida qabul qilingan va O’zbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasining  mazmunini  to’laroq  anglab  olishga  yordam  beradigan  ba’zi 

muhim qonunlarni o’rganish alohida ahamiyatga ega. 

 

Umumiy va o’quv ishlari hajmi 

 

 

№ 



O’quv 

semestr 

hammasi 

Jami   Ma’ruza 

Amaliy mashg’ulot 

Mustaqil ish 



II 

60 

40 

18 

22 

20 

 

 

18 


O’quv kursining ish rejasi 

 

№ 

Mavzu 

raqami 

Mavzuning nomi 

Ma’ruza 

Amaliy  

mashg’ulot 

Mustaqil 

ta’lim 

1- mavzu 



O’zbekiston 

Konstitusiyasini 

o’rganish  o’quv  kursi  va  uning 

maqsad, vazifalari 



 



2- mavzu 

O’zbekistonning 

1992 


yilgi 

Konstitusiyasining vujudga kelishi  



 



3- mavzu 

Konstitusiyaning  davlat  va  jamiyat 

hayotida tutgan o’rni va ahamiyati 

 

 



4- mavzu 

Mustaqil  O’zbekistonning  1992  yilgi 

Konstitusiyasi 

va 

uning 


asosiy 

tamoyillari 



 



5- mavzu 

O’zbekistonda  inson  va  fuqarolarning 

asosiy 


huquqlari, 

erkinliklari 

va 

burchlari  





 

6- mavzu 



O’zbekistonda 

jamiyat 


va 

shaxs 


munosabatlarining 

Konstitusiya-viy 

belgilari 



 

7- mavzu 



O’zbekiston  Respublikasining  milliy-

davlat va ma’muriy-hudud-iy tuzilishi   



 



8- mavzu 

O’zbekiston  Respublikasida  qonun 

chiqarish 

hokimiyatning 

amalga 


oshirilishi  va  uning  Konstitusiyaviy 

asoslari 



 



9- mavzu 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezi- 

denti-davlat  va  ijroiya  hokimiyat 



boshlig’I  



 

 

 



 

 

 



 

10 


10-mavzu 

O’zbekiston  Respublikasi  mahalliy 

hokimiyat idoralari 



 

11 


11-mavzu 

O’zbekiston 

Respublikasida 

sud 


hokimiyatining 

Konstitusiyaviy 

asoslari 



 

                                                                                                           Jami: 40 soat 

1-mavzu: O’zbekiston Konstitusiyasini o’rganish o’quv kursi 

va uning maqsad, vazifalari 

 

        O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

I.A.Karimovning 

«O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitusiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida»gi 2001 yil 4 yanvardagi farmoyishi va uning 

ahamiyati. 

        Konstitusiyani  o’rganish  o’quv  kursining  tushunchasi,  predmeti,  metodologiyasi,  mahsadi, 

vazifalari va tizimi, uning ijtimoiy va huquqiy fanlar tizimida tutgan o’rni va ahamiyati. 

       Konstitusiyani  o’rganish  o’quv  kursining  huquq  sohalarini  o’rganuvchi  boshqa  fanlardan 

farqi, manbalari va ularning tasnifi. 

 

 



2-mavzu: O’zbekistonning 1992 yilgi Konstitusiyasining 

vujudga kelishi 

   

       O’zbekistonning mustaqillikka qadar konstitusiyaviy tarixi. QASSR, Buxoro va Xorazm xalq 

respublikalarining konstitusiyalari va ularning mustabid tuzumga xos jihatlari. 



 

19 


        O’zbekiston  Respublikasining  mustaqil,  suveren  davlat  deb  e’lon  qilinishi.  O’zbekistonda 

konstitusiyaviy islohotlarning xususiyatlari va asosiy bosqichlari.        O’zbekiston Respublikasi 

Prezidenti I.A.Karimov-mustaqil  O’zbekiston Konstitusiyasining tashabbuskori va ijodkori. 1992 

yilgi  O’zbekiston  Konstitusiyasi  loyihasining  tayyorlanishi,  umumxalq  muhokamasidan 

o’tkazilishi, qabul qilinishi va amalga kiritilishi. O’zbekiston Konstitusiyasiga o’zgartirish kiritish 

tartibi.  

 

3-mavzu: Konstitusiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan 

o’rni va ahamiyati 

 

       Konstitusiya  –  davlatning  asosiy  qonuni.  Konstitusiya  barqarorlik  manbai.  Konstitusiyaning 

yuridik  xususiyati.  Konstitusiyaning davlat va  jamiyat rivojlanishidagi tutgan o’rni. O’zbekiston 

Respublikasining  sobiq  sho’ro  tuzumi  konstitusiyalaridan  farqi  va  o’ziga  xos  jihatlari. 

Konstitusiya  me’yorlarining  xususiyatlari  va turlari. Davlat va  jamiyat  hayotida konstitusiyaviy-

huquqiy  munosabatlarning  namoyon  bo’lishi.  Konstitusiyaviy  huquqiy  munosabatlarning 

tushunchasi, subyektlari. 

 

4-mavzu: Mustaqil O’zbekistonning 1992 yilgi 



Konstitusiyasining asosiy tamoyillari 

 

          Davlat,  millat,  xalq  suvereniteti  tushunchalari  va  ularning  mohiyati.  O’zbekiston 

Respublikasida  xalq  hokimiyatchiligi  va  uni  amalga  oshirishning  asosiy  shakllari.  O’zbekiston 

Respublikasining  davlat  mustaqilligini  tavsiflovchi  belgilari.  O’zbekistonning  davlat  ramzlari  – 

bayroq, gerb va madhiya. 

          O’zbekistonda  hokimiyatning  bo’linish  tamoyili.  Davlat  organlari  va  mansabdor 

shaxslarning  xalq  nomidan  hokimiyatni  amalga  oshirishi.  O’zbekistonda  demokratik  va 

umuminsony qadriyatlar.  

          Konstitusiya va qonunning ustunligi tamoyili tushunchasi va mohiyati. 

          O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  konstitusiyaviy  asoslari.  O’zbekiston 

Respublikasi – xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyekti. O’zbekiston tashqi siyosatining 

asosiy tamoyillari. 

          O’zbekiston  Respublikasida  mudofaa  va  xavfsizlikning  ta’minlanishi.  O’zbekiston 

Respublikasining Qurolli kuchlari, mudofaa va xavfsizlik organlari. 

5-mavzu: O’zbekistonda inson va fuqarolarning 

asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 

 

          O’zbekiston Respublikasida shaxsning huquqiy holati tushunchasi.  

          Fuqarolik 

tushunchasi 

va 

O’zbekiston 



Respublikasida 

fuqarolik. 

O’zbekiston 

Respublikasida  fuqarolikka  ega  bo’lish  va  uni  yo’qotish  asoslari.  O’zbekiston  Respublikasi 

hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqiy holati. 

          O’zbekiston  Respublikasida  inson  va  fuqarolarning  konstitusiyaviy  huquqlari,  erkinliklari 

va  burchlari  tizimi.  Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar.  Siyosiy  huquqlar.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy 

huquqlar.  O’zbekistonda  inson  huquqlari  va  erkinliklarining  konstitusiyaviy  kafolatlari. 

Fuqarolarning konstitusiyaviy burchlari. 

 

 



 

 

 

6-mavzu: O’zbekistonda jamiyat va shaxs 

munosabatlarining Konstitusiyaviy belgilari 

 

 

20 


         O’zbekiston  Respublikasi  konstitusiyaviy  tuzumining  iqtisodiy  negizlari.  Davlat 

organlarining  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishdagi  vazifalari.  Mulk  shakllari.  Yer,  yerosti 

boyliklari, suv o’simlik va boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylik. 

       O’zbekistonda  moliya  va  pul-kredit  tizimi.  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  byudjeti. 

O’zbekiston Respublikasi soliq va bank tizimi. 

       O’zbekiston  Respublikasida  fuqarolik  jamiyatining    konstitusiyaviy  asoslari.  Jamoat 

birlashmalari tushunchasi, tashkil etilish tamoyillari va tizimi.  Jamoat birlashmalarining huquqiy 

holati va davlat idoralari bilan munosabatlari. 

        Oila va jamiyat. O’zbekiston Respublikasida oilaning huqqiy muhofaza qilinishi. Ota-ona va 

farzandlarning huquqiy holati. 

        O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining roli va konstitusiyaviy maqomi.  

 

7-mavzu: O’zbekiston Respublikasining milliy-davlat 



va ma’muriy-hududiy tuzilishi 

 

      O’zbekiston Respublikasining milliy-davlat tuzilishi va uning asoslari.  

       Ma’muriy-hududiy  tuzilish  tushunchasi  va  uning  tuzilishi  tamoyillari.  Ma’muriy-hududiy 

tuzilish masalalarini hal qilish tartibi.  

       Qoraqalpog’iston Respublikasining konstitusiyaviy maqomi. Qoraqalpog’iston Respublikasi- 

O’zbekiston  Respublikasi  tarkibidagi  mustaqil  davlat,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Konstitusiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari. Qoraqalpog’iston va O’zbekiston Respublikalari 

o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi. 

 

8-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qonun chiqarish 



hokimiyatning amalga oshirilishi va uning Konstitusiyaviy asoslari 

 

         Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  tushunchasi.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  tashkil  qilish 

tartibi. 

         O’zbekiston  Respublikasida  saylov  hquqi  va  saylov  tizimi.  Referendum  va  uni  o’tkazish 

tartibi hamda shartlari. 

         Oliy Majlis -  O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi. Oliy 

Majlisning  konstitusiyaviy,  huquqiy  maqomi.  Oliy  Majlisning  mutloq  vakolatlari.  Oliy  Majlis 

faoliyatining  shakllari.  Oliy  Majlis  Raisi  va  uning  o’rinbosarlari  faoliyati.  Oliy  Majlis  Kengashi 

va uning  maqomi.  Oliy  Majlis qo’mitalari  va komissiyalarining tashkil etilishi  va  faoliyati. Oliy 

Majlisda qonunlar qabul qilish tartibi.  

 

9-mavzu:  O’zbekiston Respublikasi 



Prezidenti-davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i 

 

        O’zbekiston Prezidenti-davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i. O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining  konstitusiyaviy,  huquqiy  maqomi.  O’zbekistonda  Prezident  saylovini  o’tkazish 

tartibi va qoidalari. Prezident vakolatlari va qabul qiladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlari. 

          Vazirlar  Mahkamasi-  O’zbekiston  Respublikasining  hukumati.  Vazirlar  Mahkamasining 

konstitusiyaviy,  huquqiy  maqomi. Vazirlar Mahkamasi  faoliyatining asosiy tamoyillari.  Vazirlar 

Mahkamasining vazifalari.  


Download 4.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling