Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING UMUMNAZARIY MASALALARI Reja: 1.
Savol va topshiriqlar:
1. Nima deb o‘ylaysiz, Siz ruhan millat ertasini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalashga qodirmisiz? Shunday mas’uliyatni zim- mangizga ola bilasizmi? Fikringizni asoslang. 2. Ruhiyatingizga bir nazar tashlab ko‘ring-chi, tabiatingizda tanlagan kasbga, bo‘lajak o‘quvchilaringizga muhabbat mavjud- mikin? 3. O‘zingizning o‘quvchilik davringizni xotirlang. Nimalardan qoniqmagansiz: shaxs sifatida o‘qituvchingizdanmi, o‘quv ashyosi sifatida darsliklardanmi? Fikringizni asoslang. Adabiy ta’limda qan day o‘zgarishlar qilgan bo‘lardingiz? 4. Mazkur o‘quv qo‘llanmani shakllanayotgan bir o‘qituvchi sifatida kuzatib boring. Yutuq va kamchiliklarini kashf etgan jo- yingizda, kitobning hoshiyasiga yozib boring. Bir kun uchrashib fikrlashamiz. 7 ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING UMUMNAZARIY MASALALARI Reja: 1. Adabiyot metodikasining pedagogika tizimiga mansub mus- taqil fan ekanligi. 2. Adabiyot o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari. 3. Adabiyot o‘qitish metodikasining obyekti va predmeti. 4. Adabiyot o‘qitishning maqsadi va vazifalari. 5. Adabiyot o‘qitishning dolzarb muammolari. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga mansub o‘laroq, ilmning alohida turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan uch talabning barchasiga 1 javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi o‘rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o‘quv fani tomonidan o‘rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan soha, ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘qitilishining opti- mal va samarali yo‘llarini tadqiq etish, adabiy ta’limning nazariy asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchin- chidan, adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayo- niga bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bi- lan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni ada- biyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ik- kala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va qan day o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga 2 tayangan holda «Adabiyot o‘qitish 1 Adabiyot o‘qitish metodikasi. (Pedagogika institutlari va uniersitetlarning filologiya fakultetlari uchun dasturiy qo‘llanma). Tuzuvchilar: Q. Yo‘ldoshev, O. Madayev, A. Abdurazzoqov. – T.: 1994. 11 – 12-betlar. 2 S. Dolimov, H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: «O‘qituvchi», 1967; A. Zunnunov, N. Hotamov, J. Esonov, A. Ibrohimov. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: «O‘qituvchi», 1992; B. To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish meto- dikasi. – T.: «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi», 2010. 8 9 metodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta’lim tizimidagi adabi- Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling