Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Neki yozdim, 
Ko‘nglimni yozdim, 
Ko‘ngillarni ko‘nglimga yozdim.
Kel, ko‘nglingni o‘qi ko‘nglimdan,
Neki bo‘lsa ko‘ngildan yozdim. 
Muhlisining ko‘nglini o‘qiy bilgan va undagi hislarni tuy-
gan shoir ko‘nglidan to‘kilgan bu satrlar zamiridan har qanday 
she’rxon, jumladan, o‘qituvchi va o‘quvchi ham o‘zining ruhi-
yatiga xush yoqadigan nimalarnidir ilg‘aydi. She’rxonda shoir bi-
lan o‘zi orasidagi o‘xshashlikdan yoqimli kayfiyat paydo bo‘ladi. 
Chunki satrlarda ifodalangan rostlar ko‘ngildan chiqqani uchun 
bevosita ko‘ngilga yetib boradi. 
Kompetentli adabiyot o‘qituvchisi she’r mutolaasi asnosida 
ko‘nglidan kechgan hislarni so‘z yoki savol-topshiriqqa aylan-
tira biladi, shu jihatlarga o‘quvchilar e’tiborini qaratib, ularni 
ko‘ngillaridan kechgan hislarga nom topishga yo‘naltira oladi. 
20
Abdunabi Boyqo‘ziyev. Cho‘li irog‘im. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2014. 48-
bet.


37
Masalan: «1. Shoirning «Neki yozdim, Ko‘nglimni yozdim» dega-
nini siz qanday tushundingiz? 2. Sizningcha, «Ko‘ngilni yozish» 
nima degani? 3. «Ko‘ngillarni ko‘ngilga yozish»ni qanday tu-
shundingiz? 4. O‘quvchi shoirning ko‘nglidan, o‘z ko‘nglini o‘qiy 
oldimi? 5. Bu nimalarda ko‘rinadi? 6. Bu olti misrali she’rda asosiy 
obraz qaysi? 7. Nega shoir olti qatorli she’rda «ko‘ngil» so‘zini 
olti marta qo‘llagan?» va hk. Ko‘rinadiki, shaklan kichkinagina 
bo‘lgan bu she’rning mohiyatiga kirish o‘qituvchi va o‘quvchidan 
bir qadar ham aqlan, ham ruhan zo‘riqishni taqozo etadi. Badiiy 
matnlar ustida shunday ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchi 
o‘quvchilarining ma’naviy kamoloti yo‘lida to‘g‘ri ish olib borayot-
gan bo‘ladi.
Shu shoirning «Hech yo‘q» deb atalgan yana bir she’rini olib 
ko‘raylik:
Qandayin tushingga kirdim, bilmadim,
Nahot baxt gulining bo‘lsa armoni.
Demak, tushlaringga bejiz kirmadim,
Demak, senga hanuz zorman, armonim.
Sog‘inch so‘qmoqlari… Tikonlar undi,
Bo‘zsuv bo‘ylarida bo‘zlashlar – xayol.
Umrning bu yog‘i bir ohli undir,
Endi unsiz-unsiz izlashlar – xayol.
Qani, u damlarga qaytolsak, qani,
Xato qildim, xato qildim, diloyim.
Bag‘ringni bir umr band etdi g‘anim,
Hech yo‘q tushlaringga kirib turoyin…
Hech yo‘q tushlaringda… ko‘rib turoyin.
She’rni ifodali o‘qib berganidan keyin o‘qituvchi o‘quv-
chilarning e’tiborini tortishni istagan o‘rinlarini savol yoki top-
shiriqqa aylantirib, ularga murojaat qiladi: «1. Ma’shuqa ko‘rgan 
tushning ta’biri, sizningcha qanday?» Birinchi bandning keyingi 
ikki misrasida ilgari surilgan holat, odatda, boshqacharoq talqin 
qilinadi. Ya’ni, ma’shuqa oshiqni tush ko‘ryaptimi, demak u haq-
da o‘ylagan yoki shuurining bir chekkasida u bilan bog‘liq nima-
largadir e’tibor qaratgan. Aslida, tushning ilmiy ta’rifi ham shu. 
«2. Unda nega she’r qahramonida buning aksi ko‘rinadi: «De-


38
39
mak, senga hanuz zorman, armonim» – bu satrlar kimga tegishli:
oshiqqami yoki ma’shuqagami?» Oshiq o‘zining ma’shuqa tushiga 
kirishini o‘zgacha talqin qilyapti. Uning bu tushga bergan ta’biri 
hamma boshqa oshiqlar ko‘nglidan o‘tishi mumkin bo‘lgan holat-
ning aksi. Ya’ni, armonga aylanib bo‘lgan ma’shuqaning tushiga 
kirish, og‘riqlari unutilmagan qadim muhabbatga intilish faqat 
oshiqning o‘zigagina daxldor. Bu holatga ma’shuqaning hech 
qanday aloqasi yo‘q. She’rda ma’shuqa tuyg‘ulari haqida biror-
ta ham so‘z ishlatilmagan. «3. Mazkur she’r qahramoni bo‘lgan
oshiqning boshqa oshiqlardan farqli jihatlari haqida o‘ylab ko‘ring. 
Buni, sizningcha, nimalarda ko‘rish mumkin?» Ma’lumki, oshiqlar 
ma’shuqasini tushida ko‘rishni orzu qiladi va bu tabiiy hol. She’r 
qahramoni esa boshqa oshiqlarga o‘xshamagani holda hech qan-
day armoni yo‘q. Chunki u «baxt guli» – ma’shuqasi bilan uning 
tushlarida ko‘rishib turadi. Ma’shuqasi o‘z hayotiy tashvishlari bi-
lan ovora. U oshiqning tuyg‘ularidan bexabar. Shuning uchun ham 
oshiq uni «baxt guli», «baxt timsoli» deb biladi. «4. She’rning ikkin-
chi bandidagi: «Sog‘inch so‘qmoqlari… Tikonlar undi»ni qanday 
sharhlash mumkin, sizningcha?». «5. Umrning bu yog‘i bir ohli 
undir, endi unsiz-unsiz izlashlar – xayol»dan nimalarni angladin-
giz? Sizningcha, bu iztiroblar kimga tegishli?»«6.Uchinchi band-
ning so‘nggi satri: «Hech yo‘q tushlaringga … kirib turoyin» bilan 
alohida satrga yozilgan oxirgi misra: «Hech yo‘q tushlaringda … 
ko‘rib turoyin»ga e’tiboringizni qarating. Har ikki satrning mohi-
yatiga kiring. O‘xshash va farqli tomonlarini aniqlang». 
Bu satrlar o‘quvchining ko‘ngliga mayin hislar solib, ruhi-
yatida inja tuyg‘ular uyg‘otadi. She’rxon ko‘nglida oshiqqa nis-
batan hamdardlik paydo bo‘ladi. Agar muallif «tushlarimda ko‘rib 
turayin» deganda bunday natijaga erisholmagan bo‘lardi. She’r shu 
ikki satrda amalga oshirilgan fonetik o‘zgarishlar sabab she’rxonni 
o‘ziga bog‘lab oladi. 
Qarashlarni yakunlab shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarini 
shu tariqa ishlashga, badiiy so‘zning mohiyati ga kirishga, so‘zni 
his qilib, undan ta’sirlanishga va tuyganlarini so‘z bilan ifodalab 
berishga o‘rgata olgan o‘qituvchining o‘zi ham, u tarbiyalayotgan 
o‘quvchilari ham kompetentli shaxslar sanaladi.


39

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling