Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Nima deb o‘ylaysiz, Siz ruhan millat ertasini ta’minlaydigan 
yosh avlodni tarbiyalashga qodirmisiz? Shunday mas’uliyatni zim-
mangizga ola bilasizmi? Fikringizni asoslang.
2. Ruhiyatingizga bir nazar tashlab ko‘ring-chi, tabiatingizda 
tanlagan kasbga, bo‘lajak o‘quvchilaringizga muhabbat mavjud-
mikin?
3. O‘zingizning o‘quvchilik davringizni xotirlang. Nimalardan 
qoniqmagansiz: shaxs sifatida o‘qituvchingizdanmi, o‘quv ashyosi 
sifatida darsliklardanmi? Fikringizni asoslang. Adabiy ta’limda 
qan day o‘zgarishlar qilgan bo‘lardingiz? 
4. Mazkur o‘quv qo‘llanmani shakllanayotgan bir o‘qituvchi 
sifatida kuzatib boring. Yutuq va kamchiliklarini kashf etgan jo-
yingizda, kitobning hoshiyasiga yozib boring. Bir kun uchrashib 
fikrlashamiz.


7
ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING 
UMUMNAZARIY MASALALARI
Reja:
1. Adabiyot metodikasining pedagogika tizimiga mansub mus-
taqil fan ekanligi. 
2. Adabiyot o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari.
3. Adabiyot o‘qitish metodikasining obyekti va predmeti.
4. Adabiyot o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
5. Adabiyot o‘qitishning dolzarb muammolari.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga 
mansub o‘laroq, ilmning alohida turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan 
uch talabning barchasiga
1
javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot 
o‘qitish metodikasi o‘rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o‘quv 
fani tomonidan o‘rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan 
soha, ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘qitilishining opti-
mal va samarali yo‘llarini tadqiq etish, adabiy ta’limning nazariy 
asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchin-
chidan, adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot 
usullariga ega. 
Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayo-
niga bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bi-
lan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni ada-
biyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va 
adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola 
tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ik-
kala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va 
qan day o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu 
ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik 
ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, 
maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha 
yaratilgan soha darsliklariga
2
tayangan holda «Adabiyot o‘qitish 
1
Adabiyot o‘qitish metodikasi. (Pedagogika institutlari va uniersitetlarning 
filologiya fakultetlari uchun dasturiy qo‘llanma). Tuzuvchilar: Q. Yo‘ldoshev, O. 
Madayev, A. Abdurazzoqov. – T.: 1994. 11 – 12-betlar.
2
S. Dolimov, H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: 
«O‘qituvchi», 1967; A. Zunnunov, N. Hotamov, J. Esonov, A. Ibrohimov. Adabiyot 
o‘qitish metodikasi. – T.: «O‘qituvchi», 1992; B. To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish meto-
dikasi. – T.: «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi», 2010.


8
9
metodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta’lim tizimidagi adabi-

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling