Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Uyadosh sozlar. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar 
uyadosh so`zlar deyiladi. Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy 
uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va 
nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. 
So‘z etimologiyasi. Dehqon so‘zi yer ochib, ekin o‘stiruvchi qishloq 
odamlarini anglatadi. Lekin uning uzoq tarixi bor, o‘zi tojikcha so‘z bo`lib, deh - 
qishloq, qoon yoki xon - hokim degani. Qadimda mayda yer egalarini dehqon 
deyishgan. Keyinchalik bu so‘z ekadigan-tikadigan odam ma’nosida qo‘llana 
boshladi. Arabcha vatan so‘zi tug‘ilgan joy ma’nosini bildirgan. Endi uning 
mazmun doirasi katta bir mamlakat darajasiga yetdi. Basir so‘zi ko‘rish va bilish 
tushunchalarini ifodalagan. Endilikda - kor (ko‘rmaslik) ma’nosida qo‘llanadi. 
Ziyo - nur, agar zim-ziyo desak, qorong‘i degani bo‘ladi. 
Kalit so`zlar glossariysi 
Metafora - (grekcha «ko‘chirish»)- bir predmet nomining boshqa predmet 
nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir.
Metonimiya - grekcha «qayta nomlash» demakdir. Narsa va hodisalar 
o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida biri nomining 
ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya hisoblanadi. Metonimiya - «aloqadorlik» 
asosidagi ma’no ko‘chishidir.


120 
Sinekdoxa - grekcha «birgalikda angash» so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak 
orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi. Sinekdoxa
butunning nomi bilan qismini, qismning nomi bilan butunni atash.  
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. Narsa va 
hodisalar o`rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining 
ifodalanishi vazifadoshlik asosidagi ma’no ko‘chishi deyiladi. 
Kinoya - qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar «gapi», «so‘zi». 
Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z teskari 
ma’noda tushuniladi. 
Tag ma’no - ifodalangan gapning ko‘chma - tag ma`nosi ham bo‘ladi. 
So‘zning har bir ko‘chma ma’nosi qo‘shimcha uslubiy (modal) ma’no ifodalaydi. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling