Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. «Adabiy ta’lim konsepsiyasi» bilan adabiyotdan «Davlat 
ta’lim standarti» o‘rtasida qanday farq bor deb o‘ylaysiz? Har ik-
kala hujjatning yetakchi xususiyatlari haqida mulohaza yuriting.
2. Nima deb o‘ylaysiz, adabiyot o‘qitish bo‘yicha davlat ta’lim 
standarti bilan adabiyotdan o‘quv dasturi o‘rtasida qanday tafovut 
mavjud? Har qaysisining asosiy jihatlari nimalardan iborat?
3. Adabiy ta’lim bo‘yicha tuziladigan «Dastur» va «Darslik» 
singari pedagogik hujjatlarning ayricha tomonlarini qaysi belgilari-
dan ko‘rish mumkin? Qaysi biri kimga tegishli? 
4. «Adabiyot» darsliklarining 1991 – 1999-yillardagi ikki av-
lodiga xos bo‘lgan o‘xshash va farqli jihatlarni ikki ustunga yozing. 
Ularni taqqoslang. To‘plagan ma’lumotlaringizga tayanib amalda-
gi «Adabiyot» darsliklarini tahlilga torting. Munosabat bildiring. 
Fikrlaringizni qo‘lingizdagi ma’lumotlarga tayanib asoslang.
5. «Adabiyot» darsliklariga qo‘yilgan talablarni qayta o‘qing. 
Ularning har birini alohida tahlilga torting. Munosabat bildiring.
6. Yuqorida aytilgan: «bilimlarni bola o‘z mehnati bilan 
o‘zlashtirishi» haqidagi fikrni qanday tushundingiz? Sizningcha bu 
adabiyot darslarida qanday amalga oshiriladi?
7. Yuqorida ta’kidlangan: «Darsliklar bolani ta’lim jarayo-
nining obyekti bo‘lish maqomidan darsning o‘qituvchi bilan teng 
huquqli subyekti, ijrochisi darajasiga ko‘tarilishi kerakligi ko‘zda 
tutilib yaratilishi joiz» degan fikrni izohlang. Bu darsliklarda qan-
day aks etadi deb o‘ylaysiz?
8. Matnda: «Tuzukkina savodxon, o‘qituvchisi fikrlarini juda 
chiroyli takrorlay oladigan ayrim o‘quvchilar o‘z fikrini ifodalashi 
kerak bo‘lganda qiynaladi, o‘z fikrini aytishdan qo‘rqadi», degan 
fikr bor. Uni sharhlashga urinib ko‘ring. O‘quvchilarga xos bo‘lgan 
bu illatlarning sababi haqida mulohaza yuriting. Fikringizni asos-
lang.
9. «Adabiyot» darsliklariga qo‘yilgan talablar orasida: «Ada-
biyot» darsliklari o‘quvchilarni o‘z ma’naviyatini shakllantirish 
uchun o‘zlari harakat qilishga yo‘naltiradigan tarzda tuzilishi 
zarur», degan fikr bor. Siz buni qanday tasavvur qilasiz?
10. «Erkin Vohidov mohir g‘azalnavis» mavzusida insho yo-
zing. Unda shoirning g‘azalchilikdagi muvaffaqiyatlarini misollar 
asnosida ochib bering. Bir-biringizning insholaringizni tekshiring, 
muhokama qiling.


56
57

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling