Alisher navoiy nomidagi samarqand


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana02.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#193783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
omonqoton toglarida tarqalgan yosinlar va ularning ekologiyasi.

 

2.2 Tadqiqot obyektlari 

Ishning bajarilishi 2011 yildan to 2013  yillarni o’z ichiga olib, Omonqo’ton 

tog’larida  yo’sinlarni turkum va turlarini laboratoriya va tabiiy sharoitlarda 

o’rganildi.  Ish materiallari Omonqo’ton tog’larining turli hududlaridan 

Olichabuloqsoy, Qumbelsoy, Ilonsoy, Ko’mayron, Yong’oqlisoy va Sevarzsoy 

hududlarini toshlar ustidan soy va ariqlar atrofidan olingan. 

Yo’sinlar turkum turlarini tabiatda o’rganish jarayonida faqat sistematikaga 

emas, morfologik, fitosenoz, ekologiya,  va boshqa sohalarga oid dalillar ham 

yig’ildi. Kerakli materiallar turli ekologik muhitda va sharoitlardan yig’ildi.  

Bizga ma’lumki yo’sinlarni hayot sikli ikkita nasldan tarkib topgan: jinsiy – 

gametofit va jinssiz –  sporofit naslda tashkil topgan. Gametofit rivojlanishi o’z 

navbatida ikkita fazadan tashkil topgan: sporani unishidan protonema va 

protonemadan hosil bo’ladigan gametoforalar. Bu fazalarning rivojlanish darajasi 

va davomiyligi turlar ichida har xil bo’ladi. Ko’pchilik turlarda protonema kuchsiz 

rivojlangan ular qisqa davomida bitta yoki bir nechta gametoforalar hosil bo’lib va 



18 

 

 



protonema nobud bo’ladi. Xullas yo’sinlar ichida gametoforalar asosiy jinsiy 

naslning ichida muhim o’rin tutadi. 

Yo’sinlar ayrim yakka  holda kam o’sadi, ularni ko’pchiligi chim, yopasiga 

qoplam ya’ni manzaralar hosil bo’lib, ular juda o’zgaruvchan, shuningdek atrof 

muhit, iqlimga ham bog’liq bo’ladi. 


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling