Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Siz «kompetensiya» va «kompetentlilik» tushunchalarini 
qanday angladingiz? Uni o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntirib berishga 
harakat qiling.
2. Nima deb o‘ylaysiz, «kompetentlilik» bilan «ma’naviy 
barkamollik» tushunchalari o‘rtasida farq bormi? Bo‘lsa, u, 
sizningcha, nimalarda ko‘rinadi?
3. Shaxs kompetentliligiga xos bo‘lgan «bilim, ko‘nikma, 
malaka va tajribaga egalik hamda shaxslik sifatlar»ga alohida 
to‘xtaling: ilm nima-yu bilim nima? «Ko‘nikma» va «malaka» 
singari tushunchalarni izohlang. «Shaxslik sifatlar» deganda nima-
larni tushunasiz? 
4. Avvalo, «uyg‘otiladigan» va «mahsuldor» imkoniyat nima 
ekani haqida o‘ylab ko‘ring. «Har qanday mutaxassisga xos 
bo‘lgan uyg‘otiladigan imkoniyatning mahsuldor imkoniyatga 
aylanishi»ni izohlashga harakat qiling. Har ikkala imkoniyat ora-
sida, sizningcha, qanday farq bor?
5. Kompetentlilikning tarmoqlariga diqqat qiling. Ularning 
qaysi biri sizda qay darajada shakllanganligi haqida o‘ylab ko‘ring, 
o‘zingizga o‘zingiz baho bering.
6. Har qanday mutaxassisga xos bo‘lgan kompetentlilikning 
tarmoqlarini alohida tahlilga torting. O‘zlashtirganlaringizni 
tushun changiz doirasida izohlang. Qarashlaringizni misollar bilan 
asoslang.
7. «Neki yozdim»ni o‘zingizcha sharhlashga urinib ko‘ring. 
Bobolar bitta badiiy matndan yetti xil talqin chiqarganlariga qanoat 
qilinsa, har bir talaba bittadan o‘z talqinini yaratishi mumkin. Bu 
bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi kompetentliligining dastlabki bel-
gisi bo‘ladi.
8. «Hech yo‘q...» she’ri yuzasidan o‘quvchilarga taqdim etil-
gan 4, 5, 6-savollarga siz javob berishga urinib ko‘ring. Misralar-
ni tahlil qiling. O‘z mulohazalaringizni kursdoshlaringiz bilan 
bo‘lishing. 
9. «Abdunabi Boyqo‘ziyevning «Beshnavo»laridagi yetakchi 
g‘oyalar va ularning talqini» mavzusida insho yozing. Insholarin-
gizni bir-biringizga tekshirishga bering. Kamchilik va xatolarini 
muhokama qiling.
10. O‘zingiz she’riy matn yaratishga urinib ko‘ring.


40
41

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling