Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik


Download 4.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana15.02.2017
Hajmi4.21 Mb.
#470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
часть 1Москва 1995. 

2 Каранг: Иоффе О.С. Охрана чести и достоинства граждан С.Г.П.1962. №7; Комментарий части первой 

Гражланского кодекса Российской Федерации для предринимателей. М. 1995.    

    


 

67 


munosabatlarning  tovar-pul  xarakteriga ega bo'lishidan  va shu tufayli  ularning  haq 

evaziga  amalga  oshirilishidan  iborat”

1

.  Bizningcha,  bunda  fuqarolik  huquqiy 



munosablarda  qatnashuvchilarning  huquqiy  holatini  umumiy  tengligi  g’oyasi 

yotadi. Bunday g’oya fuqarolik huquqining barcha institutlarining mazmunidan joy 

olgan.  Xatto  fuqarolik  huquqbuzarliklar  uchun  javobgarlikning  belgilanishida  ham 

tenglik metodi kuchda bo'ladi. 



2)  Fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  qatnashuvchilarning  iroda  erkinligi 

metodi.  Bunda  shaxs  o'zining    hoxish  irodasini  mustakil  va  erkin  amalga 

oshirishlari mumkin. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o'z fuqarolik 

xuquqlariga,  o'z  erkinliklariga  muvofiq  ega  bo'ladilar  va  bu  huquqlarni  o'z 

manfaatlarini  ko'zlab  amalga  oshiradilar.  Ular  shartnoma  asosida  o'z  huquq  va 

burchlarini  belgilashda  va  qonun  hujjatlariga  zid  bo'lmagan  har  kanday  shartnoma 

shartlarini  aniqlashda  erkindirlar(FK  1-moddasi  2-bandi).  Fuqarolik  Kodeksi 

fuqarolik huquqlari to'sqinliksiz amalga oshirilishini, hamda xususiy ishlarga biron-

bir  kishining  o'zboshimchalik  bilan  aralashishiga  yo'l  qo'ymasligini  kafolatlaydi. 

“Xavfsizlikni ta'minlaydi, insonlarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilishi, tabiatni 

va  ma'daniy  boyliklarni  muxofaza  qilish  uchun  zarur  bo'lsa,  tovarlar  va  xizmatlar 

harakatda  bo'lishini  cheklash  qonun  hujjatlariga  muvofiq    joriy  etilishi  mumkin.” 

(1-modda  4-  bandi)  Demak,  davlat  umummanfaat    maqsadlar  uchun,  fuqarolik 

huquqlarini cheklashi mumkindir. 

3)  Fuqaroviy  -  huquqiy  munosabatlarda  qatnashuvchilarning  mulkiy 

mustaqilligi.  Fuqaroviy  huquqiy  munosabatlarda  qatnashuvchilarning  mulkiy 

holati,  munosabatlarining  harakterini  belgilab  beradi.  Mulk  huquqi  asosida  mol- 

mulkka  ega  bo'lishlari,  bitimlar  tuzishlari  va  majburiyatlarda  ishtirok  etishlari, 

bo'larning barchasi fuqarolar huquq layoqatining mazmunini tashkil etadi. (FK. 18-

modda) “Mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkka o'z hoxishi bilan va o'z 

manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish… ” (FK. 

164- modda) 

4)  Fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilish.  Fuqarolik  huquqlarini  amalga 

oshirishda,  huquqbuzarliklardan  himoya  qilish  ijodi  alohida  o'rin  tutadi.  Bu  metod 

                                                

1

 Х. РАХМОНКУЛОВ: Узбекистон Республикаси Фукаролик Кодексининг биринчи кисмига умумий тавсиф 



ва шархлар: “Иктисодиёт ва хукук дунёси ”Нашриёт уйи. Тошкент 1997й. 74 бет.  

 

68 


huquqlarni  tiklash  xususiyatiga  ega.  Chunki  fuqarolik  normalariga  asosan 

qo'llanishi  zarur  bo'lgan  javobgarlik  chorasi  qoidaga  rioya  qilmagan  tarafning 

shaxsiga  nisbatan  qaratilmasdan,  balki  huquqi  buzilagan  tarafning  huquqini 

tiklashni,  unga  yetkazilgan  moddiy  va  ma'naviy  zararni  javobgar  tomonidan 

qoplashni  ta'minlashga  qaratiladi.  Fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilish  usullari  FK 

11- moddasida atroflicha bayon qilingan.   



5)  Fuqarolik-huquqiy  metodi  fuqarolik  javobgarlikning  mavjudligi  bilan 

xarakterlanadi.  U  mulkiy  hamda  kompensatsion  xarakterga  ega.  Javobgarlik 

tug’risida  O.S.  Ioffe  quyidagi  fikrni  bildiradi:  “Javobgarlik  mas'ul  subyektga 

mohiyatidan yangi, qo'shimcha qiyinchiliklar yuklaydigan aloxida davlat majburlov 

chorasidir.  Qo'shimcha  qiyinchiliklar  huquqdan  maxrum  etish,  majburiyatlar 

yuklash  (masalan  neustoykani    to'lash)  yoxud  huquqdan  maxrum  etish  va 

majburiyatni  yuklashni    birovgga  yuklash(masalan  jinoiy  chorasi  sifatida 

ozodlikdan maxrum etish)larda aks etadi.”

1

 



 

3. Fuqarolik huquqining tamoyillari va funksiyasi 

Fuqarolik  huquqining  metodi  uning  tamoyillari  bilan  chambarchas  bog’liq. 

Fuqarolik  huquqining  tamoyillari  bu  fuqarolik  huquq  normalarining  mazmuniga 

singdirilgan asosiy raxbariy qoidalardir. Ular Fuqarolik Kodeksining  1- moddasida  

o'z ifodasini topgan.  

 Fuqarolik-huquqiy  munosabat  subyektlarining  tengligi  tamoyili.  Bu  xususida 

yukorida batafsil tuxtalgan.          

     


 Mulkning daxlsizligi tamoyili. U iqtisodda mulkni huquqiy tartibga solishning 

asosi  hisoblanadi.  Mulkning  daxlsizligi  tamoyili  O'zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  53-  moddasida  ham  qayd  etilgan,  “Xususiy  mulk  boshqa  mulk 

shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasidadir.  Mulkdor  faqat  qonunda  nazarda 

tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.”  

Davlat tashabbusi mulk mulkdordan haq  evaziga davlat va mahalliy ehtiyojlar 

uchun olib  quyilishi mumkin. Qonun mulk huquqini majburiy su'atda bekor bo'lish 

asoslarini o'zida mustahkamlaydi. (FK ning 197, 199-204, 223-moddasi 4-bandi).  

                                                

1

 О.С. Иоффе. Вина и ответственность по праву. “Гос  право” 1972. №9 39-бет      



 

69 


Mulk  faqat  haq  to'lanmasdan  jinoyat  sodir  etganda  yoki  boshqa  bir 

huquqbuzarlikni  amalga  oshirganda  sanksiya  ko'rinishida  sudning  qaroriga  binoan 

mulkdordan  olib  quyilishi  mumkin,  (FK  204-modda)  mulk  huquqini  bekor  qilish 

to'g’risidagi  huquqidagi  Davlat  organlari  va  o'zini-o'zi  boshqarish  organlarining 

hujjatlari,  sud qarorlari ustidan sudga murojaat qilish mumkin. (FK. 12-modda 204-

modasi) 


Shartnomaning  erkinligi  tamoyili.  Fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  shartnoma 

tuzishda  erkindirlar.  Shartnoma  tuzishga  majbur  qilishga  yo'l  qo'yilmaydi, 

shartnoma  tuzish  burchi  ushbu  kodeksda,  boshqa  qonunda  yoki  olingan 

majburiyatda  nazarda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno.  Masalan,  Ommaviy 

shartnomada tashkilotning o'z zimmasiga olgan majburiyati. (FK 358-modda). 

Xususiy  ishlarga  biron-bir  kishining  o'zboshimchalik  bilan  aralashishiga 

yo'l  qo'yilmasligi  tamoyili.  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  25-

moddasida “Har kim erkinlik va shaxsiy huquqiga ega” 27-moddasida “Har kim o'z 

sha'ni  va  obro'siga  qilingan  tajovuzlardan,  shaxsiy  hayotiga  aralashishlardan 

himoyalanishi  va  turar  joy  daxlsizligiga  ega”  deyilgan.  Bu  qoidalar  mazmuni 

Fuqarolik  Kodeksi  normalariga  singdirilgan.  Fuqarolarni  xususiy  ishlariga 

o'zboshimchalik  bilan  aralashish  natijasida  unga  yetkazilgan  moddiy  va  ma'naviy 

zarar to'laligicha qoplanadi. (FK 954, 1021-moddalar) 

Fuqarolik  huquqlari  to'sqinliksiz  amalga  oshirilish  va  buzilgan 

huquqlarni himoya qilish ham tiklash tamoyili. 

4. Fuqarolik huquqining tizimi 

Fuqarolik  huquqi  predmetini  tashkil  etuvchi  ijtimoiy  munosabatlar,  uning 

kichik  sohalarida  va  institutlarida  namoyon  bo'ladi.  Huquqiy  institut  deganda,  bir-

biri  bilan  o'zaro  bog’liq  bo'lgan  ijtimoiy  munosabatlarning  muayyan  guruhini 

tartibga  soladigan  huquqiy  me'yorlar  yig’indisi  tushuniladi.  Kichik  sohalar  o'zida 

bir  qancha  bir  turdagi  va  predmetiga  ko'ra  bir-biriga  bog’liq  fuqarolik-huquqiy 

institutlarining yig’indisini aks ettiradi. 

Huquq  instituti  uchun, o'ziga  xoslik bu  mazmunan bir  xillik,  huquqiy  tartibga 

solishning kompleksligi va qonunchilik nuqtai nazarda alohidalikdir2 


 

70 


Fuqarolik  huquqida, huquq instituti sifatida: masalan, zarar yetkazishdan kelib 

chiqadigan  majburiyatlar,  kichik  soha  sifatida  majburiyat  huquqi,  soha  sifatida 

fuqarolik huquqi e'tirof etiladi. 

Talaba  mavzuni  o'rganayotganda  fuqarolik  huquqi  tizimi  va  fuqarolik 

qonunchiligi tizimiga alohida e'tibor berishi lozim. Fuqarolik qonunchiligi tizimiga 

– Fuqarolik Kodeksi va biron bir qatorda fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga 

soluvchi  Oliy  Majlis  tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar  kiradi.  Fuqarolik  huquqi 

tizimiga  esa  –  fuqarolik  huquq  normalari  bilan  birga  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari,  mahalliy  tuzilmalarning 

hujjatlari  kiradi.  Bulardan  tashqari  huquq  tizimiga  huquqiy  odatlar  sud  pretsedenti 

kiradi. 

Fuqarolik  huquqi  tizimi  quyidagi  olti  bo'limni  o'zida  mujassamlashtirgan: 

birinchi  bo'lim  –  umumiy  qoidalar:  ikkinchi  bo'lim  –  mulk  huquqi  va  boshqa 

ashyoviy  huquqlar:  uchinchi  bo'lim  majburiyat  huquq:  to'rtinchi  bo'lim  – 

intellektual  mulk:  beshinchi  bo'lim  –  vorislik  huquqi:  oltinchi  bo'lim  –  xalqaro 

xususiy huquq normalarini fuqarolik- huquqi munosabatlarga nisbatan tadbiq qilish. 



Huquq sohalari tizimida fuqarolik huquqi 

Huquq sohalari huquqiy tartibga solish metodi va predmetiga ko'ra bir-biridan 

farqlanadi. Ularni  huquq tamoyillari  va davlat tuzilishi, apparatga oid tushunchalar 

va  asosiy  rahbariy  kriteriylar  birlashtiradi1.  Hozirgi  vaqtda  tadqiqotchilar  huquq 

sohalarini uchta asosiy guruhga ajratadi2. 

1)  Davlat  –  huquqiy  sohasi.  Bu  o'ziga  davlat,  konstitutsion,  ma'muriy,  moliya 

huquqini qamrab oladi. 

2)  Fuqarolik  –  huquqiy.  Bu  guruhga  fuqarolik  huquqi,  fuqarolik  protsessi, 

mehnat huquqi, oila huquqi va boshqalar kiradi. 

3)  Jinoiy  –  huquqiy  soha.  Bu  guruhga  jinoyat  huquqi,  jinoyat  protsessi, 

kriminalistka, kriminalogiya va x.k. 

Burjuaziya  huquq  fanida  uning  huquq  tizimi  umumiy  va  xususiy  huquqqa 

bo'linadi. Huquqning bunday bo'linishiga qadimgi Rimlik huquqshunos Ulpian asos 

solgan.  Bu  nazariya  hozircha  burjuaziya  davlatlarida  saqlanib,  burjuaziya 

olimlarining  fikricha  huquqning  bunday  bo'linishi  tabiiy  bo'lib,  shaxs  bilan  davlat 


 

71 


o'rtasidagi  va  xususiy  mulkka  asoslangan  ijtimoiy  munosabatlardan  kelib  chiqqan. 

Umumiy  huquq  davlatga  taaluqli  bo'lib,  unga  konstitutsiyaviy  (davlat)  huquqi, 

jinoyat  huquqi,  ma'muriy  huquq sohalari kiradi.  Hususiy  huquq-alohida shaxslarga 

taalluqli bo'lib, unga fuqarolik huquqi, oila huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq 

sohalari kiradi3. 

Lekin  shunga  ahamiyat  berish  kerakki,  huquq  tizimi  qanday  guruhlarga 

ajratilishidan  qat'iy  nazar,  huquq  sohalari  o'zining  predmeti  va  usullarini  saqlab 

qoladi. Jumladan: fuqarolik huquqi sohasi ham. Ma'lumki fuqarolik huquqi bilan bir 

qatorda  ma'muriy  huquq  ham  mulkiy  munosabatlarni  tartibga  soladi.  Lekin  ular 

quyidagi belgilari bilan farq qiladi. 

1. Fuqarolik  huqiqida  munosabatlar  texnika  asosida  o'rnatiladi.  Ma'muriy 

huquqda  ishtirokchi  sifatida  qatnashayotgan  davlat  organi  xokimiyat  funksiyasini 

amalga oshiradi. 

2. Fuqarolik  huquqida javobgarlik  – kompensatsion  xarakterga ega. Ma'muriy 

huquqda  -    jarima  xarakteriga  ega.  Bu  ikki  sohaning  birgalikdagi  faoliyatnini 

quyidagilarda  ko'rishimiz  mumkin.  Ya'ni  ma'muriy  organlar  tamonidan  qabul 

qilingan hujjatlar fuqarolik huquqiy munosbatlarni yuzaga keltirishi, o'zgartirishi va 

bekor qilishi mumkin.  



Fuqarolik huquqi fani 

Fuqarolik  huquqi  fanining  predmeti  –  huquq  sohasi  sifatida  fuqarolik  huquqi, 

fuqarolik  qonunchilik,  fuqarolik  huquq  normalarini  o'zida  muassamlashtirgan 

hujjatlar,  fuqarolik  huquqining  boshqa  manbalari,  huquqni  qo'llash  amaliyot 

hisoblanadi. 

Fuqarolik  huquqining  ilk  rivojlanish  ildizlari  qadimgi  Rimga  borib  taqaladi. 

O'zbekiston  Respublikasida  fuqarolik  huquqini  fan  sifatida  rivojlanishida 

huquqshunos 

olimlar 

o'z 


hissalarini 

qo'shdilar. 

Jumladan, 

akademik 

H.A.Rahmonqulov,  professorlar  SH.SH.Shorahmetov,  I.B.Zokirov,  B.I.  Ibratov  va 

boshqalarning 

xizmati  tahsinga  sazovordir.  Hozirgi 

vaqtda  O'zbekiston 

Respublikasining  fuqarolik  huquq  mazmuni  mohiyatiga  ko'ra  avvalgilardan  keskin 

farqlanadi. Bunday farqliklarni qiyosiy huquqshunoslik usuli orqali o'rganish lozim. 

 


 

72 


Mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun savollar? 

 

1.  Mulkiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? 

2.  Fuqarolik huquqiy munosabatlarda tenglik tamoyilini qanday tushunasiz? 

3.  Fuqarolik huquqida kichik huquq sohalari deganda nimani tushunasiz? 

4.  Dinamik va statik munosabatlarga baho bering? 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

73 


4-Mavzu: ISTE'MOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH 

 

ASOSLARI  

Reja: 

1. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi 

2. Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to’g’risidagi qoidalar 

3. Iste'molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash 



Tayanch  iboralar:  iste'molchi;  ishlab  chiqaruvchi;  ijrochi;  sotuvchi; 

shartnoma; tovar; normativ hujjatlar; tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi; muvofiqlik 

sertifikati;  tovar  (ish,  xizmat)ning  nuqsoni;  tovar  (ish,  xizmat)ning  jiddiy  nuqsoni; 

kafolat  muddati;  xizmat  muddati;  yaroqlilik  (saqlash)  muddati;  kassa  cheki;  tovar 

cheki; tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish;  

Tavsiya qilinayotgan adabiyotlar: 

1.  Karimov I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 

bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston. 2009.- 56 b. 

2.  Karimov  I.A.  O’zbekiston konstitusiyasi  – biz  uchun demokratik taraqqiyot 

yo’lida  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishda  mustahkam  poydevordir.  // 

Inson va qonun. № 52(669) 2009 yil 6 dekabr. 

3.  Mamlakatimizni  modernizasiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo 

etish  –  ustuvor  maqsadimizdir.  /  Prezident  Islom  Karimovning  O’zbekiston 

respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma 

majlisidagi ma’ruzasi. // G.Zarafshon. 2010 yil. 28 yanvar. № 12(21.701). 

4.  Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada 

yuksaltirishdir. / Prezident Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari 

va  2010  yilda  O’zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim 

ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi 

ma’ruzasi. // G. Xalq so’zi. 2010 yil. 30 yanvar. № 21 (4936). 

5.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Barkamol  avlod  yili»  Davlat 

dasturi to’g’risida»gi qarori. // G. Zarafshon. 2010 yil. 30 yanvar. № 13 (21. 

702). 


6.  O'zbekiston respublikasining Konstitutsiyasiga sharh.- T.: O'zbekiston. 2008. 

7.  O’zbekiston Respubliksi Fuqarolik Kodeksi. T. Rasmiy nashr. 2003. 



 

74 


8.  O’zbekiston  respublikasining  «Iste'molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish 

to’g’risida»gi Qonun. 1996 yil. 

9.  Rahmonqulov  X.  O’zbekiston  Respublikasining  birinchi  qismiga  umumiy 

tavsif va sharhlar. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi. 1997.  

10. Zokirov  I.  O’zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  huquqi.  –  T.:  Adolat. 

1996. 


11. Zokirov I. Fuqarolik huquqi. – T.: Adolat. 2006. 

12. Shodmanov  F., G’ulomov  A.  Fuqarolik  huquqi (umumiy qoidalar).  SamDU. 

2003. 

1. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi 

Iste'molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bog’liq  huquqiy  munosabatlar 

1996  yil  26  aprelda  qabul  qilingan  «Iste'molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish 

to’g’risida» qonun bilan tartibga solinadi. 

Ushbu mavzuni o’rganishda quyidagi tushunchalarga e'tibor qaratish lozim: 

iste'molchi-foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste'mol 

yoki  boshqa  maqsadlarda  tovar  sotib  oluvchi,  ish,  xizmatga  buyurtma  beruvchi 

yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs);  

Ishlab  chiqaruvchi-iste'molchiga  realizatsiya  qilish  uchun  tovar  ishlab 

chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi 

tadbirkor;  

Ijrochi-maishiy  xizmat,  uy-joy-kommunal,  ta'mirlash-qurilish,  transport 

xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo’yicha iste'molchi 

uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa 

yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor;  

Sotuvchi-oldi-sotdi  shartnomasi  bo’yicha  iste'molchiga  tovar  realizatsiya 

qiladigan  korxona,  tashkilot,  muassasa  yoki  yakka  tartibda  faoliyat  ko’rsatuvchi 

tadbirkor;  

Shartnoma-tovarni  olish-sotishni  amalga  oshirishda,  ishlar  bajarish  va 

xizmatlar  ko’rsatishda  sifat,  miqdor,  muddat,  narx  va  boshqa  shartlar  to’g’risida 

iste'molchi  bilan  sotuvchi  (ishlab  chiqaruvchi,  ijrochi)  o’rtasidagi  og’zaki  yoki 

yozma kelishuv;  



 

75 


Tovar-ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste'molchiga shartnoma bo’yicha sotish 

uchun mo’ljallangan mahsuli, shu jumladan import mahsuloti;  

Normativ hujjatlar-standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish 

normalari  va  qoidalari,  dori-darmonlar  xususidagi  davlat  farmokopeyasi  hamda 

muvaqqat  farmokopeya  qoidalari  va  boshqalar),  texnik  shartlar,  texnik  tavsiflar, 

retseptura  va  tovar  (ish,  xizmat)  sifatiga  va  xavfsizligiga  nisbatan  belgilangan 

talablarni o’z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;  

Tovar  (ish,  xizmat)ning  xavfsizligi-tovarni  iste'mol  qilish,  undan  foydalanish, 

uni  saqlash,  tashish  yoki  utilizatsiya  qilishning,  shuningdek  ish  yoki  xizmat 

natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste'molchining hayoti, sog’lig’i 

yoki  mol-mulkiga  va  atrof  muhitga  zarar  yetkazilishi  ehtimoli  bilan  bog’liq  xavf-

xatarning yo’qligi;  

muvofiqlik  sertifikati-sertifikatlangan  mahsulotning  belgilangan  talablarga 

muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;  

Tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni-tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning 

majburiy  talablariga,  shartnoma  shartlariga  yoxud  tovar  (ish,  xizmat)ning  sifatiga 

odatda qo’yiladigan talablarga nomuvofiqligi;  

Tovar  (ish,  xizmat)ning  jiddiy  nuqsoni-tovar  (ish,  xizmat)dan  belgilangan 

maqsadda  foydalanib  bo’lmaydigan  qilib  qo’yadigan  yoxud  bartaraf  etish  uchun 

ko’p mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik;  

Kafolat  muddati-tovardan  (xizmatdan)  foydalanishning  (oylar  hisobidagi) 

normativ  muddati  yoki  tovar  (xizmat)ning  muayyan  vazifani (necha soatda,  nechta 

ish  jarayonida,  qancha  kilometr  masofani  bosib  o’tib  va  h.k)  bajarish  vaqti  tarzida 

belgilangan  muddati bo’lib, bu  muddat  ichida  ishlab chiqaruvchi  (ijrochi), basharti 

tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo’lsa, tovarning 

(xizmatning)  sifatiga  nisbatan  normativ  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  talablar 

bajarilishini kafolatlaydi va ta'minlaydi;  

Jizmat  muddati-tovardan  foydalanishning  belgilangan  muddati  bo’lib,  u 

tamom  bo’lgach,  tovarning  texnik  holatidan  qat'i  nazar,  undan  foydalanish 

to’xtatilishi lozim;  

Yaroqlilik  (saqlash)  muddati  -  muayyan  davr  bo’lib,  bu  davrda  tovar 


 

76 


foydalanishga  yaroqli  bo’ladi  va  u  tamom  bo’lgach,  tovar  odamlar  hayoti  hamda 

sog’lig’i uchun xavf tug’dirishi mumkin;  

Kassa  cheki-tovarning  sotib  olinganligini  yoki  ish  (xizmat)ning  haqi 

to’langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana va 

kassa apparatining nomeri ko’rsatilgan hujjat;  

Tovar  cheki-tovarning  sotib  olinganligini  yoki  ish  (xizmat)ning  haqi 

to’langanligini  tasdiqlovchi,  tovar  (ish,  xizmat)ning  bahosi,  haq  to’langan  sana 

hamda  sotuvchining  nomi  va  joylashgan  manzili  haqidagi  ma'lumot  ko’rsatilgan 

hujjat; 

Tovarni  (ishni,  xizmatni)  iste'molchidan  qaytarib  olish  -  agar  tovar  (ish, 

xizmat)  iste'molchi  mulkiga  aylangan  yoki  unga  taklif  etilgan  bo’lsa,  ishlab 

chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, 

xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo’lmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib 

olishga qaratilgan har qanday chora;  

Tovarni  (ishni,  xizmatni)  muomaladan  chiqarish  -  ishlab  chiqaruvchi  (ijrochi, 

sotuvchi)  tomonidan  amalga  oshiriladigan,  tovarning  (ishning,  xizmatning) 

xavfsizligi talablariga mos bo’lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va 

bunga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan har qanday chora.  



Iste'molchilarning asosiy huquqlari quyidagilardan iborat: 

Tovar  (ish,  xizmat)  haqida,  shuningdek  ishlab  chiqaruvchi  (ijrochi,  sotuvchi) 

haqida to’g’ri va to’liq ma'lumot olish;  

Tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo’lishi;  

Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo’lishi; hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun 

xavfli  nuqsoni  bo’lgan  tovar  (ish,  xizmat),  shuningdek  ishlab  chiqaruvchi  (ijrochi, 

sotuvchi)ning  g’ayriqonuniy  harakati  (harakatsizligi)  tufayli  yetkazilgan  moddiy 

ziyon, ma'naviy zararning to’liq hajmda qoplanishi;  

Buzilgan  huquqlari  yoki qonun  bilan  muhofaza etiladigan  manfaatlari  himoya 

qilinishini so’rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;  

Iste'molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.  

Iste'molchilarning  ijtimoiy  himoyaga  muhtojlar  toifasiga  kiritilgan  ayrim 

guruhlari  uchun  qonun  hujjatlari  bilan  savdo,  maishiy  xizmat  va  xizmat 


 

77 


ko’rsatishning  boshqa  turlari  bo’yicha  imtiyozlar  va  afzalliklar  belgilanishi 

mumkin.  



Download 4.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling