Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
uning qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan tanishasiz, ularni aql
kuchi bilan qabul qilasiz, xotiringizda qayd etasiz. Ammo bu bilim va xulosalar hissiyotingizga zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi. Badiiy asarni o‘qiganda sizdagi bu «loqaydlik» faol munosa- batga almashinadi. Qalbingiz cheksiz shodliklarga chulg‘anadi – ruhlanasiz, g‘azablanasiz, iztirob chekasiz. Chunki u qalb dardi tufayli yaratgan, dard esa suhbatdoshni befarq qoldirmaydi.» 152 «Ilmiy asarlar g‘aflat va jaholatdan qutqarsa, badiiy asar- lar dag‘alllik va razolatdan xolos etadi. Unisi ham, bunisi ham kishilar ning ma’rifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-baravar foydali va zarurdir» 153 . «Badiiy asarni o‘qish o‘zicha hali hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi, nimani o‘qish va o‘qiganni qanday tushunishdir. De- 151 Шейман Л. А. Стимулированные самостоятельного чтения школьников. – Фрунзе: «Мектеп», 1987. С. 79 152 Matjon Safo. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T.: O‘qituvchi, 1993. 11-bet. 153 Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. (O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma). – T.: «O‘qituvchi», 1996. 37-bet. 345 mak, kitobxonlik – o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, bal- ki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir» 154 , – deydi metodist S. Matjonov. Insonning ma’naviy to‘kislik sari intilishi – tabiiy jarayon. Shu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqarolari erkinligini ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy to‘kisligiga erishish har qan day mamlakatning kuchli bo‘lishi garovidir. Shu ma’noda, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimida ham pedagogik tafak- kur sharoiti yangilandi, o‘z qarashiga ega bo‘lgan, e’tiqodi sog‘lom fuqaroni shakl lantirish yo‘lida ish olib borilmoqda. Ya’ni inson ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahami- yat kasb eta boshladi. O‘quv-tarbiya amaliyotida ham, garchi juda sekin bo‘lsa-da, o‘zgarishlar sodir bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, maz- muni insonparvarlashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi abituriyent yoki bo‘lajak mutaxassis tayyorlashdan barkamol shaxs shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli odamni tarbiyalashday keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan ta’lim obyektidan o‘qitish va tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita faol ishtirok etadigan subyekt darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tarbiyalanuvchi xuddi o‘qituvchi singari dars jarayonining ijrochisiga aylanib bormoqda. Ma’lumki, ma’naviy barkamollik insonda qaror topgan ijti- moiy tafakkurga tayanadi. Har bir insonning ijtimoiylashuvi, jami- yatga aralashuvi, birinchi navbatda, oila bag‘rida, uyda yuz beradi. Bu jarayonning badiiy asarlar ko‘magida olib borilishi juda ko‘p va xo‘p samara beradi. Chunki badiiy asar kishining tafakkuri bilan birga sezimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkur yordamida bilib olingan tushuncha va haqiqatlar tuyg‘ular yordamida shaxsning ta- biatiga singdirilib, e’tiqodga evrilishi mumkin. Shuning uchun ham har bir shaxsning ijtimoiylashuvida badiiy adabiyot hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xalqning fikrini uyg‘otish, ko‘zini ochish, atrof olam, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishdan tashqari, ommani faoliyatga undash, harakatga da’vat etish kabi ijtimoiy-siyosiy funksiyalar ning barcha sini adabiyot amalga oshirishi mumkin. Hamma zamonlarda 154 Safo Matjon. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T.: O‘qituvchi, 1993. 26-bet. 346 347 ham badiiy asarda ijtimoiy munosabatlar, turmush muammolari, ro‘zg‘oriy yumushlar ham aks ettiriladi. Negaki, odam ijtimoiy mohiyatga ega va ijtimoiylashgandagina o‘zini namoyon eta oladi- gan yaratiq sifatida shunday munosabatlar qurshovida bo‘lishga, binobarin, adabiyot ham insonni shunday muammo-munosabatlar og‘ushida tasvirlashga mahkum. Har qanday katta-kichik hayotiy muammoga inson ko‘ngil holatini anglatish, uning ruhiyati tovlan- ishlarini tasvirlash vositasi sifatida qaralsa, adabiyotning asl tabiatini anglash mumkin bo‘ladi. Keyingi paytlarda ziyolilar orasida «yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi» degan fikr hukumronlik qilib qoldi. Buning o‘ziga yarasha asoslari ham bor, albatta. Ya’ni bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish asnosida nafaqat mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotida, balki fuqarolar ma’naviyatida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mustaqil ong, yangicha tafakkur tizimi shakllanib ulgurmay jamiyat ahli ruhiyatida ma’lum bo‘shliq yuzaga kelib qoldi. Qolaversa, mamlakatda imloning o‘zgarishi ham bu jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sabab millat ma’naviy taraqqi yotida kamida o‘n yillarga kechikish sodir bo‘ldi. Yana shuni ham tan olish kerakki, kechagi jamiyatda ham hamma kitob o‘qiyvermagan. O‘qiydigan oilalarda, garchi ular kam bo‘lsa- da, hamisha o‘qilgan, o‘qilyapti, o‘qiladi. Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga qiziqtirish, badiiy so‘zni tu- yish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota- onalar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, hatto millat ziyolilari yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolish va uni yana-da rivojlantirish yo‘lida qayg‘urmoqda. Badiiy asar qog‘oz-kitob ko‘rinishida bo‘ladimi, elektron shakl da o‘qiladimi, bundan qat’i nazar uning beradigan ma’naviy ozuqasi o‘zgarmaydi. Ayonki, kichik yoshdagi har qanday bolaning ruhiyati da ertak eshitishga moyillik bor. Sog‘lom fikrli ota-onaning bolasi kelajagi uchun qayg‘urib Eynshteynning: «Bolangiz yaxshi odam bo‘lishini istasangiz kitob o‘qib bering. Bolangiz yana-da yaxshiroq odam bo‘lishini istasangiz, yana-da ko‘proq kitob o‘qib bering», – degan maslahatiga amal qilgan holda har kuni uxlash- dan oldin unga ertak o‘qib berishi bolada kitobga muhabbat hissini uyg‘otishdagi dastlabki qadami bo‘ladi. 347 Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitob- dan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish esa oilada ota-onaning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning burchidir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling