Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. «Integratsiya» tushunchasi borasida internet orqali materi-
allar to‘plang va mazkur bo‘limdan o‘zlashtirgan bilimlaringizni 
taqqoslang. Fikrlashing.
2. «Fanlararo aloqa» atamasi bilan bog‘liq bilimlaringizni in-
ternet orqali topgan ma’lumotlar bilan to‘ldiring. Bilganlaringizga 
nimalarni qo‘shimcha qila olasiz?
3. Integratsiyaning yuqoridagi shakllarini kursdoshlar birga-
likda tahlil qiling. Qarashlaringizni asoslashga urining. 
4. Yuqorida sanalgan «Bemor», «Muzqaymoq» va «Nido» 
dostonlarida fanlararo aloqa nuqtai nazaridan umumiy jihatlar 
nimalardan iborat ekanini va ularning integratsiyasi qay jihatdan 
o‘rganilishini o‘qituvchingiz bilan birgalikda aniqlang. Asarlardan 
misollar keltirib qarashlaringizni isbotlang.
5. «Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi o‘z maqsad va vazi-
falarini o‘quvchilarning maqsad va vazifalariga moslashtira bi-


32
33
lishi taqozo etiladi», degan fikrni qanday tushundingiz? Sizning-
cha, o‘qituvchining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
O‘quvchilarning maqsadi va vazifalari, nazaringizda, qanday 
sharh lanadi?
6. Ko‘rsatib o‘tilgan «Zarbulmasal» bilan «Oq kema»ni zo-
ologik bilimlardagi qaysi jihatlar bilan integrtsiyalash mumkinligi 
haqida o‘ylab ko‘ring. Xulosalaringizni misollar bilan asoslang.
7. Matndagi: «Fanlararo aloqada o‘quvchining ma’lum bi-
limlarni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qa-
dar chuqur anglash hamda olingan bilimlarni amaliyotga sama-
rali joriy etishiga imkon berish maqsadida o‘quv fanlari orasida 
o‘rnatiladigan aloqa nazarda tutiladi» tarzidagi qoidani biror ba-
diiy asar misolida o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntirib bering.
8. Yuqorida keltirilgan: «Integratsiya esa fanlararo aloqaga, 
ya’ni umuman fanlar, o‘quv fanlari, ularning bo‘lim va mavzulari 
bo‘yicha olingan bilimlarga tayanilgan holda o‘rganilgan masala-
ga xos bo‘lgan yetakchi g‘oyalar hamda hodisalarning izchil, har 
jihatdan chuqur hamda serqirra ochilishi demakdir» shaklidagi 
iqrorni o‘zingiz xohlagan badiiy matn asosida izohlashga urinib 
ko‘ring.
9. «Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari adabiy ta’limi 
jarayonini integratsiyalash tizimi» bilan bog‘liq fikrlarni izohlang. 
Qarashlaringizni asoslashga urinib ko‘ring.
10. «Nido» dostonida inson tuyg‘ulari tasviri» mavzusida 
insho yozing. Bir-biringizning ishingizni tekshirib, xato va kam-
chiliklarini bartaraf etish yo‘llarini muhokama qiling.


33

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling