Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik


 Mulk huquqiga nisbatan subyektiv huquq … huquqlaridan iborat


Download 4.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/48
Sana15.02.2017
Hajmi4.21 Mb.
#470
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48

6. Mulk huquqiga nisbatan subyektiv huquq … huquqlaridan iborat.   

              Nuqtalar o'rniga to'g’ri javob keltirilgan qatorni toping ? 

 

A) egalik qilish 



 

B) tasarruf etish 

 

V) egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish 



 

G) egalik qilish, foydalanish 

 

7) Mehnat shartnomasi qanday shaklda tuziladi ? 

A) yozma 

B) og’zaki 

 

V) yozma va og’zaki 



             G) mehnat shartnomasini qanday shaklda tuzilishi ahamiyatga ega emas 

 

8. Nikoh tuzish erkaklar uchun necha yoshdan belgilanadi? 

 

A) 16 


 

B) 17 


 

V) 18 


 

G) 20 


 

9. Er-xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari … hisoblanadi.   

              Nuqtalar o'rniga to'g’ri javobni qo'ying ? 

 

A) xususiy mulk 



 

B) shaxsiy mulk 

 

V) birgalikdagi umumiy mulk 



 

G) ommaviy mulk  

 

10. Jinoyat tarkibining elementlari to'g’ri sanalgan qatorni toping? 

 

A) jinoyatning obyekti, obyektiv tomoni, subyekti, subyektiv tomoni 



 

B) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og’ir bo'lmagan, og’ir va o'ta og’ir   

               jinoyatlar  

 

V) ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofliligi, aybning mavjudligi, jazoga   



                sazovorligi 

 

G) g’ayriqonuniylik 



 

 

 

 

 

 

413


«O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish   

va  huquqshunoslik» o’quv  kursi  bo’yicha nazorat-test savollari 

10-variant 

 

1. Davlat tuzilishining qanday shakllari mavjud? 

 

A) cheklangan monarxiya, demokratiya  



 

B) monarxiya, respublika 

 

V) unitar, federativ, konfederativ 



 

G) totalitar, demokratiya 

 

2. Huquqning qanday funksiyalari mavjud? 

 

A) tartibga solish, tizimlilik  



 

B) rasmiylik, muhofaza etish 

 

V) tartibga solish, muhofaza etish 



 

G) rioya etish va foydalanish 

 

3.  Ma'muriy-huquqiy munosabatlar qanday guruhlarga bo'linadi? 

 

A) gorizontal  



 

B) to'g’ri va egri chiziq bo'yicha  

 

V) gorizontal, vertikal 



 

G) rioya etish va foydalanish 

 

4. Mansabdor shaxaslarga nisbatan qo'llanlishi mumkin bo'lgan   

               ma'muriy jarimaning eng ko'p miqdori? 

 

A) eng kam oylik ish haqining 3 baravarigacha  



 

B) eng kam oylik ish haqining 4 baravarigacha  

 

V) eng kam oylik ish haqining 5 baravarigacha  



 

G) eng kam oylik ish haqining 10 baravarigacha 

 

5. Fuqaroning muomala layoqati necha yoshdan vujudga keladi? 

 

A) 14 yoshdan  



 

B) 16 yoshdan  

 

V) 15 yoshdan 



 

G) 18 yoshdan 

 

6. Yuridik shaxslarning qanday turlari mavjud ? 

 

A) aksionerlik jamiyatlari, ma'suliyati cheklangan jamiyat, fuqarolarning   



               o'zini-o'zi boshqarish organlari 

 

B) tijoratchi va tijoratchi bo'lmagan yuridik shaxslar 



 

V) aksionerlik jamiyatlari,  

 

G) egalik qilish, foydalanish 



 

7) Mehnat shartnomasi qanday shaklda tuziladi ? 

A) yozma 

B) og’zaki 

 

V) yozma va og’zaki 



             G) mehnat shartnomasini qanday shaklda tuzilishi ahamiyatga ega emas 

 

8. Nikoh tuzish quyidagi qanday shartlardan iborat? 

 

A) erkak va ayolning o'zaro ixtiyoriy roziligi, nikoh yoshiga yetganlik 



 

B) nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarning yo'qligi 

 

V) erkak va ayolning o'zaro hohishi 



 

G) to'g’ri javob yo'q 

 

9. Jinoyat subyektiv tomonining belgilari nimadan iborat ? 

 

A) jinoyat sodir etish vaqti, joyi, usuli 



 

B) ijtimoiy xavfli qilmish bilan oqibat o'rtasidagi sababiy bog’lanish 

 

V) jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetish, aqlirasolik 



 

G) ayb, motiv, maqsad 

 

10. Jinoyatda ishtirokchilikning turlarini sanab bering? 

 

A) bajaruvchi, tashkilotchi 



 

B) uyushgan gurux, jinoiy uyushma  

 

V) bajaruvchi, dalolatchi, tashkilotchi, yordamchi 



G) uyushgan gurux, bajaruvchi, dalolatchi 

 

 

 

 

 

 

414


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsyasini o’rganish fani 

bo’yicha tayyorlangan noyuridik fakul’tet talabalariga mo’ljallangan 

tarqatma materiallar 

 

 

415


1-Mavzu: DAVLAT VA HUQUQ HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR 

Reja: 

5.  Davlat va huquq tushunchasi, mazmuni va mohiyati 

6.  Davlat va huquqning paydo bo'lishi 

7.  Davlat va huquqning shakllari 

8.  Huquq va aholining o'zaro nisbati 

 

 Tavsiya qilinayotgan adabiyotlar: 

13. Rahbariy adabiyotlar 

14. O'zbekiston respublikasining Konstitutsiyasiga sharh.- T.: O'zbekiston. 2008. 

15. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston. 2009. 

16. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh.- T.: O'zbekiston. 2008. 

17. Davlat  va  huquq  nazariyasi.  (A.A'zamxo'jayev  va    SH.  O'rozov  tahriri  ostida).  T.-  1992  

255. B. 

18. Tajixonov U.,  Saidov A. Davlat va huquq asoslari . O'quv qullanma T, 1999. 

 

1. Davlat tushunchasi va mohiyati 

 

Hozirgi  vaqtda  davlatning  umumiy  e'tirof  etilgan  qo'yidagi    asosiy  belgilarini  ko'rsatish 



mumkin:  

7.  Davlat  o'z  davlat  chegaralari  darajasida  fuqarolik  belgisi  bo'yicha  birlashgan  butun 

jamiyatning butun aholining yagona vakili sifatida  maydonga chiqadi: 

8.  Davlat suveren hokimyatning yagona sohibidir. 

9.  Davlat  yuridik  kuchga  ega  bo'lgan  va  huquq  normalarini  aks  etirgan  qonunlar  va  ularga 

asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi: 

10. Davlat o'z vazifalari  va funksiyalarini  bajarishi  uchun zarur bo'lgan davlat organlari hamda 

tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat murakkab mexanizmdir. 

11. Davlat  qonuniylik  va  huquq-  tartibot  posboni  bo'lishga  maxsus  da'vat  etilgan  huquqni 

muxofaza qilish (jazolash,) organlariga ega bo'lgan yagona tashkilot: 

12. Faqat davlatgina o'z mudofasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va xpvfsizligini ta'minlovchi 

qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo'ldi. 



Huquq tushunchasi va mohiyati.     

Huquq 


iborasi 

kundalik 

hayotimizda 

ko'p 


qo'llaniladigan  tushuncha  bo'lib  „haq”,  „haqiqat”  so'zlaridan  olingan.  U  o'yidagicha  ma'nolarda 

qo'llaniladi. 

4.  Muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqi.M:A ning ilim olish huquqi. 

5.  Huquq  hamma  uchun  majburiy  bo'lgan,  davlat  tomonidan  o'rnatiladigan  va  bajarilishi 

ta'minlaydigan, muxofaza qilinadigan qoidalar, me'yorlar majmuidir: M: Fuqarolik Kodeksi . 

6.  Huquq ijtimoiy Fan sifatidan birining nomi bo'lib, davlat va huquq haqidagi ilimlarni o'zida 

jipislaydi.M: Konstitutsiyaviy huquq Fani. 

   


Yuridik adabiyotlarda huquqqa turlicha ta'rif berilgan: 

3.Huquq  –  bu  davlat  tomonidan  o'rnatiladigan  yoki  ma'qullanadigan  va  qo'riqlanadigan,  hamma 

uchun  majburiy  bo'lgan  yashash  qoidalaridir.Huquq  ijtimoiy  munosabatlarni    tartibga  soluvchi 

regulatordir. 

4.Huquq  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  va  qonunlarda  ifodalangan  adolat  va  erkinlik 

g’oyalariga  tayanuvchi  normativ  qoidalar  tizimidir.  (Ikkala  fikr.  Davlat  va  huquq  nazariyasi. 

A.A'zamxo'jayev va  SH. O'rozov tahriri ostida T.1992 255. B. 

3.  Huquq  –davlat  tomonidan  belgilangan  yoki  ruxsat  etilgan  va  uning  kuchi  bilan  himoya 

qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir (Tajixonov U  Saidov  

2. Davlat va huquqning paydo bo'lishi. 

   


Jamiyat turli ijtimoiy –siyosiy institutlarga  bo'linadi. Jamiyatning birinchi tabiiy bo'g’inini 

tashkil  etgan  institut  -  oiladir.  Oila  tabiiy  qonunga  ko'ra    tashkil  topadi,  qon-qarindoshchilik 

munosabatlari  asosida  amal  qiladi.  Urug’  bir  necha  oilaning  qon-qarindoshchilik  asosida 

birlashishi  va  mulkni  idora qila olishi, umumiy, qarindoshchilik qoidalari asosida tashkil topishi 

bilan  harakterlanadi.  Jamiyat  taraqqiyotida  bir  necha  urug’larning  qo'shilishi  bilan  qabila, 

keyinchalik umumiy til, urf-odat kabi birlik asosida millat kelib chiqdi. 

    

Siyosiy institutlarning eng dastlabkisi – davlat bo'ladi. Jamiyat taraqqiyoti natijasida davlat 



 

416


bilan  birga  bugun  ko'plab  nodavlat  tashkilotlar:  kasaba  uyushmalari,  siyosiy  partiyalar,  turli  –

tuman ijtmoiy tashkilotlar yuzaga keldi. 

    

Davlat va  huquqning kelib chiqishi to'g’risidagi  nazaryalar orasida  yetakchi o'rindi tabiiy 



huquq  nazariyasi  egallaydi.  Uning  tarafdorlari  G’arbiy  Yevropa  olimlari  D  Lokk,  T  Gobbs,  G 

Grosiy,  B  Spinoza  va  boshqalar.  Tabiiy  huquq  nazariyasi  tarafdorlari    ikki  huquqning  

mavjudligini: tabiiy huquq va insoniy yoki  kitoblarda pozitiv  huquq deb yuritiladigan huquqning 

mavjudligini  e'tirof etadilar. 

                                    3. Davlat va huquqning shakllari 

     


Davlat shakli uch tarkibiy qismi - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli,va siyosiy idora 

usuli birlikda  olingan  siysiy jamiyat tashkiloti tushuniladi. 

     

Boshqaruv  shakli-  konkret  davlatda  davlat  hokimyatini  tashkil  etishi  usullarining 



majmuidir.  U  davlatning  Oliy  va  markaziy    organlari  tarkibi  vakolatini  ,  shu  organlarni    tashkil 

etish tartibini unda oddiy halq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati  muddatlarini ko'zda tutadi. 

     

Davlatning tuzilish shakllari. 

Davlatning 

tuzilish 

shakli 


deganda 

davlat 


hokimyatining  ma'muriy  -  hududiy  tashkil  etilishi,  davlat  bilan  uni  tashkil  etuvchi  qismlar 

o'rtasidagi,  davlatning  alohida  qismlari  o'rtasidagi,  markaziy  va  mahalliy  organlar  o'rtasidagi 

o'zaro munosabatlar harakterini tushunish kerak.U ikkiga ajraladi. 

3.  Unitar 

4.  Murakkab (a)Federativ (B)Konfederativ. 

            Siyosiy rejim-Davlat hokimyatini amalga oshirish usuli                                      



Huquqning shakllari 

4.  Huquqiy  odatlar  -  uzoq  davr  mobaynida  amalda  bo'lishi  natijasida  shakllangan  va  davlat 

tomonidan  umummajburiy  qoida  sifatida  tan  olingan  yurish-turish  qoidasidir.M:Xammuraniy 

qonunlari, monu qonunlari , XII jadval qonunlari. 

5.  Huquqiy  pretsedent.  Lotincha  pretsedens  -  „avvalgisi,  oldingisi  ma'noni  anglatadi.  Sud  yoki 

ma'muriy  organlarning  yozma  yoki  og’zaki  qarori,  kelgusida  barcha  shunga  o'xshash  ishlarni 

ko'rib chiqish va hal qilish uchun asos bo'ladigan namuna, etalon norma sifatida  qabul qilina, u 

pretsedent bo'ladi. M: Angilya, Avstraliya, Kanada. 

6.  Normativ  huquqiy  aktlar  davlat  organlari  tomonidan  o'rnatiladigan  yoki  ma'qullanadigan 

huquqiy aktdir. 

(a)Qonunlar b)Prezident farmonlari (v)Vazirlar maxkamasi qarorlari 

(g)Davlat va xo'jalik boshqaruv organlarining qaror,buyro'q va yo'riqnomalari  

(d)Mahalliy vakillik va ijroiya  organlarining qarorlari 

4.   Halqaro shartnomalar 

 

Musulmon huquqida esa, diniy aqidalar huquqning manbai bo'lib hisoblanadi. Musulmon 



huquqining quyidagi asosiy manbalari mavjud 

5.  Qur'on (arabcha- o'qimoq, qiroat qilmoq, , o'quv )da islom aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy 

va axloqiy normalar o'z ifodasini topgan. 

6.  Sunna  (arabcha-  odat,  an'ana)  -  Muhammad  payg’ambarning  so'zlari,  ishlari  va  xatti-

harakatlari.Sunna haqidagi rivoyatlar hadislarda berilgan va ular to'plam qilingan. 

7.   Ijmo (arabcha-  yakdillik  bilan qabul  qilingan qarorlar) .Qur'on  va  hadislarda aniq ko'rsatma 

berilmagan huquqiy masalani hal etishda faqih va mujtahid (intiluvchilar) to'planib ,yagona fkirga 

kelgan holda fatvo berishi (hukm chiqarishi). 

8.  Qiyos  (arabcha-  taqqoslash)  Qur'on  va  Sunnada  berilmagan  biror  huquqiy  masala,  ulardagi 

shunga o'xshash masala bo'yicha  berilgan ko'rsatmaga taqqoslash yo'li bilan sharh etiladi.   



                               Mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun savollar: 

5.  Davlat deganda nimani tushunsiz? 

6.  Davlatning paydo bo'lishi haqida qanday qarashlar mavjud? 

7.  Huquqning shakllarini sanab o'ting? 

8.  Siyosiy rejimning qanday ko'rinishlari mavjud?  


 

417


2- Mavzu: MA'MURIY HUQUQ ASOSLARI 

 

Reja: 

5.  Ma'muriy huquq tushunchasi 

6.  Davlat boshqaruvi uning tamoyillari 

7.  Davlat boshqaruvining shakllari va usullari 

8.  Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy jazo 

Tavsiya qilinayotgan adabiyotlar: 

14. Rahbariy adabiyotlar 

15. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh.- T.: O'zbekiston. 2008. 

16. Davlat  va  huquq  nazariyasi.  (A.A'zamxo'jayev  va    SH.  O'rozov  tahriri  ostida).  T.- 

1992. 255. B. 

17. Tajixonov U.,  Saidov A. Davlat va huquq asoslari . O'quv qullanma T, 1999. 

 

1.  Ma'muriy huquq tushunchasi 

Ma'muriy  huquq-  o'ziga  xos  turkum  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishga    xizmat 

qiluvchi  tarmoq  hisoblanadi.  Bu  munosabatlarning  asosiy  xarakterli  xususiyati  shundaki,  ular 

davlat boshqaruvi sohasida, ya'niy O'zbekiston Respublikasi hududidagi ijroiya hokimyat tizimini 

tashkil  etilishi  va  faoliyat  ko'rsatishi  bilan  bog’liq  ravishda  vujudga  keladi,  rivojlanadi  va  bekor 

bo'ladi.  Bu  ijtimoiy  muosabatlarni  bevosita  davlat  boshqaruv  faoliyati  bilan  bog’liq  va  shuning 

uchun boshqarish munosabatlari deb ham yuritiladi. 

    


Ma'muriy huquqning predmetini aniqlashda qo'yidagilar hisobga olinishi kerak: 

4.Davlat  boshqaruv  faoliyatini  har  qanday  namoyon  bo'lishini  o'z  ichiga  oladigan  davlat 

boshqaruvi soxasini: 

5.Unda harakat qiluvchi ijroiya hokimyat subekti yoki o'zga ijroiya organining mavjudligini: 

6.Bu subektlar tomonidan ularga  davlat boshqaruv  faoliyatini amalga oshirish uchun  berilgan 

vakolatlarni amalda ro'yobga chiqarilishini: 

 

Ma'muriy  huquq  tomonidan  tartibga  solinadigan  boshqaruv  munosabatlari  turli-xil  bo'lib 



ularni turli asoslarga ko'ra qo'yidagi turlarga bo'linadi . 

2. Davlat boshqaruvi va uning tamoyillari. 

   


„Ma'muriy  huquq”  -  rahbarlik,  boshqaruv  ma'nosini  anglatuvchi  lotincha  „administresio 

”so'zi  bilan  bog’liq  tushuncha  bo'lib,  har  qanday  davlatning  mustaqil  tarmog’idir.  Ma'muriy 

huquqning  predmetini  davlat  boshqaruvini  tashkil  etish  va  amalga    oshirishi  jarayonida  vujudga 

keladigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisi tashkil etadi. Ma'muriy huquqning predmetini aniqlash 

uchun „boshqarish” „davlat boshqaruvi” tushunchalari ustida to'xtalish zarur. 

   


Boshqarish yagona tizim sifatida ikki asosiy element subyekt (boshqaruvchi eliment) bilan 

obyekt  (boshqaruvchi  element  )  o'rtasidagi  munosabatlarni  anglatib,bunda  subyektning  obyekt 

faoliyatini  muayyan  maqsadga  yo'naltirishga    qaratilgan  ta'siri  tushiniladi.  Davlat  boshqaruvi 

ijtimoiy  boshqarishning  bir  turi,    davlat  faoliyatining  muhim  yo'nalishi  bo'lib  qonun  chiqarish, 

sudlov  va  boshqa  faoliyatidan,  shuningdek  jamoat  birlashmalari  va  nodavlat  tuzilmalar  (mehnat 

jamoalari, tijorat tuzilmalari)ning boshqaruv faoliyatidan farq  qiladi . 



3. Davlat boshqaruvining shakllari va usullari 

   


Ma'muriy-huquqiy  fanda  boshqaruv  shakli  deganda  boshqaruv  organlari    faoliyatining 

tashqi  namoyon  bo'lish  turlari  davlat    boshqarish  organlari  tomonidan  sodir  qilinadigan  aniq  

harakatlarning amaliy ifodasi tushuniladi. 

   


Odatda  ijroiya  hokimyatni  amalga  oshirishning  huquqiy  va  noqonuniy  shakillarini  

ajratishadi. Bevosita muayyan huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi va ancha to'liq ravishda yuridik 

rasmiylashtiriladigan faoliyat huquqiy shakldagi boshqarishi faoliyati sanaladi. Bunga (1)huquqiy 

hujjatlar qabul qilish. (2)shartnomaalar tuzish. (3) yuridik ahamiyatga ega boshqa hurakatlar qilish 

misol bo'ladi. 

    


Ijroiya hokimyat faoliyatining nohuquqiy shakllari bo'lib tashkiliy va madaniy- texnikaviy 

ta'minlash  bo'yicha  harakatlar  hisoblanadi.  Ijtimoiy  hayotda  yig’ilishlar,  muxokamalar, 

tekshirishlar,  ilg’or  tajribani  yoyish,  rejalar,  dasturlar,  uslubiy  tavsiyanomalar  ishlab  chiqish, 


 

418


buxgalteriya  va  statistik  hisobni  amalga  oshirish,  namoyishlar  matbuot  konferensiyalari,  mehnat 

jamoalari, jamoat birlashmalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish kabi tashkiliy harakatlar 

kuplab uchraydi. 

      


                         4. Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy jazo. 

   


Ma'muriy  huquqbuzarlik  deganda  qonun  hujjatlariga  binoan  ma'muriy  javobgarlikka 

tortish nazarda tutilgan shaxsga fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va 

jamoat  tartibiga,  tabiiy  muhitga    tajovuz  quluvchi  g’ayri  huquqiy,  ayibli  sodir  etilgan  harakat  

yoki harakatsizlik  tushuniladi . 

   

Shaxs,  uning  qilmishida    ma'muriy  huquqbuzarlik  tarkibining  barcha  elementlari  mavjud 



bo'lgandagina,  ma'muriy  javobgarlikka  tortilishi  mumkin.  Bu  elementlar  qo'yidagilardan    iborat. 

Obyekt,  obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon. 

   

Obyekt-ma'muriy  jazo  chorasi  bilan  muxofaza  qilinadigan  munosabatlar  hisoblanadi. 



Obektiv  tomoni-  qilmishning  ma'muriy  huquq  normalarida  qayd  qilingan  tashqi  namoyon 

bo'lishini  tavsiflovchi belgilaridir. Ularning ichida eng asosiysi nojuya qilmishning o'zidir (talon- 

taroj ,savdo qilish,saqlash  bosh tortish  va  h..k). Qilmish  harakat va  harakatsizlik  ko'rinishlarida 

bo'lishlari mumkin. 

 

 

 

Mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun savollar: 

5.  Ma'muriy huquq boshqa huquq sohalaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 

6.  Davlat boshqaruvining tamoyillarini sanab o'ting? 

7.  Ma'muriy huquqbuzarlik tarkibi qanday tuzilishga ega? 

8.  Ma'muriy jazo turlari nimalardan iborat?  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

419


3-Mavzu:  FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI. 

Reja: 

5. Fuqarolik huquqining predmeti 

6. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning fuqarolik-huquqiy usullari 

7. Fuqarolik huquqining tamoyillari va funksiyasi 

8. Fuqarolik huquqining tizimi 

 

Tavsiya qilinayotgan adabiyotlar: 

13. Rahbariy adabiyotlar 

14. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh.- T.: O'zbekiston. 2008. 

15. O'zbekiston Respubliksi Fuqarolik Kodeksi. T. Rasmiy nashr. 2003. 

16.  Rahmonqulov  X.  O'zbekiston  Respublikasining  birinchi  qismiga  umumiy  tavsif  va 

sharhlar. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi. 1997.  

17.  Zokirov I. Fuqarolik huquqi. – T.: Adolat. 2006. 

18.  Shodmanov F., G’ulomov A. Fuqarolik huquqi (umumiy qoidalar). SamDU. 2003. 

19.  Kommentariy k Grajdanskomu Kodeksu Rossiyskoy Federatsii, chasti pervoy. M., 1995. 

 

1. Fuqarolik huquqining predmeti

 Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarning huquqiy shakli hisoblanadi. Fuqarolik huquqi 

deganda quyidagi muloxazalarni yuritish mumkin: 

5)  Me'yorlar tizimini o'zida mujassamlashtirgan huquq soxasi sifatida  

6)  Normativ aktlar tizimini o'zida ifoda etgan fuqarolik qonunchiligi sifatida. 

7)  Fuqarolik-huquqiy  hodisalar  haqidagi  bilimlarni    o’rganish  ga  ko'maklashuvchi    fan 

sifatida. 

8)  Fuqarolik-huquqiy  bilimlar  tug’risida  ma'lumotlar  tizimini  o'zida  jamlagan  o'quv  kursi 

sifatida. 

 Fuqarolik  huquqining  predmeti  –  huquq  sohasi  sifatida  fuqarolik  muomalasi 

ishtirokchilarining  huquqiy  holatini,  mulk  huquqi  va  boshqa  ashyoviy  huquqlarning,  intelektual 

faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi asoslarini hamda ularni amalga oshirish 

tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o'zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy 

hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. 

Fuqarolik huquqi normalari tartibga solib turiladigan munosabatlarning asosiy guruxini 

mulkiy munosabatlar tashkil qiladi. Mulkiy munosabatlar tushunchasi mulk tushunchasi bilan 

uzluksiz bog’liqdir. Mulk tushunchasi huquqda quyidagi mazmunda qullanadi. 



2. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning fuqarolik-huquqiy usullari 

Fuqarolik huquqini moxiyatdan ochib berish uchun, uning predmetini o'rganish bilan birga 

usullariga  ham e'tibor qaratish  lozim.  Chunki  fanning predmeti  “Nimani tartibga soladi?” degan 

savolga  javob  bersa,  metodi  “Qanday  tartibga  soladi?”  degan  savolga  javob  beradi.  Demak, 

tartibga  solishning  huquqiy  metodi-o'ziga  xos  usullar,  vositalar,  uslublar  tizimi  bo'lib,  bunda 

huquq  regulator  sifatida  ijtimoiy  munosabatlarga  ta'sir  etadi,  unda  qatnashuvchilarning  hulq-

atvorini belgilaydi, ularga ma'lum huquq va majburiyatlar yuklaydi.  


Download 4.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling