Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka qarab «kam tug‘» deydi...»
iborasiga diqqat qaratsalar, o‘sha davr hukumatining odamlar tur- mush tarzini ko‘tarish, hayotini yaxshilash o‘rniga muhim deb bilgan narsalarga, odam atalmish hilqat qadr-qimmatining paxta, hatto qo‘ydan ham past baholanganiga, juda tasavvur qilolmasa- lar ham, aqllari yetadi va hk. Bundan tashqari, Olimjonning Alo- matning halokati munosabati bilan aytilgan quyidagi iztirobli e’tirofiga ham o‘quvchilarning diqqati qaratiladi: «Ekspluatatsiya! Ertalabdan kechgacha tindirmadingiz-a! Bir minut dam olgani yo‘q, bechora! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim nari- dan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb to‘ymaydigan ochofat mollarin- giz bor: ertalabdan kechgacha o‘t ber, suv ber, yem ber! Xamir qo- radi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi, o‘zi! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib, paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib boradi! Shunaqayam qiynaydimi, Qo‘chqor aka?! Bu do‘zax azob- lariga qanday dosh bersin, qanday chidasin?! (Mehr bilan.) Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, «qiynalib ketdim» deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlataveradimi axir! «Paq» etib joni chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘q, yuragi tosh odamsiz, Qo‘chqor aka!»dan ular qishloq ayolining turmush tarzini ma’lum darajada tasavvur qiladilar. Muallif ko‘targan masalaning mohi- yatiga kiradilar. Ayniqsa, qishloq bolalari kundalik hayotida ko‘rib yurgani va shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilgani bu ishlarning yukini ma’lum darajada his etadilar. Oddiygina qilib aytilgan «Jiddiy gap» zamirida qancha yuk borligi ma’lum bo‘lgandan keyin tahlil yo‘sini xatti-harakati va gap-so‘zlaridan o‘ta sodda, topqir, gapga chechan, hazil kash, maqtanchoq va boshqa jihatlari bilan qishloq ahlining vakili si- 250 251 fatida tasvirlangan Qo‘chqor timsoliga qaratiladi. Qo‘chqorning nima uchun ichib kelgani o‘quvchilarga asar matni bilan tanishish asnosida ma’lum darajada ayon bo‘lgan. Dastlab birgalikda mana shu holat muhokamaga tortilgani tuzuk. Spirtli ichimlik ichib mast bo‘lish Qo‘chqorga nima beradi? Qo‘chqorning o‘z hayotidan noroziligini qaysi sahnalarda ko‘rish mumkin? Bu kabi savollar har qanday o‘qirmanni matn mohiyatiga qayta-qayta murojaat qilishga undaydi. Ko‘rinadiki, Qo‘chqor ertayu kech tinim bilmay ishlay- di, lekin biri ikki bo‘lmaydi. Chunki u eng kam haq to‘lanadigan ishchi kuchi. Qancha ishlagani bilan qo‘li pul ko‘rmaydi. Erkak kishi bo‘la turib oilasining, hech bo‘lmasa, moddiy ehtiyojlarini qondirolmaydi, o‘zining otalik, erkaklik burchlarini bajarolmaydi. Sirtdan qaraganda bularga e’tibor bermagandek ko‘ringani bilan ruhan iztirobda yashaydi, shuning alamidan bir oz bo‘lsada qutu- lish uchun ichadi. Bu unga hech qanday yordam berolmaydi, faqat bir-ikki soatga shu iztoroblarini unutadi, ozgina chalg‘iydi, xolos. Aslida, uning boshqa yo‘li ham yo‘q, qo‘lidan hech narsa kelmay- di. U shunday yashashga mahkum bo‘lgan shaxs timsoli. O‘quvchilar Qo‘chqorning nutqi va so‘zlash tarzi asosida uning ichki dunyosini ochishga urinib ko‘rganlari ma’qul. Uning nutqidan ma’lum darajada yumorga moyilligini, anchagina bilimsizligini, ayni zamonda, o‘zining darajasida nimalardandir xabardorligini va nelarnidir bilishga ozgina moyilligi borligini ham payqash mumkin. Uning Olimjonga o‘z uyidan joy bergani mana shu bilishga bo‘lgan ehtiyojining o‘ziga yarasha bir ko‘rinishi. Bo‘lmasa, jo‘jabirday jon, bolalarining qornini zo‘rg‘a to‘ydirib, ustini baholi qudrat butlab yashayapti. Lekin bag‘rikeng. Qo‘chqor «ko‘p o‘qishi» bilan maqtanganda, erining ahvolini juda yaxshi bilgani holda ayolining nega rostini aytmay so‘z o‘yini qilganlari lavhasiga o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. O‘zbek ayoli, eri qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uni «pir» deb bilishi, o‘zi qanchalar og‘ir mehnat ostida ezilganiga qaramay erini ayashi, unga achinishi o‘ta samimiy aks ettirilgan. Mazkur vaziyatlarda o‘quvchilar o‘z onalari timsolini ko‘radilar. Olimjon bilan suhbatda Qo‘chqorning: «Bir qarasang, Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling