Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
o‘z oldida turgan muammoni aniq belgilangan maqsad va vazi-
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
o‘z oldida turgan muammoni aniq belgilangan maqsad va vazi-
falarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy tajribalariga taya- nib, o‘z intellektual imkoniyati darajasida turli yo‘l, usul, vosi- talar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qaratilgan aqliy faoliyatidir. Ma’lum bo‘lishicha, fikr mustaqilligi darajasi inson aqliy faoli- yatining tashabbuskorligi, pishiqligi va tanqidiyligida aks etadi. Kishi fikri mustaqilligining belgilaridan biri – tashabbuskorlik in- sonning o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yishi, ularni amal- ga oshirish uchun zarur bo‘lgan usul hamda vositalarni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Bu faoliyatning pishiqligi vazifalarni tez baja- rish, bu jarayonda qo‘l keladigan usul va vositalarni tezkorlik bilan izlab topish, ularni farqlashda ko‘rinadi. Aqliy faoliyat tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchining voqea-hodisaga munosabati, uning xu- susiyatlarini ajrata bilishida aks etadi. Ma’lumki, tafakkur faqat ta’lim jarayonida shakllantirilmaydi. Inson faqat ta’lim-tarbiya muassasalarida fikrlashga o‘rgatilmaydi. U har bir ruhan sog‘lom insonda tabiatan mavjud bo‘lgan aqliy-jis- moniy hosiladir. U har kimda o‘ziga xos tarzda, o‘z intellektual da- rajasida mavjud. Ta’lim-tarbiya jarayonida tafakkurning shakli, si- fati, darajasini tarbiyalash, ma’lum yo‘nalishini belgilash, uni say- qallash va rivojlantirish mumkin. O‘quvchi fikrining ta’sirchanligi, ehtiyotkorligi, harakatchanligi yoki faoliyatsizligi, o‘sish-rivojla- nishi uning ta’lim jarayonida shakllantiriladigan sur’ati va sifatiga ham bog‘liq. Inson fikrlashining hissiy, obrazli, mantiqiy salmog‘i tafakkur jarayonining rivojlanish sur’ati bilan qanchalik aloqador bo‘lsa, uning sifat yo‘nalishlari bilan ham shunchalik bog‘liq. «Maqsad, vazifalari o‘zga shaxslar tomonidan belgilab qo‘yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan holda boshqalar- ning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan jarayonda ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mustaqil tafak- kurga ega bo‘lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadilar. Ularning tafakkuri ...o‘sish-rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaq- il fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behaf- sala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qaramligi, muteligi 71 jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, alohida odam uchun fojiadir» 31 , – deydi taniqli psixolog E. G‘oziyev. Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bog‘liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyalar yaratil- gan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday fikr sermahsul, samarali hisoblanadi. Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda bajarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati (ishning pishiqligi, asoslarning kuchliligi) – tafakkur mustaqilligi darajasini o‘lchash mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ish jarayonida inson aqlining faoliyati uning o‘zi tomonidan kuzatilmaydi. O‘quvchilarda fikrlashning mustaqilligi darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish o‘qituvchining vazifasi. Buning uchun o‘qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayoni- ning har bosqichida har bir o‘quvchi shaxsi, intellektual imkoni- yatlari, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi. Bola yosh bosqichlariga ko‘ra turfa qiziqishga ega bo‘ladi, o‘ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat ko‘rsatadi, borliqqa munosabati ham har xil bo‘ladi. Beshinchi, oltinchi sinf o‘quvchilari – kichik o‘smir yoshidagi bolalarning o‘qituvchilar va bir-birlari bilan o‘zaro munosabatida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu davrda faollikning xususiy shakllari kuzatiladi, ularning intellekti o‘zini namoyish eta bosh- laydi. 11 – 13 yoshli bolalarning ko‘pchiligi o‘qishga beparvolik bilan qaraydilar: o‘zlarini oshiqcha qiynamaydilar, uy vazifasini berilgan topshiriq darajasidagina bajaradilar, ba’zan shuni ham qil- maydilar. Ko‘pincha, o‘zlarini ovutadigan boshqa narsalarni o‘ylab topishga moyil bo‘ladilar. O‘smir yoshidagi o‘quvchida boshlang‘ich maktab bola- siga xos bo‘lgan insonni baholashdagi biryoqlamalik kamayadi. 5 – 7-sinf o‘quvchisini shaxsning axloqiy sifatlari, uning ichki dun yosi, xarakterining shakllanishi va bunga turtki bo‘lgan omillar qiziqtiradi. Ammo o‘smir hali adabiy qahramonni uning shaxsiga xos bo‘lgan barcha jihatlar bilan yaxlit qabul etish va baholash- ga qodir emas. U ko‘pincha qahramonning biror fazilatiga taya- nib shaxsini baholaydi. O‘rta maktabning dastlabki bosqichidagi bolalar fikrlashida anchagina sabrsizlik seziladi. Bu davrda ular 31 G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1990. 60-bet. 72 73 darsda bajari ladigan ishlarning tezligiga ehtiyoj sezadilar, oradagi bo‘shliqlarni qiynalib o‘tkazadilar. Qiyin, murakkab vaziyatlarning uzoq saqlanishini yoqtirmaydilar. Shunisi xarakterliki, bu yoshdagi bolalar ning ko‘pchiligi berilgan topshiriqni yoki bir o‘tirishda qo- yillatib hal qiladilar yoki umuman bajarmaydilar. Bu bosqichdagi o‘quvchilar bilimlarni o‘ta maydalangan, tay yor holda qabul qilishni xushlamaydilar. Ayrimlar vazifani ko‘chirmasdan o‘zlari yechishga moyil bo‘ladilar, agar topshiriqni o‘zlari hal qila olishlariga ko‘zlari yetsa, ustozining qo‘shimcha tushuntirishlaridan qochadilar. Ba’zan ularning fikr ifodalashlarida mustaqillikni ham ilg‘ash mumkin. Mustaqil fikr aytish istagi, o‘rganganlari orasidan o‘zinikini ajratib ifodalashga harakat 5-sinf bolasida ham kam uchray- di. O‘quvchilarning bunday xulqi shaxs taraqqiyotining yangi pog‘onasiga ko‘tarilishi bilan izohlanadi. O‘smirlar ko‘proq oltin- chi sinfdan boshlab o‘zlarida mustaqil fikrlash sifatini namoyon eta boshlaydilar. Bolalarning bu davrdagi jismoniy va aqliy rivojlani- shi tafakkur faolligi xarakterini ham o‘zgartiradi: ularni mustaqil aqliy zo‘riqishga undaydigan topshiriqlarga boy darslar ko‘proq o‘ziga torta boshlaydi. Bu hol, avvalo, har bir predmet bo‘yicha alohida o‘qituvchi bo‘lishi, o‘qituvchiga munosabatning tubdan o‘zgarishi va o‘quvchi mustaqilligining ortishi bilan izohlanadi. O‘smir yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan faoliyatga moyillik, ishtiyoqning zo‘rligi, mustaqillikka intilish shaxslik shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab ta’limi o‘rta bosqichining birinchi bo‘g‘ini – 6-, 7-sinf- lar o‘quvchilarida mustaqillikning shakllanish davri hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalar boshlang‘ichdagi kabi intizomli o‘quvchi bo‘lib, talab etilgan topshiriqlarni bajarishdan ko‘ra o‘z kuchini o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan narsalarga sarflashni xush ko‘radilar. O‘quvchilarda ayrim ishlar va amaliy topshiriqlarni mustaqil baja- rishga moyillik kuchli bo‘ladi. Bu davrda o‘quvchini avvalgi bos- qichlarda uchramagan topshiriqlar ruhlantiradi. Katta maktab yoshidagi (8 – 9-sinf) o‘quvchilarda (15 – 16 yosh) inson tuyg‘ularini, uning dunyoqarashini tushunishga bo‘lgan qiziqish ortib boradi. To‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini o‘smirlar bilan taqqoslab ularda nazariy fikrlarning rivojlangan- ligini payqash qiyin emas. Bu yoshdagi o‘quvchilarda har xil 73 muammolarni o‘zlaricha mustaqil hal qilishga intilish kuchayadi. O‘zaro tortishuv lar, munozaralar, har xil muhokamalarda qatna- shish o‘quvchining tabiiy ehtiyojiga aylanadi. Sinflar yuqorilab borgan sari bolada tanqidiy mulohaza kuchayadi. Ma’lumki, darsga tegishli bo‘lmagan biror qiziqarli hayotiy mavzu va hodisalar, kino yoki futbol o‘yinlari kabilar muhokama qilinganda o‘quvchilarning tillari «echilib ketadi». Bunday vazi- yatlarda ularning juda ko‘p narsa bilishlari ma’lum bo‘ladi. Shu- ning uchun darsliklarda bolalarning tabiati va yosh xususiyatlariga mos keladigan qiziqarli materiallar berilishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan tarzda turfa bo‘lishi o‘quvchilarni faollashtiradi. Maktab davrining bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish jarayo- nida bolalarda shunchaki evolyutsion o‘zgarish emas, balki si- fat jihatidan bir yangilanish yuz beradi. Bu jarayonda o‘quvchi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha ko‘rsatish mumkin. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy rivojlanishi bilan beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar nomutanosibligi, bilimlarning hamisha ham mantiqqa asoslanmagani, oila bilan maktab tarbiyasi o‘rtasidagi tafovut; 5 – 7-sinf o‘quvchilariga xos bo‘lgan harakatchanlik bilan intizom tizimining nomutanosibligi, ishtiyoqning zo‘rligi, ayrim murak- kab muammolarni mustaqil hal qilishga bo‘lgan moyillik, erkinlik, mustaqillik sari intilishning balandligi bilan ta’lim-tarbiya jara- yonidagi bir xillik, sustlik; 8 – 9-sinf o‘quvchilaridagi odamlarga, atrof-muhitga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi hamda ta’lim jarayonida bunday intilishlarni qondirish imkoniyatining ye- tishmasligi, tabiiy taraqqiyot bilan ta’limiy-tarbiyaviy jarayon ora- sidagi nomutanosiblik singari jihatlar ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, bolalar maktabgacha bo‘lgan davrida favqulodda ijodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladilar. 5 – 6 yoshida ona tilini to‘liq o‘zlashtirib oladilar, o‘zlarining amaliy faoliyatlari va borliqni ang- lashlari uchun zarur bo‘lgan har xil ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Ularning bu davrdagi taraqqiyoti, odatda, muntazam o‘qitish ish- larisiz, kattalar va tengdoshlari bilan tabiiy muloqoti jarayonida amalga oshadi. Bolalar maktab hayotiga kirib kelganlarida, ular- ning faoliyati dasturlar asosida tizimli bilim olishga o‘tganda bir qadar o‘zgaradi. Bu o‘qish-o‘rganish jarayonida tabiiylikning bu- 74 75 zilgani, unga sun’iylik aralashuvi tufayli sodir bo‘ladi. Bola mak- tabga kirgach, uning mustaqilligi, o‘z intellektual darajasidagi fikr- lashi va ixtiyoriy faoliyati ma’lum darajada cheklanadi. U maktab talablariga muvofiq ravishda ish yuritishga majbur etiladi. Bolalarga bu tarzda singdirilgan bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy sifatlar ularni doimiy ma’rifiy xizmat ko‘rsatilishga muh- toj iste’molchiga aylantirib qo‘yadi. Bunday ta’lim boladan bilim- larni mustaqil ravishda ijodiy o‘rganishni talab qilmaydi. Bir ne- cha yillik shunday o‘qitish natijasida bola mustaqil fikrlamaydigan kimsaga aylanadi. U har qanday aqliy zo‘riqishdan o‘zini tortib, bunday yumushlarni yaqinlari bo‘lmish o‘qituvchi, ota-ona, o‘rtoqlarining zimmasiga orta boshlaydi. Bunday bolalar, tabiiyki, biror ishni bajarishdan zavq, lazzat yoki qoniqish tuymaydilar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling