Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Elastiklik nazariyasi
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MEXANIKA KAFEDRASI « ELASTIK NAZARIYASI » fanidan o’quv- uslubiy M A J M U A «5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun SAMARQAND-2010 2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MEXANIKA-MATEMATIKA FAKULTETI «MEXANIKA» KAFEDRASI «TASDIQLAYMAN» SamDU o’quv ishlari prorektori _______________ A.Soleev «___»___________ 2010 y. «ELASTIKLIK NAZARIYASI» FAN DASTURI («5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishining 3-kurs talabalari uchun) Ushbu fan dasturi fakultet Ilmiy Kengashining 2010 yil 29 avgustdagi №1 majlisi bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Fakultet dekan: dots. H.Qurbonov Ushbu fan dasturi fakultet o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil 29 avgustdagi №1 majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi: dots. E.Sattorov Ushbu fan dasturi kafedraning 2010 yil 26 avgustdagi №1 majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Kafedra mudiri: prof. X.Xudoynazarov Tuzuvchilar: prof. X.Xudoynazarov ass. O’ Nishonov Samarqand 2010 3 ELASTIKLIK NAZARIYASI FAN DASTURI 1.Kirish.”Elastiklik nazariyasi”-elastiklik xususiyatiga ega bo’lgan jismlarda tashqi kuchlar ta’siri, sirtlaridagi ko’chishlar, zarrachalari temperaturasining o’zgarishi tufayli sodir bo’ladigan kuchlanish va deformasiyalanish hodisalarini o’rganadigan maxsus fandir. Mazkur fan muxandislik, geofizik va boshqa hayotiy masalalarni hal qilish kabi turli sohaga oid vazifalarni ham o’z oldiga qo’yadi. 2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. Fanni o’zlashtirishda qo’yiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi. Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: Elalastiklik nazariyasining rivojlanish bosqichlari va yonalishlari, fanning hozirgi kundagi holati, fanning kelgusida rivojanish istiqbollari,elastiklik xususiyatiga ega bo’lgan jismlarda tashqi kuchlar ta’siri, sirtlaridagi ko’chishlar, zarrachalari temperaturasining o’zgarishi tufayli sodir bo’ladigan kuchlanish va deformasiyalanish hodisalari haqida tasavvurga ega bo’lishi; Elastiklik nazariyasining asosiy tushunchalari, elastiklik nazariyasi asosiy tenglamalari,asosiy munosabatlar, elastiklik nazariyasi masalalrini yechishning analitik va sonli usullari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi; Elastiklik nazariyasi maxsus fanida sterjenlarning buralishi, efilishi, tekis masalalar va elastiklik nazariyasining sodda masalalari yechish amaliy ko’nikmalarni egallashi; Bu fanni eshitgan talabalar muhandislik, geofizik va boshqa sohalarga oid sodda masalalarni yecha olishi lozim. 3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Maxsus fan mexanika (nazariy mexanika, tutash muhitlar mexanikasi, materiallar qarshiligi) va matematematika (matematik tahlil, algebra, geometriya, differensiyal tenglamalar, matematik fizik tenglamalar) fanlari bilan bevosita bog’langan. Elastiklik nazariyasi tutash muhitlar mexanikasining bir qismi hisoblanadi, va bu maxsus fanning asosiy teoremalari va tenglamalari, shuningdek ba’zi klassik masalalari tutash muhitlar mexanikasi fanini o’zlashtirish jarayoni talabalarga yetkaziladi. 4. Fanning hajmi va mazmuni. 4.1.Fanning hajmi. № Mashg’ulot turi Ajratilgan soat 6-Semestr 1 Nazariy 14 14 2 Amaliy (laboratoriya) 16 16 3 Mustaqil ish 30 30 4 Kurs ishi (loyixalash) 5 Nazoratlar 29 29 4.2. Nazariy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat. 16 soat 4 1-maruza.(2-soat): Kirish. Elastiklik nazariyasining predmeti va tekshirish sohasi. Kuchlanishlar nazariyasi. Asosiy farazlar. Tashqi kuchlar. Kuchlanish vektori. Jism nuqtasidagi kuchlanganlik holati. Kuchlanish tenzori. Koordinata o’qlarini burganda kuchlanish tenzori komponentalarini almashtirish. Bosh kuchlanishlar. Kuchlanish tenzori invariantlari. Kuchlanishlar diviatori va sharsimon tenzori. 2-maruza.(2-soat): Kuchlanishlar sirti. Kuchlanishlar ellipsoidi. Mor doiraviy diagrammasi. Bosh urinma kuchlanishlar. Bosh kuchlanishlarni hisoblash formulalari. Ikki o’qli kuchlanganlik holati. 3-maruza.(2-soat): Deformatsiya nazariyasi. Ko’chish vektori. Jismning deformatsiyalangan holati. Deformatsiyaning chiziqlimas tenzori va kichik burilish tenzori. Deformatsiya tenori komponentalarining geometrik ma’nosi. Kichik deformatsiya tenzori. 4-maruza.(2-soat): Bir jinsli deformatsiya. Bosh deformatsiyalar. Deformatsiya tenzori invariantlari. Deformatsiyaning sharsimon tenzori va deviatori. Deformatsiya ellipsoidi. Chezaro formulasi. Deformatsiyalarning uzviylik tenglamalari. Ko’chishlarni nisbiy ko’chish tenzori komponentalari orqali aniqlash. 5-maruza.(2-soat): Kuchlanishlar va deformatsiyalar orasidagi bog’lanishlar. Deformasiyalanish termodinamikasi. Elastik potensial. Deformatsiuaning qoshimcha ishi.umumlashgan Guk qonuni. 6-maruza.(2-soat): Elastik simmetriya turlari. Bir jinsli izotrop jism uchun umumlashgan Guk qonuni. Izotrop jismning texnik o’zgarmaslari. Klapeyron, Kastilyano va Betti formulalari. 7-maruza.(2-soat): Elastiklik nazariyasining asosiy tenglamalari. Elastiklik nazariyasining asosiy masalalari. Lame tenglamalari. Lame tenglamalarini qanoatlantiruvchi ko’chish vektorini Papkovich-Neyber shaklida tasvirlash. Beltrami-Mitchell tenglamalari. 4.3. Amaliy mashg’ulotlari mazmuni. 16 soat № Amaliy mashg’ulotlari mavzusi Amaliy mashg’ulotlari maqsadi Kutiladigan natija soat 1. Kuchlanishlar nazariyasi oid masalalar. Masala yechishga ko’nikma hosil qilish Masala yechishni o’rganish 2 2. Deformatsiya nazariyaga oid masalalar. Masala yechishga ko’nikma hosil qilish Masala yechishni o’rganish 2 3. Elastiklik nazariyasi sodda masalalari. Olingan yechimlar asosida mexanik xulosalar qilish Olingan natjalar tadbiqini o’rganish 4 4. Elastiklik nazariyasining tekis masalasi. Tenglamalarni hisoblash malakalariga ega bo’lish Masala yechishga o’rganish 4 5. Elastiklik nazariyasining qutib koordinatalaridagi tekis masalasi. Hisoblash modellarini tuzish, va tenglamalarni hisoblash malakalariga ega bo’lish Masalani qo’yilishini o’ganish 2 6. Asosiy tenglamalarning silindrik va sferik koordinatalardagi Hisoblash modellarini tuzish, va tenglamalarni hisoblashga o’rgatish Hisoblash modellarini tuzish, va hisoblash natijalar olish 2 5 masalalari. JAMI: 16 5. Kurs ishi (loyixa) tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar.Kurs (loyixa) ishlarga soat ajratilmagan. 6. Mustaqil ishlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soatlar 1-Mustaqil ish(2soat): Elastiklik nazariyasining sodda masalalari. Sodda masala. Sen-Venan printsipi. Elastilik masalalarni yechish metodlari. 2-Mustaqil ish(2soat): Jismning har tomonlama tekis siqilishi 3-Mustaqil ish(2soat): Prizmatik brusning o’qi bo’ylab, o’z og’irligi ta’sirida, cho’zilishlari 4-Mustaqil ish(2soat): Prizmatik brusning o’z og’irligi va o’qi bo’ylab qo’yilgan kuch ta’sirida cho’zilishlari 5-Mustaqil ish(2soat): Elastiklik nazariyasining tekis masalasi. Tekis deformatsiya. Kuchlanishlar funktsiyasi. 6-Mustaqil ish(2soat): Tekis kuchlanganlik holat 7-Mustaqil ish(2soat): Tekis masalani ko’phalar yordamida yechish. 8-Mustaqil ish(2soat): Uchburchaksimon to’g’onlarni hisoblash. 9-Mustaqil ish(2soat): Konsol balkaning uchiga qo’yilgan kuch ta’sirida egilishi. 10-Mustaqil ish(2soat): Ikki tayanchli balkaning tekis taqsimlangan yuk ta’sirida egilshi. 11-Mustaqil ish(2soat): Elastiklik nazariyasining qutb koordinatalardagi tekis masalasi. Qutib koordinatalardagi tekis masalaning asosiy tenglamalari. Uchiga to’plangan kuch yuklangan pona. 12-Mustaqil ish(2soat): Doiraviy teshikli plastinkaning cho’zilishi (Kirch masalasi). 13-Mustaqil ish(2soat): To’plangan kuchning yarim tekislikka ta’siri (Flaman masalasi). 14-Mustaqil ish(2soat): Ichki va tashqi tekis bosimlar ta’siri ostidagi qalin devorli quvir (Lame masalasi). 15-Mustaqil ish(2soat): Elastiklik nazariyasining variatsion printsiplari. Rits- Timoshenko, Bubnov-Galiorkin usullari 7. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar. (Fanni o’qitish shakli, texnologiyasi va metodlari keltiriladi). 7.1. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik. Bu jarayonga tayyorgarlik ko’rishda faqatgina ma’ruza materiallari bilan cheklanib qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir tomondan dars hajmining kamligi sababli ma’ruza darslarida yetkazishning imkoni bo’lmagan mavzularni to’ldirishga, ikkinchi tomondan esa chuqur bilim olish va masalalarni yechish ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu o’z navbatida talabaning mustaqil bilim olishini, adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi. 7.2. Amaliy, laboratoriya, seminar va mustaqil ish mashg’ulotlarga tayyorgarlik. 6 Talabaning nazariy ma’lumotlarni va umumiy fanni o’zlashtirish darajasi uning amaliy masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va uslubiy manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. Bunda o’tilgan nazariy ma’lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan foydalanilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, talabaning fanga kiruvchi har xil bo’limlariga oid masala-larni nazariy ma’lumotlarga tayanib yechishga o’rgatiladi. Bu jarayonda quyi-dagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hammasini SI birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini kiritish; masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish; masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish. Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq: uy vazifalarini tekshirish; nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish; dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish; mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. Laboratoriya mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; laboratoriya mashg’uloti topshirig’ini bajarishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; topshiriqni bajarishning to’g’ri usuli va ketma-ketligini tanlay bilish; topshiriqni mustaqil bajarish va uni amaliyotga qo’llay bilish ko’nikmasini hosil qilish; topshiriqning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. Seminar mashg’uloti va mustaqil ish topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzuga oid qo’shimcha materiallarni axborot manbalari (kutubxona, internet tarmog’i, vaqtli matbuot va hokazo) dan topish, konspektlashtirish va ularni 7 o’rganish; mavzu yuzasidan matn bilan ishlash, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; fikrlar ketma-ketligini tanlay bilish; o’z ustida malakaviy ishlashni o’rganib borish; nutqni rivojlantirish va eslab qolish qobiliyatini kuchaytirish; o’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelib, yakuniy xulosani bayon qilish; mavzuni hayotiy voqyealar bilan bog’lash; mustaqil tahlil va xulosalar chiqara bilish; pedagogik mahoratni shakllantirib borish. 7.3. Mustaqil ish turlari: takrorlash va mashq qilish: takrorlash; tahlil qilish; qayta ishlash; mustahkamlash; chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani shakllantirish; yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: yangi mavzular; axborot manbaini izlab topish va konspektlashtirish; mustaqil fikrlar tuzish; ijodiy xarakterdagi ishlar: muammoli vaziyatlarni aniqlash; test va topshiriq tuzish; slaydlar tayyorlash; mustaqil qaror qabul qilish; yangi usullar yaratishga intilish. 7.4. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar: nazariy mashg’ulotlarda foydalanadigan vositalar (darslik; o’quv qo’l-lanma; masala va mashq to’plami; diapzaitivlar; lug’atlar; masalalar to’p-lami; magnit yozuv; video yozuv; o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va x.z.); amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan vositalar (yo’riqnoma to’plami; tabiiy o’qitish vositalari; xarakatlanuvchi modellar; o’quv plakatlari; trenajerlar; yo’riqnoma texnalogik kartalar; trasparant-lar; modellar; elektron kitoblar; maketlar va x.z.) 7.5. Referat yozish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar: Referat tayyorlashda hal etilishi nazarda tutiladigan vazifalar: o’quv predmetning dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga oid olingan nazariy bilimlarni ijodiy qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish; tanlangan kasbiy sohada mavjud mahalliy va xorijiy tajribalarni mavjud sharoitlarda ularni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatlari va muammolarni o’zlashtirish; tanlangan mavzu bo’yicha har xil manbalarni (monografiyalar, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar va shu kabilar) o’rganish qobiliyatini takomillashtirish va ularning natijalari asosida tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflar qilish; yozma ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish. Referat ustida ishlash tartibi: mavzuni tanlash; mavzu bo’yicha asosiy manbalarni o’rganish; zaruriy materiallarni konspektlashtirish; tadqiqot rejasini tuzish; yig’ilgan materiallarni tartibga solish va yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish; referatni rasmiylashtirish. Referatni rasmiylashtirish tartibi: A4 shakldagi qog’ozga 12-shrift, 1,5 interval, qog’ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o’ngdan – 1,5 sm, yuqori 8 va pastdan – 2 sm xoshiya qoldiriladi; matn sahifalariga tartib raqami beriladi, 1-titul varag’i, 2-reja, 3-betdan boshlab sahifalanadi; referat hajmi 20-25 betdan oshmasligi lozim. Referat matnini rasmiylashtirish tartibi: titul varag’i; ish rejasi; kirish; asosiy qism (kamida 3 ta banddan iborat bo’lishi lozim); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; ilova (jadval, diagramma, grafik, rasm, sxema va hokazo). 7.6. Ta’lim umumiy shakllari: jamoaviy, guruh bo’lib, yakka tartibda (frontal, zveno, individual). 7.7. Ta’lim usullari: an’anaviy usullar (og’zaki, amaliy, ko’rgazmali, kitob bilan ishlash, video va audio usullar); aniq maqsadli usullar (bilimlarni egallash; malaka va ko’nikmalarni shakllantirish; bilimlarni qo’llash; ijodiy faoliyat; mustahkamlash; bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish); idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko’ra usullar (tushuntirish – illyustrativ (axborot – reseptiv); reproduktiv; muammonli bayon qilish; qisman ijodiy (evristik); tadqiqiy); didaktik maqsadli yo’naltirilgan usullar (ilk bor bilimlarni o’zlash-tirish; egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish). 7.8. Yangi pedagogik va innovasion texnologiyalar uslublari: «Ma’ruza», «Tanishuv», «Tushunchalar tahlili», va hokazo. 7.9. Ta’lim vositalari: matnli vositalar (o’quv dastur; darslik; o’quv qo’llanma; elektron darsliklar va qo’llanmalar; uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar; tarqatma materiallar; imtihon va nazorat variantlari; testlar va hokazo); tasvirli vositalar (fotosuratlar; eskiz; chizma; sxema; ramziy tasvir; reja jadvallar; simvollar; diagrammalar; grafiklar; slaydlar va hokazo); audio-video vositalar (videofilmlar; kompakt disklar; audio va video kassetalar; tasvir va matnni yozish va saqlash; doskalar (oq doska, flipchart doska, pinbord doska); videomagnitafon; kamera; kompyuter va hokazo); modelli vositalar (asbob-uskunalar; stanoklar; yarim tayyor va tayyor mahsulotlar). 7.10. Didaktik tamoyillar tizimi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, ko’rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib o’qitish hamda unda individual yondashishni qo’shib olib borish, o’qitishning tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi xarakteri, o’qitishning kasbiy yo’naltirilganligi. 7.11. Ta’limda o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish shakllari: dars, fan, texnika to’garaklari, o’quvchilar ilmiy uyushmalari, sayohatlar. 7.12. Tarbiya usullari: ishontirish; ijobiy namuna; mashq qilish; talablar; xulqi ustidan nazorat; faoliyatning boshqa ko’rinishlariga o’tish. 9 7.13. Dars turlari: an’anaviy (yoki standart, uning tuzilishi: so’rash, tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish), zamonaviy (uning tuzilishi: didaktik (asosiy), mantiqiy - psixologik, motivlangan va uslubiy); noan’anaviy (yoki nostandart), uning turlari: o muammoli; o texnologik; 7.14. Dars ko’rinishlari: ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, labo- ratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlari, o’quv-seminar, suhbat, kinodars, kompyuter mashg’ulotlari, mashqlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspedisiya, o’quv ishlab chiqarish va pedagogik amaliyoti, kurs, loyiha va bitiruv malakaviy ishlari, talabalarning mustaqil tahsili va hokazo. 7.15. Darsning asosiy tarkibiy elementlari: tashkiliy qism; uyga berilgan yozma vazifalarni tekshirish; talabalar bilimini og’zaki tekshirish (yoki so’rash); yangi materiallarni tushuntirish; yangi materiallarni mustahkamlash; uyga vazifa berish; darsni uyushqoqlik bilan yakunlash. 7.16. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari: o’qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, darsning maqsad va vazifalari, tashkiliy ishlar, didaktik, uslubiy, metodologik, psixologik, pedagogik, o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash va yakuniy tahlillar. 7.17. Darsga kirgan o’qituvchining qo’lida bo’lishi lozim: guruh jurnali, fan o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars texnologik xaritasi, o’quv-uslubiy materiallar. 7.18. O’qituvchining darsga kirishdan oldin o’ziga qo’yadigan savoli: nega, nimani va qanday o’qitaman? 8.Taqvim mavzuiy reja. № Mav zu A jr at il g an soa t D ar s tur i F anl ar ar o v a fan ic h idagi bo g’l iql ik T a’l im m et o dl ar i T a’l im v os it al ar i F oy d al an il g an adabi yot lar r o’ yx a ti Mus taqi l is h tops hi ri ql ar i 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1. 1-M 2 Ma’ruza Nazariy mexanika,TMM,materiallar qarshiligi Ana’naviy Matnli tasvirli [1] § 1.1 – 2.9 Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling