qipchoq tarmog‘i, o‘g‘uz tarmog‘i, qarluq tarmog‘i singari til tarmoqlarini o‘z
ichiga oladi. Turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridan hech qanday yozma
yodgorliklar saqlanib qolmagan, lekin qadimgi turk tili davriga oid bir qator yozma
manbalarga egamiz. Ular turkiy run yoki urxun-enasoy, uyg‘ur va qisman moniy,
sug‘d yozuvlarida bitilgan manbalardir. Bu davrga doir obidalar tili hozirgi barcha
turkiy tillar uchun umumiydir.
Mahmud Koshg‘ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning
bir necha guruhlarini tasniflab, ular o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni
aniqlagan holda “qiyosiy-tarixiy tilshunoslik” deb nomlanuvchi yo‘nalishga asos
soldi.
Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy
tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan til sanaladi va shuning
uchun bu davr tili ko‘pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy til deb
yuritaladi.
«Devonu lug‘otit-turk»dagi ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha davrda
bajanak, qipchoq, o‘g‘uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi,
yag‘mo, ig‘rak, uyg‘ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil
qilgan. Ulardan «eng yengili –o‘g‘uz, eng to‘g‘risi, yaxshisi –yag‘mo, tuxsi, eng
ochiq, ravon til –xoqoniy o‘lkasida yashovchilarning tili» ekanligi ta’kidlangan.
Savol va topshiriqlar
1.Tillarni tasniflash mezonlari haqida bilganlaringizni ayting.
2.Tillarning morfologik tasnifini yoriting.
3. Nostratik nazariyaning mohiyatini tushuntiring.
4. Tillarning geneologik tasnifi haqida ma’lumot bering.
5.Til oilalari haqida ma’lumot bering.
6. Qardosh tillarning xususiyatlarini ayting.
7. Qardosh tillarning farqli jihatlarini misollar orqali tushuntiring.
8.Turkiy tillar oilasiga xos morfologik xususiyatlar haqida fikrlaringizni bayon
eting.
9.Turkiy til oilasiga kiruvchi tillar haqida ma’lumot bering.
10.Hozirda mavjud til oilalari haqidagi fikrlaringizni misollar bilan tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |