Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili ta’limi fakulteti


Download 175.5 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1270886
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
guljamol stilistik

Xulosa.........................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati..........................................................................


Kirish
Frazeologiyaning paradigmatik koʻrinishlari barcha tillarga xos boʻlgan universal xarakterga ega. Misol uchun, turli tizimli tillarga xos boʻlgan ingliz, rus va oʻzbek tillarida “oʻlmoq” leksik ma’nosini ifodalovchi qator frazeologik 1iboralarning bir-biri bilan sinonimik munosabatda boʻlgan holda mavjudligini ko‘rish mumkin:

  • Oʻzbek tilida: olamdan oʻtmoq,qazo qilmoq,oʻlmoq,bandalikni bajo keltirmoq

  • Ingliz tilida: passed away,to be at peace ,to die,kick the bucket,depart this life

  • Rus tilida:уйти в иной мир,закрыть глаза,умереть,отдать богу душу

Tillardagi frazeologizmlarning bir-birlari bilan antonimik munosabatga kirishishi ham ularning universal xususiyatlaridan hisoblanadi. Oʻzbek tilida: oq koʻngil – qora koʻngil , dunyoga kelmoq – olamdan oʻtmoq yerga urmoq – koʻkka koʻtarmoq,istarasi issiq – istarasi sovuq,Ingliz tilida: loosen one`s purse strings – tighten one`s purse strings (hamyon iplarini boʻshatish – hamyon iplarini mahkamlash)

  • to earn an honest penny ̶ to live by one`s wits

  • (halol pul topmoq – kimningdir aqliga yashamoq)

  • old bird ̶ spring chicken

  • (qari qush – bahorgi joʻja)

  • good faith - bad faith

  • (yaxshi niyat – yomon niyat)

Rus tilida: работать не покладая рук - работать спустя рукава

  • красная суббота – чёрная суббота

  • красив как бог – страшна как смертный грех



1.1.Nutq uslublari va ularning turlari.
O‘zbek tilshunosligida uslubiyatning fan sifatida shakllanishi asosan 1950-yillardan so‘ng boshlangan bo‘lsa ham, uning kurtaklari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Masalan, yuqorida qayd etganimizdek, «Qutadg‘u bilig», «Hibbat-ul-haqoyiq», «Devonu lug‘otit turk» kabi yodnomalarda tilga e'tibor, so‘z tejash, mantiqiy va qisqa gapirishga da'vat etish motivlari borki, bular mazmuni jihatidan uslubiy mohiyat kasb etadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlari, ayniqsa, uning «Muhokamatul lug‘otayn», «Xazoyinul-maoniy» kabi risolalari fikr ifodalashda, so‘z tanlash va uni o‘z o‘rnida ishlatish, so‘zga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga undaydiki, buni uslubiy ta'limot demay bo‘lmaydi.
O‘zbek tili uslubiyati fani2 bevosita rus tili stilistikasi ta'sirida, uning qolip va modellari zaminida vujudga keldi va rivojlana boshladi, desak xato bo‘lmas.Jahon tilshunosligida, shu jumladan rus tilshunosligida ham stilistika tilning mohiyati va vazifalarini chuqur tahlil qilish natijasi o‘laroq fan sifatida ajralib chiqdi va rivojlanish yo‘liga kirib oldi. V.Gumboldt, I.A. Boduen de Kurtene, F. Sossyur, G.O. Vinokur, A.P. Yakubinskiy, Ya. Gort, V.V. Vinogradov, N.Yu. Shvedova kabilar nutqni o‘rganishga katta e'tibor berdilar. Va nihoyat, lingvistik stilistika shakllandi. Nutq hodisalari chuqur o‘rganila borgan sayin ilmiy tadqiqot obyektiga aylana boshladi.Nutq, nutq jarayoni va uni qabul qilish kabi hodisalarni psixologiya, fiziologiya kabi fanlar ham o‘rganadi.
Lekin tilshunoslik tilning faoliyat shakllari, bularning kommunikativ, emotsional va tarbiyaviy-ta'limiy tomonlari yuzasidan bahs yuritadi. Tilning bu xususiyatini chuqur o‘rgangan rus olimlari rus tili stilistikasi bo‘yicha talaygina asarlar yaratdilar.O‘zbek tilshunosligida ham uslubiyatga oid ilmiy ishlar yaratildi, maqolalar yozildi. 1980-yillarga kelib, vazifaviy uslublar bo‘yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi hamda qilinmoqda.
Masalan, R.Qo‘ng‘urov, I.Qo‘chqortoyev, B. O‘rinboyev, M. Mukarramov, E. Qilichev, A.Shomaqsudov va boshqalarning ilmiy maqolalari, monografiya va risolalari o‘zbek tili uslubiyatining fan sifatida shakllanishiga hissa bo‘lib qo‘shildi.
Rus tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida3 ham uslubiyatning predmeti, tekshirish obyekti bir tomonlama ko‘rsatiladi. Deyarii, barcha manbalarda ekspressiv bo‘yoq kasb etgan til hodisalarigina uslubiy obyekt sifatida talqin etiladi. Bunday talqin uslubiyatning mazmun va imkoniyatlanni ancha toraytirib qo‘ydi. Shuni e'tirof etish kerakki, tilda uslubiy mohiyat kasb etmaydigan hech narsa yo‘q.
Demak, uslubiyat tushunchasi «til», «nutq», «ekspressiya» tushunchalariga nisbatan juda keng, hatto cheksizchegarasizdir. Biroq uslubiy tahlil jarayonida tilning umumlashtirish xususiyatlarini hisobga olib, fonetika, leksika, morfemika, morfologiya va sintaksislarda alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisalar chetlab o‘tiladi, punktuatsiya esa deyarli tilga olinmaydi. Uslubiyat, eng avvalo, normativ grammatika bilan chambarchas bog‘langan.
Normativ grammatika qonun-qoidalariga to‘la amal qilish yoki uni buzish ham uslubiyat o‘rganadigan sohadir. Egalik, kelishik, zamon, mayl va boshqa qo‘shimchalarni o‘rinsiz yoki almashtirib ishlatish, olmoshdan foydalanmay, ot, sifat yoki sonni takrorlash kabilar ham uslubiy obyekt, uslubiy xulosalar manbaidir. Buni shartli ravishda «oddiy» yoki «normativ» uslubiynt deb ataymiz. «Normativ» («oddiy») uslubiyat ekspressiya bilan bog‘liq bo‘lmagan, tamomila neytral bo‘lgan tilnutq hodisalarini o‘rganadi.
Masalan,...Muhammadjonni peshonasidan o‘pdi. (A.Q .) - Muhammadjonning peshonasidan o‘pdi. O‘quvchilarga ajratildi. - O‘quvchilar uchun ajratildi kabi gaplarda qo‘llangan shakllarning qaysi biri qanday holatda ishlatilishi aniqlanadi.
Bundan tashqari, arxaizm, istorizm, dialektizm, kasb-hunarga oid leksik qatlam so‘zlari, fanga oid terminlarning ishlatilishi ham ekspressivlik hosil qiimaydi.
Demak, ular ma'lum bir nutq uslubiga xoslanganligi bilan ajralib turadi, xolos. Shu sababli bular ham «normativ» («oddiy») uslubiyatning tekshirish obyektidir.
Og‘zaki va badiiy publitsistik 4uslubda tashqi olam voqea-hodisalarini atayin bo‘rttirib, kuchavtirib ko‘rsatish, shu yo‘l bilan tinglovchi (o‘quvchiga, uning ruhiy holati, ong-tushunchasiga biror yo‘sinda ta'sir etish maqsadlarida tovush, so‘z, birikma va gap tanlash ham borki, buni biz ekspressiv uslubiyat deb ataymiz. Ekspressiv uslubiyat vositalari obraz yaratishda, voqelikni obrazli tasvirlashda, kishida salbiy yoki ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otishda muhim rol o‘ynaydi. Biz yuqorida uslubiyat obyekti bo‘lmaydigan hech qanday til va nutq hodisasi yo‘qligini aytib o‘tdik.
Tilshunoslikning har bir bo‘limi u yoki bu darajada, yo normativ, yo ekspressiv uslubiyatning obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, unli va undoshlarning ishlatilishi, talaffuzi, urg‘u, pauza, takt va boshqalar normativ uslubiyat obyekti bo‘lsa; unlini cho‘zish, undoshni ikkilantirish, maxsus urg‘u berish, maxsus pauza, takt o‘rnini almashtirish, unliga, ba'zan undoshga maxsus rang berish (fonologik sintagmatika) kabilar ekspressiv uslubiyat obyektidir. Morfemikada so‘z o‘zgartuvchi affikslar normativ, shakl yasovchilar ekspressiv uslubiyat obyektidir.
So‘z yasalishida rus tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida ham uslubiy mohiyat bor deb qaraladi. Biroq uslubiyat so‘zni o‘zak+yasovchi (o‘zak+o‘zak)ga ajratib tekshirmaydi.

Demak, so‘z yasalishi uslubiyat obyekti bo‘la olmaydi. Lekin, toshbag‘ir, otashqalb kabi (murakkab so‘z) ko‘chma ma'noli yasalishlar bir butun holda ekspressiv uslubiyat obyekti bo‘lishi ham mumkin. So‘z turkumlaridan foydalanish ham normativ uslubiyat obyektidir. So‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchilardan foydalanish ham morfologik vositalar tushunchasiga kiradi. So‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchilarning vazifaviy almashinuvi ma'lum uslubiy maqsadlarga xizmat qildiriladi: nondan yeng deyish bilan butundan qism va hurmat; ovqatga qarab o‘tirilsin deyish bilan hurmat;qani, ketdik deyish bilan da'vat kabi ma'nolar ifoda etiladi. Til sintaktik5 vositalarining imkoniyati va ekspressiv-emotsional xususiyatlari beqiyosdir.


Sintaktik kategoriyalar normative uslubiyatning ham, ekspressiv uslubiyatning ham obyektidir. Biz keldik gapi tinch ohang bilan aytilganda oddiy uslubiyat obyekti, alohida kuchli ohang bilan aytilganda, axborot tushunchasiga quvonish tushunchasi qo‘shiladi va ekspressivlik hosil qiladi. Tinish belgilari ham uslubiy vositadir. Ularning aksariyati bevosita emas, balki gap, gaplar semantikasi orqali uslubiy vazifa bajaradi. Qo‘shtirnoq, qavs ichida berilgan so‘roq va undov belgilari, ko‘p nuqta kabilar gap mazmuniga biror jilo (ekspressiya) qo‘shishi bilan ajralib turadi. Xullas, uslubiyat nutqning barcha faoliyatini tekshiradi va o‘z xulosalarini bayon etadi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, fonеtik, lug‘aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy til uslubi dеyiladi. O‘zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So‘zlashuv uslubi: -Kеng qo‘llanadigan uslublardan biri so‘zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko‘pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning gapidan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol! So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi.
Adabiy til6 me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – gaplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi.
Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh)ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi. Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi.
Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub: -Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog‘ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo‘ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma'nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub: -Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.
Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma'nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub: -Tashviqot-targ‘ibot ishlarni olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Nutq ta'sirchan bo‘lishi uchun ta'sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat



Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling