[WPm-WPm] qolipining to nutqiy muayyan gaplargacha bo‘linishlarini bundan boshqa o‘lchov asosida ham berish mumkin. Masalan, ikkita [WPm] ning bog‘lanish usuli va yo‘li, [WPm-WPm] umumiy qolipining turli xil ko‘rinishida tarkibiy qismlarining bog‘lanish xususiyati va ularni bog‘lovchi vositalar, qo‘shma gap tarkibiga kirayotgan har bir [WPm] da to‘liq o‘xshash, qisman o‘xshash, yaqin va zich a’zoning bo‘lish-bo‘lmasligi, birinchi [WPm] tarkibida ikkinchi [WPm]ga ishora qiluvchi vositaning bor-yo‘qligi, [WPm] tarkibida nisbiy, bir-birini taqozo qiluvchi unsurning bor-yo‘qligi kabilar shular jumlasidan.
Ega (E)ga ko‘ra [WPm-WPm] turlari. Qo‘shma gap bir umumiy egali va ikki xususiy egali qurilmaga bo‘linadi:
a) bir egali qurilmaning qurilish qolipi [E (WPm - WPm)] ko‘rinishida bo‘ladi: Men yanglishmayman, balki qanoatlanib so‘zlayman. (A.Qod.).
b) ikki egali qurilmaning qurilish qolipi [(E1 - WPm1) + (E2-WPm2)] ko‘rinishida bo‘ladi: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, Bunda qurtlar ipak to‘qiydi. (H.Olim.).
[W]ga ko‘ra [WPm-WPm] turlari: a) bir xil W li qurilmalar. WPm-WPmning bu turi bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
1a) [W] lari bir xil so‘zdan: Siz so‘zlamasangiz, men so‘zlamoqchi edim. (A.Qod.);
1b) [W] lari bir xil turkumdan: Endi ortiq turma, tinch o‘tir. (A.Qod.).
2a) har xil [W] li qurilma. Bunda [W] lar turli turkumga oid so‘z bilan ifodalanadi: 1.Yoki mening ko‘nglim hamma vaqt yosh, Yoki senga chiroy umrbod yo‘ldosh. (M. Bob.) 2. Yana nima balo ismlari bor, tilim ham kelishmaydi. (Oyb.)
Do'stlaringiz bilan baham: |