Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI KURSINING


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI KURSINING 
MAZMUNI VA QURILISHI
Reja:
1. «Adabiy ta’lim konsepsiyasi»dagi yetakchi g‘oyalar.
2. Davlat ta’lim standarti va undagi talablar.
3. Dastur va darsliklar haqida.
4. Adabiyot» darsliklarining mazmunini belgilash tamoyillari.
5. «Adabiyot» darsliklariga qo‘yilgan talablar.
Mustaqillikning ilk davrida, milliy tarbiyashunoslikni yangi-
lashga qaratilgan, pedagogika ilmi va amaliyotida shu vaqtga qa-
dar mavjud bo‘lmagan rasmiy pedagogik hujjat – fanlar bo‘yicha 
ta’lim konsepsiyalari yaratildi. Shular qatorida «Adabiy ta’lim kon-
sepsiyasi» ham ishlab chiqilib, unda yangilangan pedagogik tafak-
kur sharoitida adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalari belgilab 
berildi
21
. Maqsad va vazifalarning yangilanishi adabiy ta’limning 
mazmuni hamda o‘qitish usullarini ham o‘zgartirishni taqozo qildi. 
«Adabiy ta’lim konsepsiyasi»dagi yetakchi g‘oyalar asosi-
da adabiyot o‘qitish bo‘yicha «Davlat ta’lim standarti» yaratilib, 
unda turli sinflarning dastur va darsliklarida ko‘zda tutilishi hamda 
o‘quvchilar o‘zlashtirishlari shart deb belgilangan bilim, ko‘nikma, 
malakalar va ma’naviy sifatlarning minimal ko‘rsatkichlari ham 
o‘z ifodasini topti
22
. DTSning minimal talablar qismi ta’lim ja-
rayonida qatnashayotgan sog‘lom bola erishishi shart bo‘lgan 
marra hisoblanib, u davlat tomonidan muayyan bosqichni bitira-
yotgan o‘quvchiga qo‘yiladigan talabni anglatadi. «Adabiy ta’lim 
standarti»da belgilangan mezonlarga tayanib yangidan tuzilgan 
«Adabiyot» dasturida maktabda adabiyot o‘qitishning maqsadi 
yo‘lida soha mutaxassislari tomonidan o‘quvchi o‘zlashtirishi 
lozim deb topilgan bilimlar tizimi aks etdi
23

«Adabiy ta’lim konsepsiyasi»da aytilishicha, dasturda 
o‘quvchilarga berilishi ko‘zda tutilgan bilimlar hajmi, albatta, dav-
21
Q. Yo‘ldoshev. Uzluksiz adabiy ta’lim yo‘rig‘i (konsepsiyasi). – T.: O‘zPFITI, 
1995.
22
Q. Yo‘ldoshev, Q. Husanboyeva. Adabiy ta’lim davlat standarti. //Ta’lim 
taraqqiyoti. 1-maxsus son. 1999. 141 – 163-betlar. 
23
Uzluksiz o‘rta ta’lim maktablarining 5 – 9-sinflari uchun adabiyotdan o‘quv 
dasturi. – T.: «Ma’rifat» gazetasi 2007 yil 4, 7, 11-oktyabr sonlari.


41
lat ta’lim standartidagi minimal talablardan yuqori bo‘ladi. Negaki, 
DTSning minimal talablarini hamma o‘zlashtirishi shart bo‘lgani 
holda dasturda taqdim etilgan bilimlarni barcha o‘quvchilar to‘la 
bilishga majbur emaslar. Ma’lum o‘quv fani bo‘yicha dastur ta-
lablarini o‘zlashtirish har bir o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati, 
iqtidori, ehtiyoji va intellektual imkoniyatlariga bog‘liqdir.
Ta’lim standartlari davlat ahamiyatiga molik pedagogik hujjat 
sanalib, uzoq muddatga mo‘ljallanib tuziladi va hukumat tomoni-
dan tasdiqlanadi. Dastur esa DTS talablari asosida yaratilib, ta’lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ma’lum muddat o‘tib, barcha 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari DTSning minimal 
talablaridan yuqorilab ketganda, ya’ni o‘quvchilarning ko‘pchilik 
qismi dastur talabiga javob bera oladigan darajaga yetganda, ta’lim 
standarti talablarini ko‘tarish va millat a’zolari saviyasi, bilim-
donligi darajasi o‘lchovini yuksaltirish maqsadida DTSlar qayta 
ishlanib, takomillashtiriladi. DTSga muvofiq ravishda o‘quv das-
turlari talabi ham yuqorilab boradi. Adabiy ta’lim standartining 
minimal talablari dasturlarda aks etgan bilim, ko‘nikma, malaka va 
ma’naviy sifatlarning ma’lum miqdorini qamrab oladi. DTSning 
minimal talablari ta’lim tizimida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham, 
ota-ona ham ko‘nikib qolgan besh balli baholar tizimiga solin-
ganda – «o‘rta»ni tashkil etadi. Standart talabini bajargan o‘quvchi 
o‘rtacha o‘quvchi hisoblanadi. 
Ma’lumki, inson tafakkuri yordamida ko‘zi bilan ko‘rganlaridan 
ko‘proq narsalarni bilib oladi. Faqat ko‘rgazmaga tayangan ta’limda 
esa o‘quvchidan qancha ko‘rgan bo‘lsa shuncha bilish talab qili-
nadi. Bu hol o‘quvchining bilimini chegaralab, toraytirib qo‘yadi. 
Ta’limni yengillatish tarbiyaviy tamoyillarga hamisha ham to‘g‘ri 
kelavermasligi, afsuski, ancha kech payqaldi. Ta’lim-tarbiya ja-
rayonini haddan ortiq yengillatish katta bolaga ovqatni chaynab 
berishga o‘xshaydi. Holbuki, bolaning to‘g‘ri o‘sishi uchun uning 
o‘zini ovqat yeyishga o‘rgatish muhimroq.
Ta’lim tizimida ham u yoki bu bilimlarni o‘quvchi miyasiga 
«quyib» qo‘ygandan ko‘ra uni mustaqil fikrlab, mulohaza yuritib, 
mehnat qilib o‘zlashtirishiga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. 
Ijtimoiy muhit tufayli bola umrining har bir kunida uning fe’lida 
tabiatan mavjud bo‘lgan sifatlarga hamohang yangi axloqiy sifat-
lar paydo bo‘ladi. Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida ham qiyin 


42
43
va chigal masalani hal etishda o‘quvchini o‘z imkoniyatlaridan 
foydalanishga intilish foydalidir. Agar shakllanayotgan shaxsda 
biror fazilatni tarbiyalash lozim deb topilsa, unga shu fazilat bi-
lan bog‘liq nasihatlarni o‘qimay, avval o‘sha ma’naviy sifatning 
mohiyati va zarurati haqida ma’lumotlar to‘plashni talab qilish, 
so‘ng uning bu yo‘ldagi harakatiga yo‘nalish berish o‘rinli bo‘ladi. 
Ana shunda shakllantirilishi istalgan fazilat bolaning o‘zi tomoni-
dan mehnat-mashaqqat bilan o‘zlashtirilib, xotirasiga emas, tabi-
atiga o‘rnashib qoladi. O‘qituvchilarga ta’lim-tarbiya jarayonining 
har bosqichida hikoya, suhbat, ma’ruzalar qildirish, muammoli 
mashqlar bajartirish, mehnat topshiriqlari, ta’lim beruvchi o‘yinlar, 
o‘quv-munozaralari, ta’lim jarayonidagi rag‘batlantirish va tanbeh 
berish, o‘quv materialini muammoli tarzda o‘rgatish, muammoli 
suhbat, tadqiqotlar, induktiv va deduktiv muhokamalar, kitob bi-
lan mustaqil ishlash, ta’limda zamonaviy mashinalardan foydala-
nish, dasturlashtirilgan ta’lim, og‘zaki so‘rov, yozma ishlar, ijod, 
mustaqil nazorat ishlari singari usullar juda foydali. Lekin bu-
gungi pedagogika nafaqat yetuk, bilimli mutaxassis, balki sog‘lom 
ma’naviyatli shaxs, barkamol inson shakllantirishni talab qilmoq-
da. Buning uchun o‘qituvchilarga barkamol shaxsni tarbiyalash 
yo‘llarini o‘rgatish, ularni shunday maqsad uchun zarur bo‘lgan 
metodik qo‘llanmalar, pedagogik ashyolar bilan qurollantirish 
zarur. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling