47
T A V S I YA L A R
Yo’sinlarning morfologiya, sistematika va biologiyasi bo’yicha olingan
ma’lumotlar – ilmiy maqolalar va floraga oid asarlar hamda aniqlagichlar
yozishda, juda katta ahamiyat kasb etadi. Omonqo’ton tog’lari hududi uchun
aniqlangan turlar, kelajakda olib boriladigan floristik izlanishlar uchun muxim
manba xisoblanadi. Bundan tashqari bu turlar farmasevtika sanoati uchun
xomashyolar tayyorlashda, xalq tabobati va boshqa maqsadlarda foydalanish
mumkinligi haqida tavsiya berish o’rinli deb bilamiz.
Biologik xususiyatlari bo’yicha to’plangan ma’lumotlardan ularni
o’stirish, parvarishlash, ko’paytirish va genofondini saqlashda, foydalanish
mumkinligi haqida ham tavsiya beramiz. Olingan ilmiy va amaliy natijalar o’rta va
oliy o’quv yurtlarining yuksak o’simliklar sistematikasi bo’yicha, maxsus
kurslardan ma’ruzalar o’qishda va katta amaliyot bo’yicha o’tiladigan darslarda
qo’llanma sifatida ham foydalanish mumkin.