Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari:
Amaliy mashg ‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati 1.Mutaxassislikka kirish fani, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati. Tilning mohiyati. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tilshunoslik fan sifatida. Tilshunoslikning o‘rganish obyekti, muammolari, boshqa fanlar bilan aloqasi, uning mohiyati va materiali yuzasidan suhbat. 2.Til – insoniyatning eng muhim aloqa vositasi. Fikr almashinuvi (kommunikatsiya) va uning asosiy vositalari. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanish qonuniyatlari. Til va jamiyat masalalarini o‘rganish. 3.Tilning paydo bo‘lishi. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanish qonuniyatlari. Substrat va superstat hodisalari. 4.Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan munosabati. Til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari. Til strukturasi va sistemasi. Til - sistemalar sistemasi sifatida. 5. Fonetika va fonologiya. Tovush hosil qiluvchi organlarni aniqlash. Nutq tovushlarini o‘rganish. Unli tovushlar tasnifi aks etgan jadvallar tuzish. Undosh tovushlar tasnifi aks etgan jadvallar tuzish. Nutqning fonetik bo‘laklarini matn asosida belgilash. Fonetik o‘zgarishlar: akkomodatsiya, assimilatsiya, metateza va boshqa fonetik hodisalarga matndan misol topish. 6. Leksikologiya va frazeologiya. Matndan ko‘p ma’noli va bir ma’noli so‘zlarni aniqlash. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So‘z - til birligi, so‘z forma - nutq birligi sifatida. So‘z va leksema kabilar yuzasidan fikr bildirish, mashqlar bajarish 7.Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari. Leksemalar o‘rtasidagi semantik munosabatlar. To‘g‘ri ma’no va ko‘chma ma’no, differensial ma’no va integral ma’nolarni aniqlash. So‘zning ma’no ko‘chish yo‘llari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksional ko‘chishga matndan misollar topish. Sinonimiya va antonimiyaga matndan misollar topish. 8.Leksemalar o‘rtasidagi shakl munosabatlari. Omonimiya, paronimiya. Omonim va paronimlarni matndan aniqlash. 9.Tilning lug‘at tarkibi. Jargon va argolar. Istorizm, arxaizm, neologizm Tabu, evfemizim, jargon va argolar ishtirokida gaplar tuzish. Matndan frazeologik iboralarni aniqlash. Istorizm, arxaizm, neologizm ishtirok etgan gaplar tuzish yoki ularni matndan aniqlash. Lug‘atlar ustida ishlash. 10.Grammatika. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni matndan aniqlash. O‘zbek va boshqa o‘rganilayotgan tillarni grammatik ma’noning ifodalanishi nuqtai nazardan taqqoslash. So‘z tarkibini tekshirish va morfemalarni aniqlash. Grammatik kategoriyalarni turli tillarda ifodalanishi bo‘yicha mashqlar bajarish. Matndan turli so‘z birikmalariga misollar aniqlash. Matn asosida gapning aktual bo‘linishi bo‘yicha mashqlar ishlash. Matndan so‘z birikmalari aniqlash. Ularning tarkibini o‘rganish. Matndagi sintaktik bog‘lanish vositalarni aniqlash. Matn turlari bo‘yicha mashqlar ishlash. 15 11.Til va yozuv. Yozuvning paydo bo‘lishi. Yozuv tarixining piktografik, ideografik, fonografik bosqichlari. Yozuv qurollari va materiallari. Alfavit. Hozirgi o‘zbek alfaviti va lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi. Orfografiya va uning prinsiplari. Matndan turli prinsiplar asosida yozilgan so‘zlarni aniqlash. 12. Jahon tillari xaritasi bilan tanishish. Jahon tillari xaritasidan turkiy tillar oilasiga mansub tillarda so‘zlovchi mamlakat va shaharlarni aniqlash. Jahon tillari xaritasidan Hind-yevropa oilasiga mansub tillarning joylashishini aniqlash. 13. Lingvistika turlari. Lingvistik metodlar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lish. 14. Metod. Metodologiya. Diaxron tadqiqot metodlari. Sinxron tadqiqot metodlari. Lingvistik metodlar haqida boshlang ‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lish. Ilmiy tadqiqot mavzusini va yo‘nalishini tanlash. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling