Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
qo‘ylarga qarab «ko‘p tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka
qarab «kam tug‘» deydi...», – degan gapi zamiridagi tagma’noga o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. Bu gap, asli, yuqoridagi «jid- 251 diylik»ning bir ko‘rinishi sifatida keltirilgan. Endi uning mo- hiyatiga kiriladi. Nega qo‘y bilan o‘zbek timsollari yonma-yon keltirilayotganligini tushuntirishga uriniladi. Gap shundaki, so- vetlar zamonida mamlakatimiz paxta, ipak, qorako‘l va hk. qimmatbaho xom ashyolarni yetishtirib beradigan respublika deb qaralgan. Bu mahsulotlar uchun juda-juda kam haq to‘langan. Shuning uchun na dehqonning, na chorvadorning, na pillakorning kosasi oqarmagan. Lekin hech kim xuddi Qo‘chqorga o‘xshab hech qachon hayotidan nolimagan, boriga shukur qilib yashayvergan. Chunki, xalq qishlog‘idan chiqmasa, boshqalar qanday yashayot- ganini bilmasa, atrofidagi hamqishloqlarining bir-biridan deyarli farqi bo‘lmasa odamzodning nima deb e’tiroz bildirishga ham aqli yetmaydi-da. Shunday bo‘lgach qo‘ydan farqi bo‘ladimi, odam- ning. Masalan, hozir Afrikada yoki Junglida yashayotgan odamlar ham xuddi shunday… Olimjonning robotni maqtab: «U faqat ishlaydi! Ishlayveradi, ishlayveradi, ishlayveradi!» degani bilan Qo‘chqorning: «Biz ham ishlayveramiz...», degani zamiridagi haqiqatni anglashga urinib ko‘ring» topshirig‘i berilganda o‘quvchilar o‘ylashi mumkin: to‘g‘ri, hamma jamiyatda, hamma zamonda, hamma odam ham ishlaydi. Odam mehnat qilmasa, turmush tarzi yaxshilanmaydi. Hayotda mehnat qilmay hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Barcha muvaffaqiyatlarning garovi halol mehnatdir. Lekin gap shundaki, robotning ishlayverishi bilan odamning ishlayverishi orasida farq bor. Odam Allohning eng aziz yaratig‘i sifatida mehnatiga yara- sha yashashi, madaniy dam olishi, o‘qib o‘rganishi, dunyo ko‘rishi kerak. Farzandlar tarbiyalashi kerak. Buning uchun unga bilim, keng dunyoqarash, baland saviya kerak bo‘ladi. Ma’naviy kamo- lot sari intilish ehtiyoji bo‘lmog‘i muhimdir. U jamiyatni tebrata- digan kuch. Mehnat insonni ezishi mumkin emas. Yana muhim bir jihat shundaki, odam mehnatidan zavq ola bilishi zarur. Shunday asoslarga qurilgan mehnatgina odamni mukammallashtiradi. Aks holdagi mehnat odamni qullikka mahkum etadi. O‘quvchilarning tafakkur yo‘nalishi mana shularga qaratilsa, ta’lim jarayonidan ku- tilgan samaraga erishish mumkin. Qo‘chqor tilidan aytilgan: «… Doim shu, bizga o‘xshagan odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir chiqadi...» tarzidagi noroziligi qanday ijtimoiy ma’noga ega deb 252 253 bilasiz?» tarzidagi savol ustida o‘ylash bilan o‘quvchilar drama- turg nimalarni nazarda tutgani haqida izlanadilar. Mazkur asarda sovetlar zamonidagi oddiy mehnatkash xalqning holati aks et- tirilgan va Qo‘chqorning gapida jon bor. Jamiyatning eng quyi pog‘onasi bo‘lgan paxtakor yoki chorvador xalqning turmush tarzi, xohish-intilishlari bilan hech kim qiziqmagan. Ularga xom ashyo yetkazib beradigan ishchi kuchi deb qaralgan xolos. Dramaturg Qo‘chqorning tilidan mana shu haqiqatni anglatishga harakat qil- gan. O‘quvchilar komediyadagi Alomat obraziga o‘z munosabat- larini bildirsinlar. Dramaturg qishloqdagi haqiqiy holatni, qishloq ayollarining turmush tarzini aks ettirishda «temir xotin» obra- zidan qanday foydalangani haqida mulohaza yuritsinlar. Shu as- noda Alomat bilan Qumri o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarga o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. Qo‘chqorning: «Qumri bilan desangiz, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimizda», degan gap lari bu holni izohlashga asos bo‘ladi. Inson insonni, ayniqsa o‘n olti yil birga yashagan yostiqdoshini tuyishi tabiiy hol. Chunki qan- day yashashidan qat’i nazar, insonda ko‘ngil bor, mehr, muhabbat singari tuyg‘ulari bor. Ularni bir-birlari bilan bog‘lab turadigan bir olam ismli-ismsiz hislar bor. Qo‘chqorning Alomat bilan «chiqi- shib» ketolmayotganining boisi ham shundandir. O‘quvchilar o‘ylab ko‘rishsin, o‘z haqiqatlarini o‘rtoqlashishsin. Qo‘chqorning: «Qumrining qo‘llari qadoq bosib, yorilib Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling