Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KOMPETENTLILIGINI


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KOMPETENTLILIGINI 
SHAKLLANTIRISHDA ADABIYOT O‘QITISH METODI-
KASI FANINING O‘RNI
Reja:
1. Kompetensiya va kompetentlilik, uning mazmuni va mohi-
yati.
2. Kompetentlilik tushunchasi va uning tarmoqlari.
3. O‘qituvchi kasbiy kompetentliligi.
Bugungi iqtisodiyot sharoitining har qanday yo‘nalishdagi 
mehnat bozorida o‘ziga munosib o‘rinni egallash uchun har bir 
mutaxassisdan raqobatbardoshlik talab qilinadi. Bu, o‘z navbatida, 
barcha sohalar xodimlaridan kasbiy kompetentlilikni taqozo etsa, 
adabiyot o‘qituvchisidan ma’naviy mukammallik ham talab qilina-
di. Adabiyot o‘qituvchisining o‘quvchilar oldida obro‘-e’tibori ba-
land bo‘lishi uchun har ikki xususiyat uyg‘unlashtirilishi maqsadga 
muvofiqdir. Chunki adabiyot o‘qituvchisi inson ko‘ngli bilan ish-
laydi. Adabiyot darslari ko‘ngil tarbiyalash darslaridir. Faqat bilim 
bilan qalbga kirib bo‘lmaydi. Shuningdek, hurmat, e’tirof, obro‘ 
singari tushunchalar borki, ularni talab qilib, so‘rab yoki sotib olib 
bo‘lmaydi. Ularni shaxsiy fazilatlar, ma’naviy yetuklik va bilimli-
lik bilan qozonish kerak bo‘ladi. 
Adabiyot o‘qituvchisining kompetentliligini ta’minlash maz-
kur qo‘llanmaning mazmuni-mohiyatidan kelib chiqadigan natija-
dir. Kompetensiya (lotincha com’etens – munosib, mos, ke rakli
layoqatli, biladigan ma’nolarini anglatadi) – shaxs tomonidan 
hayotning muayyan tarmoqlarida samarali faoliyat yuritish uchun 
zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajriba mavjudligini 
anglatadigan tushuncha.
Kompetentlilik – kompetensiyaga egalik. Odamning muay-
yan sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga egaligi bilan uning shaxslik 
sifatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni anglatadi
19
.
Kompetentlilik shaxsning muayyan soha bo‘yicha ayni 
amaliy imkoniyatlari va malakaviy darajasida namoyon bo‘ladi. 
Har qan day mutaxassisda uyg‘otiladigan va mahsuldor im-
koniyat mavjud bo‘ladi. Kompetentlilik ana shu uyg‘otiladigan 
19
https://ru.wikipedia.org/wiki. Vikipediya. Svobodnaya ensiklopediya.


34
35
imkoniyatning mahsuldor imkoniyatga aylantirilishini ko‘zda 
tutadi. 
«Kompetentlilik» atamasi ta’lim sohasiga psixologik izla-
nishlar natijasida kirib kelgan. Bu tushuncha ruhshunoslar nazdida 
har qanday mutaxassisning noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan 
holatlarda vaziyatga mos muloqot yo‘llarini topa bilishi, raqiblar 
bilan o‘zaro munosabatlarda yangi usullarni qo‘llay olishi, mu-
rakkab topshiriqlarni bajarishda zarur ma’lumotlardan bilgichlik 
bilan foydalanishi, uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘z bilim, 
ko‘nikma va malakalarini izchil ravishda takomillashtirib borishini 
anglatadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling