Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


«Adabiyot» darsliklarining mazmunini belgilash tamoyil-


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

«Adabiyot» darsliklarining mazmunini belgilash tamoyil-
lari. Hozirgi sharoitda o‘quvchilarni ham ruhan, ham aqlan, ham 
jisman yetuk qilib shakllantirish uchun milliy pedagogika ilmi va 
uzluksiz ta’lim amaliyotida oldingidan tamomila yangicha yo‘sinda 
ish olib borish taqozo etilmoqda. 
Ta’limning dastlabki boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilar 
ma’naviyatini shakllantirishda o‘qish darslarining o‘rni beqiyos. 
O‘qituvchi tomonidan o‘qish kitobidagi asarlarni to‘g‘ri idrok 
etishga yo‘naltirilgan o‘quvchi mustaqil ishlashga, uqib o‘qishga, 
o‘zgalarning fikrlarini ilg‘ashga, o‘zi va boshqalarning tuyg‘ular 
olamini kuzatishga va tuyishga o‘rgana boradi. Olamni, Odamni 
va O‘zligini kashf qiladi. O‘z ichki «men»ning shakllanishida o‘zi 
bevosita ishtirok etadi. 
Darsliklar bunday pedagogik vazifalarning bajarilishida eng 
katta ko‘makchi sanaladi. Darsliklarda taqdim etilgan o‘quv ma-


43
teriallarining dasturiy talqini ta’lim-tarbiya jarayonidan kutilgan 
maqsadlarga mutanosib bo‘lishi kerak. Afsuski, bugun amalda 
bo‘lgan «O‘qish kitobi»ning ko‘pchiligi bu talablarga to‘la ja-
vob berolmaydi. Boshlang‘ich sinflar «O‘qish kitobi» darslikla-
rini tuzishda kichik o‘quvchilarning ruhiyati, intellektual saviyasi 
yetarli o‘rganilmagan. Aytish kerakki, bugungi boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari mualliflar tasavvur qilganlaridan ko‘ra bilimliroq va 
aqlliroq. «O‘qish kitob»larining umumiy tahliliga tayanib shuni 
aytish mukinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insoniy sifatlarni 
shakllantirishda bolalarning kuchi, aqli va imkoniyatlaridan unum-
li foydalanilmayapti. Darsliklarda o‘rganish uchun taqdim etilgan 
o‘quv materiallarining ko‘pchiligi jo‘n, hayotiy haqiqatdan uzoq. 
Bir qismi esa quruq nasihatbozlikka qurilgan. Ular mavzudan 
kelib chiqib, mualliflar tomonidan shunchaki «to‘qib» tashlangan-
day. Asarlar matni yuzasidan tuzilgan: «Nima uchun ona yer dey-
miz? Javobni matndan topib o‘qing va o‘qiganingizni yod oling», 
«Navoiyning istagi ifodalangan misralarni o‘qing», «Yakshanba 
kuni qanday voqea yuz berdi?», «Ota-ona o‘z farzandiga nisbatan 
qanday iborani ishlatadi?» kabi savol-topshiriqlar bolaning matn 
mazmunini takrorlashiga xizmat qiladi, xolos.
«Asar mazmunidan nimalarni tushundingiz?», «… deganda ni-
mani tasavvur qilasiz?», «Nima deb o‘ylaysiz, Shiroq nega qo‘yini 
boqib yuravermay qabila boshliqlarining oldiga keldi? Uni bunga 
undagan narsa nima ekanini ayta olasizmi?», «…tarzidagi tasvirni 
o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalashga urinib ko‘ring. Uni siz qanday 
tushundingiz?» singari kichik o‘quvchilarni fikrlash va matn mo-
hiyatiga kirishga yo‘naltiradigan, asardan badiiy zavq va ma’naviy 
ozuqa olishga undaydigan, o‘z qarashlarini aytishga qaratilgan 
savol-topshiriqlar mutlaqo uchramaydi.
Matn yuzasidan tuzilgan mantiqli, o‘ylantiradigan savol-
larga sinfdagi o‘quvchilarning barchasi javob berishi shart emas. 
Muhimi, savol bilan ularni bezovta qilish. Agar o‘qituvchi kichik 
o‘quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda shunday ishlataversa, 
bolalar bunga o‘rganib boradilar va ularda istalgan ko‘nikma hosil 
bo‘ladi. Natijada bola fikr kishisi bo‘lib yetishadi. 
O‘quvchilarni badiiy asarlar ko‘magida ma’naviy barkamol-
likka yo‘naltirish nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta’lim maktabla-
rining yuqori sinflari «Adabiyot» darsliklari ham o‘rganib chiqildi. 
Mustaqillikkacha foydalanilgan va 1991-yildan 1999-yilgacha 


44
45
qo‘llanilgan ikki avlod darsliklarining, bir-biridan farqli tomonlari, 
yutuq va kamchiliklari haqida juda ko‘p gapirilgan. Bu darslikar-
ning o‘xshash jihatlariga ko‘pda e’tibor qaratilmagan: 
1. O‘quvchilar uchun yozilgan har ikkala avlod darsliklarida 
ham bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning ishtiroki deyarli 
ko‘zda tutilmaydi. Ularda o‘quvchilarning vazifasi darslik mual-
liflarining aytganlarini o‘qituvchisi ko‘magida xotirasiga joylab 
olishdan iborat deb qaralgan.
2. 
Yaratilgan darsliklarning har ikkala avlodi ham 
o‘quvchilarning xotirasi hisobidan ish ko‘rishga qaratilgan. Ya’ni, 
darsliklarda bitilganlarni eslab qoladigan xotirasi kuchli bola – 
yaxshi o‘quvchi. Xotirasi zaifroq o‘quvchi yangi dars bayonida 
o‘qituvchisidan bilgan, uni mustahkamlashda o‘rtoqlaridan eshit-
gan narsalarni uyda darsligidan takrorlab o‘qiydi, keyingi darsda 
qaytarib aytib berib bahosini oladi. 
3. Har ikkala avlod darsliklarida ham bilim berish birinchi 
o‘rinda turadi. Butun umr adabiyot o‘qitish bilan emas, adabiyot 
ilmi bilan shug‘ullangan darslik mualliflari o‘z bilganlarini tayyor 
holda o‘quvchilarga taqdim etganlar. O‘quvchilar darsliklardagi 
tayyor bilimlarni xotirasiga joylab olishlari, kifoya. Vaholanki, 
bugungi pedagogika ilmida o‘quvchilar xotirasini rivojlantirishga 
qaratilgan faoliyat maqsadga muvofiq emasligi aytiladi.
4. Darsliklarning har ikkala avlodida ham adabiyotni o‘qitishga 
pedagogik yondashuv emas, filologik yondashuv ustuvorlik qila-
di. Chunki bu darsliklarning ko‘pi adabiyot o‘qitish metodikasi 
ilmidan yaxshi xabardor bo‘lmagan mualliflar tomonidan yaratil-
gan. Adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan, uning o‘z qonuni-
yat va kategoriyalari bor, uni maxsus o‘rganish taqozo etilishi 
mutasaddilarni qiziqtirmagan. Tan olish kerakki, maktab dars-
liklarining ko‘pchilik mualliflari − adabiyotshunoslik ilmining 
darg‘alari. Faqat ular adabiyot o‘qitish metodikasi ilmi bilan alo-
hida shug‘ullanishmagan. Agar shug‘ullanganlarida edi, bolalarga 
bilim berish, ularni o‘qitish emas, ularni bilim olishga o‘rgatish, 
o‘zlarini o‘qiydigan qilish masalasi jahon pedagogikasida XX 
asrning 50-yillarida ko‘tarilganini bilgan va darsliklarni tuzishda 
buni albatta inobatga olgan bo‘lardilar.
5. Ikkinchi avlod darsliklarining ko‘pchiligi − o‘z uslubi bilan 
sovet davrida yaratilgan darsliklarga nisbatan ham o‘quvchilardan 


45
ancha yiroq. Badiiy asarlardan parcha berish, uni darslik mualli-
fi istaganday tahlil qilish hamda shuni millatning barcha bolalari 
xotirasiga joylashga urinish, butun avlodni bir xil fikrlaydigan, asar 
yuzasidan darslik muallifi fikrini qaytaradigan holda tayyorlash bu-
gungi adabiy ta’limning maqsadiga xizmat qilmaydi.
Bunday kamchiliklar sanog‘ini yana davom ettirish mumkin. 
Lekin maqsad bu emas. Yangi avlod darsliklari pedagogik qo-
nuniyatlarni, o‘quvchilar psixologiyasini yaxshi biladigan, adabi-
yot o‘qitish ilmi bilan shug‘ullangan, adabiy ta’limning maqsad 
va vazifalaridan xabardor mutaxassis tomonidan yaratilishi kerak. 
Darslik yaratishda jahon pedagogikasi va milliy tarbiyashunoslik-
dagi ilg‘or g‘oyalarga tayanilishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchiga tayyor bilimlar berilmay, DTS talablari asosida 
dasturda o‘rganishga taqdim etilgan bilimlarni bola o‘z mehnati 
bilan o‘zlashtirishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, 
mehnat bilan erishilgan har qanday narsa bir umr yodda qoladi va 
kerak bo‘lganda, hayotga tatbiq etiladi.
Darsliklardagi matnlarni idrok etish mualliflarning qolipiga 
solinmasligi, tahlilda faqat ularning xulosalariga asoslanilmasligi 
lozim. Adabiyotdan tuziladigan o‘quv ashyolarida adabiy matn yu-
zasidan tuzilgan savol-topshiriqlar bilan ishlash natijasida har bir 
bolaning o‘zi xulosa chiqarsin, asar tahlili yordamida o‘z hayotiy 
haqiqatini kashf etsin. Asar bo‘yicha har bir o‘quvchining o‘z qa-
rashi bo‘lsin.
Darsliklar bolani ta’lim jarayonining obyekti bo‘lish maqomi-
dan darsning o‘qituvchi bilan teng huquqli subyekti, ijrochisi da-
rajasiga ko‘tarilishi kerakligi ko‘zda tutilib yaratilishi joiz. Ularni 
oddiy ishtirokchilikdan ta’lim jarayonining subyekti – bevosita 
ijrochisi martabasiga ko‘tarish kerak. O‘qituvchi bolalarning 
mehnatini to‘g‘ri boshqarib tura bilsa, o‘quvchilar bilishlari kerak 
bo‘lgan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o‘zlari kashf etadilar.
Biror badiiy asar va uning mazmunini qayta eslashga qaratil-
gan savollar tuzib qo‘yish darslik yaratish degani emas. Adabiyot 
darsliklarining o‘ziga xos ilmiy-pedagogik talablari, zimmasiga or-
tiladigan ijtimoiy-didaktik yuk bor. Duch kelgan o‘qituvchi darslik 
yaratolmagani singari, metodika ilmi bilan maxsus shug‘ullanmagan 
filolog ham yaxshi darslik yarata olmaydi. «Ada biyot» darsliklari, 
millat kelajagi ma’naviyatining shakllanishi omili sanaladi. Darslik 


46
47
yaratishga da’vo qilayotgan olimlar mana shu mas’uliyatni unut-
masliklari kerak.
Ta’lim mazmunini tashkil etadigan o‘quv rejasi, ta’lim 
konsepsiyasi va standarti, dastur, darslik, metodik qo‘llanma 
singari vositalar o‘qituvchi shaxsi bilan muvofiqlashgan holdagina 
o‘qitish kechimi samarali bo‘ladi. Chunki o‘quv jarayonining qan-
day ma’no-mazmun kasb etishi bevosita o‘qituvchining shaxsi, 
uning saviyasi, bilimi va mahoratiga bog‘liq. Jamiyat va ta’lim 
jarayonidagi o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqaradigan ham, o‘quvchi 
bilan bevosita yuzma-yuz turadigan ham o‘qituvchi.
Ma’lumki, umumta’lim maktablarida yigirmadan ortiq o‘quv 
fani o‘rganiladi. Ularning ko‘pchiligi bevosita o‘quvchi tafakkurini 
o‘stirish, bilim berish maqsadiga yo‘naltirilgan. Ayrim fanlar esa 
bolaga kasb-hunar o‘rgatishga xizmat qiladi. O‘quv fanlari ora-
sida faqat adabiyot bevosita bolaning ko‘ngli, uning ruhiyati va 
ma’naviyatini kamolga yetkazish vositasi hisoblanadi. Adabiyot 
darslari mutaxassis shakllantirish uchun emas, shaxs ma’naviyatini 
tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois adabiy ta’lim jarayonida sof 
adabiyotshunoslikdan bilim berish emas, balki, inson ko‘nglini tar-
biyalash ustuvor bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir.
Adabiyot darslarida badiiy asarlar tahlil qilinib, qahramon-
larning xatti-harakatlari muhokama etilish jarayonida o‘quvchilar 
odam va olam sirlarini o‘rganadilar, asar muallifi va adabiy qah-
ramonlar timsolida insonni kashf etadilar, oxir-oqibat navqiron 
fuqaro o‘zligini anglay boshlaydi. O‘zligini anglagan, mustaqil 
nuqtai nazariga ega bo‘lgan odam o‘z taqdirini boshqalar hal qilib 
yuboraverishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Insonga xos xususiyatlar bevosita ruhiyat bilan bog‘liq 
bo‘lgani uchun ham bugun ma’naviyat tarbiyasi mamlakat miqyo-
sidagi muhim vazifaga aylandi. Ma’naviyatni tarbiyalash esa mak-
tabda asosan adabiy ta’lim tizimi zimmasiga yuklanadi. To‘g‘ri, 
barcha o‘quv fanlari zimmasida ma’lum darajada ma’naviyatni 
shakllantirish vazifasi bor. Biroq, adabiy ta’lim bu borada karvon-
boshilik qiladi. Chunki uning tadqiqot obyektining o‘zi – inson. 
Adabiyot darslarida odamning ichki olami, his-tuyg‘ulari, kechin-
malari, hayajonlari, iztiroblari o‘rganiladi, tahlil qilinadi, muno-
sabat bildiriladi. Inson umri davomida turli vaziyatlarning paydo 


47
bo‘lish sabablari va oqibatlari aniqlanadi, muammolarning yechimi 
ustida o‘yga tolinadi. 
«Adabiyot» darsliklari balog‘atga yetgan, badiiy so‘z bilan 
muayyan darajada qiziqadigan yoki ma’lum darajada shu sohaga 
bog‘liq bo‘lgan kishilar uchun emas, balki o‘sib kelayotgan yosh 
avlod uchun tuzilishi sababli ham darsliklarning adabiyotshunos 
yoki pedagog olim tomonidan yaratilgani katta ahamiyat kasb eta-
di.
«Adabiyot» darsliklarini yaratishda nazarda tutilishi lozim 
bo‘lgan jihatlardan yana biri shuki, har bir sinfda o‘quvchining 
intellektual va ruhiy xususiyatlari o‘ziga xos bo‘ladi. Shu bois 
ta’limning biror bosqichida o‘quvchi tomonidan boy berilgan 
imkoniyatlar o‘rnini hech qachon qoplab bo‘lmaydi. O‘z vaqtida 
qo‘llangan tarbiyaviy tadbirlar bolaning shaxsi, jismi, ruhiyati ta-
komili uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning har bosqichida 
bolaning fikrlash qobiliyati shu yoshdagi ruhiy va intellektual im-
koniyatlari doirasida rivojlana boradi. Xususan, adabiyot darslari-
da amalga oshiriladigan badiiy asar tahlili uni o‘z shaxsiy fikriga, 
munosabatiga ega bo‘lib borishini ta’minlaydi. 
Masalan, boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchi 
badiiy asar qahramonlariga shunchaki taqlid qiladi, ularga erga-
shadi; ta’limning o‘rta bosqichida esa uni asar qahramonlarining 
axloqiy sifatlari, ichki dunyosi, xarakterining shakllanishi va bunga 
turtki bo‘lgan omillar ko‘proq qiziqtira boshlaydi. Ammo yosh bola 
qahramon shaxsiga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni inobatga ol-
gan holda baholashga qodir bo‘lmaydi. Ko‘pincha u qahramonning 
ba’zi fazilatiga urg‘u berib, uning shaxsini biryoqlama baholaydi.
Majburiy ta’lim tizimining yuqori bosqichiga qadam qo‘ygan 
o‘quvchi esa muallim yoki ota-onasining aytganlari, kitob va 
darsliklarda o‘qiganlariga tanqidiy nazar bilan qaray boshlaydi. 
Ko‘pincha muallimning fikr-mulohazalaridan, darslikdan xato 
topishga intiladi, o‘z pozitsiyasida qattiq turib, bahslashishga mo-
yil bo‘ladi. Darsliklarni tuzishda bola taraqqiyotining har bir bosqi-
chiga xos bo‘lgan shu kabi jihatlar hisobga olinishi, o‘quvchilarning 
ruhiy, jismoniy va jinsiy xususiyatlari, intellektual imkoniyatlari-
dagi o‘zgarishlar mualliflarning nazaridan chetda qolmasligi kerak 
bo‘ladi. Darsliklar o‘quvchilarning har bir yoshdagi ichki «men»iga 
mos tushishi, sinfdagi eng bilimdon, bilimga chanqoq o‘quvchini 


48
49
ham ortidan ergashtira olishi lozim. Shunda o‘quvchilarga darslik-
lar bilan muloqot malol kelmaydi, ularda o‘zining ichki ehtiyoj-
larini qondirishga xizmat qilayotgan darslikka, predmetga mehr 
uyg‘onadi.
Dastur va darsliklar mazmuniga shu nuqtai nazar bilan yon-
dashilganda ma’lum bo‘ldiki, o‘tgan asrning 40-yillarigacha 
bo‘lgan davrda yaratilgan darsliklarda yozuvchilarning tarjimai 
hollari, asar yuzasidan savol-topshiriqlardan boshqa hech qanday 
qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Asar matni ustida ishlash uchun 
taqdim etilgan savol-topshiriqlarning zimmasiga voqealarni yodga 
solishdan boshqa deyarli hech qanday didaktik vazifa yuklatil-
magan. Ular, asosan matnning qayta bayoniga qaratilgan. O‘sib ke-
layotgan avlodning dunyoqarashini shakllantirish nazardan chetda 
qolib, ularni siyosatga bo‘ysundirilgan adabiyot bilan tanishtirish-
gina ko‘zda tutilgan. 
Sovet davrida, undan keyingi yillarda nashr etilgan darsliklarda 
ham tub o‘zgarish sodir bo‘lmagan. Darsliklarda o‘zbek mumtoz 
ada 
biyotidan tavsiya etilgan asarlarning faqat lug‘ati taqdim 
etilgani, matnni o‘zlashtirishga xizmat qiladigan didaktik ashyolar-
ning yo‘qligi ularni shunchaki, yuzaki o‘rganish ko‘zda tutilganini 
ko‘rsatadi. Bu davr darsliklarida ham ko‘zga tashlanadigan bir illat 
ularda rus adabiyotidan qilingan tarjimalar ustuvorlik qilganidir. 
Mumtoz adabiyot namunalari, masalan, «Farhod va Shirin»ning 
mazmuni qisqacha bayon etilgan, u haqda umumiy gaplar aytilgan. 
Topshiriqlarning deyarli hammasi «asarning falon-falon bobini 
qisqartirib so‘zlab bering» shaklida bo‘lsa, savollar uning matnini 
qayta hikoyalashni talab qiladi. Darsliklardan o‘rin olgan har bir 
davr adabiyoti bo‘yicha yozilgan umumlashma maqolalar ham 
mafkuraga bo‘ysundirilgani, mazmunan sayozligi bilan ajralib 
turadi.
Bunday holat XX asrning 80-yillari «Vatan adabiyoti» dars-
liklarida ham davom etadi. Bularda ham o‘qish uchun taqdim etil-
gan asarlarning siyosiy-mafkuraviy talqini, obrazlar tahlili, asar 
haqida darslik mualliflarining qat’iy xulosalari beriladi. «Asar 
haqida»gi maqolalarda asar matni tahlil qilinadi. Bunday yon-
dashuv natijasida o‘quvchi asarni o‘qimaydi va uning mazmuni 
haqida o‘ylanmaydi. Barcha Adabiyot-darsliklarida siyosiy chaq-
iriq va nasihatomuz gaplar keragidan ziyoda. Obrazlar ijobiy va 


49
salbiy guruhlarga ajratilib, mehnatkash xalq vakillari istisnosiz 
yaxshi, boy tabaqa vakillari yoppasiga yomon, deb talqin etila-
di. Obrazlar yuzasidan darslik mualliflarining qat’iy to‘xtamlari 
bildirilgan. O‘quvchidan shularni o‘qib, takrorlab berishgina talab 
etiladi. Biror joyda ham «O‘z fikringizni ayting», «Munosabatin-
gizni bildiring» yoki «Falon asarni topib o‘qing» qabilidagi top-
shiriq uchramaydi. O‘quvchining asarni o‘qishi, u haqda o‘ylashi 
yoki munosabat bildirishi mualliflarni qiziqtirmagan.
1991-yildan adabiy ta’limning maqsadi, darsliklarning maz-
muni bir qadar o‘zgargan. Lekin eski davrga xos kamchiliklar 
bir daniga barham topmagan, albatta. Hali mamlakat mustaqilligi 
qo‘lga kiritilmasdan oldin yaratilgan darsliklardagi rus adabiyoti 
namunalari kamaytirilib, mantiqqa muvofiq miqdorga keltirilgan. 
Masalan, 5 – 8-sinflar uchun tuzilgan «Vatan adabiyoti» darslik-
xres tomatiyalari mundarijasi yangi-yangi asarlar bilan boyigan. 
Biroq, ular hali yangilangan adabiy ta’limning maqsadiga – «...

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling