Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ta’minlash. O‘quvchi ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadida 
badiiy asar tahlili jarayonida ular matnda aks etgan voqea-hodisa-
lar, qahramon shaxsi, xatti-harakati, iztiroblari, xursandchiligi 
borasidagi muhokamalarda fikr aytishga, biror qarash yoki faoli-
yatni yoqlash yoxud qoralashga undaladi. Bu ish asar matni yuzasi-
dan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ko‘magida, muammoli vazi-
yatlar yordamida amalga oshiriladi. Savollarga javob berish asno-
sida o‘quvchi asar matniga murojaat qiladi, izlanadi, o‘rtoqlarini 
eshitadi, o‘z qarashlarini aytadi, uni boshqalarniki bilan solishti-
radi, nazorat qiladi, xulosalar chiqaradi. Mana shunday faoliyat 
jarayonida o‘quvchi o‘z ma’naviyatini shakllantirish, o‘z-o‘zini 
tarbiyalash yo‘lida mehnat qiladi. 
Adabiyot odoblar xazinasidir va bu xazinaga o‘quvchining o‘z 
ixtiyori bilan kirishini ta’minlash orqali adabiyot darslarida asar-
lar ustida ishlash, munosabat bildirish mobaynida o‘z-o‘zini tarbi-
yalashini amalga oshirish mumkin bo‘ladi;


62
63
o‘quvchiga kashf etish lazzatini tuydirish. Badiiy asarga 
uning muallifi tomonidan singdirilgan, darslik yaratuvchilar to-
monidan ilg‘angan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o‘quvchi o‘zi 
uchun o‘zi kashf etishi kerak. O‘quvchiga asar qahramonlariga 
xos ma’naviy sifatlarni matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriq-
lar ko‘magida kashf etish imkoni yaratilishi lozim. Kashf etish 
hamisha lazzatli, o‘quvchilarga ham ana shu lazzatni tuyish imko-
nini berish kerak. Kashf etish lazzati o‘quvchini asar mohiyatiga 
chuqurroq kirishga, yangi-yangi topilmalar qilishga undaydi. Odam 
o‘ziga huzur bergan ishni yana va yana qilgisi, uni chuqurlashtirib, 
o‘sha huzurni qayta tuygisi keladi. Adabiyot darslarining insonga 
xos bo‘lgan mana shunday tabiiy sifatlar bilan hamohang kechishi 
o‘quvchi shaxsiyatida sog‘lom ma’naviyat kishisini tarbiyalaydi;
pedagogik hamkorlikni ta’minlash. Adabiyot darslarida 
o‘qituvchi hokim emas, balki hamkor bo‘lishi kerak. Bilimlarni 
o‘zlashtirish va tarbiyalanish o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligida 
o‘quvchining o‘zi tomonidan amala oshiriladi. O‘qituvchining 
darsdagi asosiy vazifalari asarni ifodali, ta’sirli o‘qib berish va 
asar matni yuzasidan darslikda berilgan yoki o‘zi tuzgan savol-
topshiriqlarga e’tibor tortib, javoblarni, bildirilayotgan fikrlarning 
mantig‘i, mustaqilligi, asoslanganligi, tanqidiyligi, chuqurligi da-
rajasini nazorat qilishdan iborat. O‘qituvchi zarur bo‘lib qolganda, 
o‘z munosabatini katta yoshli va tajribali hamkor sifatida bildiri-
shi, o‘quvchilarning fikr aytishiga imkon berishi, ularda munosabat 
uyg‘otishi kerak. Dars jarayoni subyektlarning birgalikdagi faoli-
yatiga aylanishi lozim;
asar qahramonlariga obraz emas, inson deb qarash
Ma’naviyatning sog‘lomlashuviga yo‘naltirilgan adabiyot darslari-
da har bir adabiy qahramonni ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, 
jonli inson sifatida o‘rganish, uning ichki olami, kechinmalari, 
shodlik va iztiroblari, xatti-harakati zamirida shaxs mavjudligini 
anglash hamda uni tuyishga o‘rganish ustuvorlik qiladi. Badiiy 
timsolga o‘z shodligu iztiroblari bilan o‘quvchiga bevosita daxl-
dor shaxs deb qarash talab qilinadi. Badiiy asarda tasvirlangan o‘ta 
yomon odamning ham yaxshi sifatlari va juda yaxshi insonning 
ham o‘ziga xos kamchiliklari borligi ko‘zda tutiladi. Tom ma’noda 
yomon odam bo‘lmagani singari, ideal darajada yaxshi odam ham 
yo‘q. Asar qahramonini anglash yo‘lida berilgan savol-topshiriq-


63
lar, ijodiy insholar, mustaqil ishlar ko‘magida o‘quvchi insonni 
o‘rgana boradi. U orqali o‘zini taniydi; 
– adabiy asarlarda adib shaxsining aks etishini anglatish
Ma’lumki, har bir asar – bir insonning ijodi mahsuli. Hatto, xalq 
og‘zaki ijodi namunasini ham kimdir, qachondir yaratgan. O‘sha 
asar botiniga inson o‘z dardini to‘kadi, unga orzu-istaklari, hayo-
tining iztirobli yoki quvonchli lahzalarini joylaydi. Asar yaratuv-
chisi ruhiyatini his etish, uning shodlik va iztiroblarini tuyish 
ma’naviyatni poklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Matn ustida 
ishlashda asar qahramonlari kechinmalari va shaxsini baholash 
o‘quvchiga insonni o‘rganish, tanish orqali o‘zligini shakllantirish 
imkonini beradi. O‘quvchini o‘z shodligi, qayg‘u va iztiroblariga 
sherik qila olgan, uni loqaydlikdan chiqarib hamdardligiga sabab 
bo‘lgan adibni tushunish, yozganlarini o‘rganish orqali uning shax-
sini bilish bugungi adabiy ta’limning muhim jihatlaridandir. Asar 
qahramonlarini baholash o‘quvchilarda qilgan amallariga qarab 
atrofidagi odamlarga baho berish qobiliyatini shakllantiradi;
adabiyot darslarida o‘quvchini baholash. Hamonki ada-
biyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma’naviyat shakllantirar ekan, 
ko‘ngilga «yomon» baho qo‘yish, ma’naviyatni salbiy baholash 
unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida 
alohida ta’kidlanadi. Asarlar ustida ishlash mobaynida uning mo-
hiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikri va munosabatlarini asardan mi-
sollar keltirib asoslayotgan, mustaqil fikr bildirayotgan yoki bun-
ga intilayotgan o‘quvchiga yomon baho qo‘yilmaydi. Umuman, 
adabiy ta’lim jarayonida salbiy baholardan imkon qadar tiyilish
o‘quvchilarni bilimlari uchungina emas, ma’naviy qiyofalari uchun 
ham baholash lozimligi yodda tutilishi joiz. Zero, adabiyot mak-
tab ta’lim tizimidagi o‘zga predmetlarga o‘xshamaydi, shu bois 
uni o‘zlashtirganlik yuzasidan qo‘yiladigan baho bir qadar shartli 
bo‘lib, aslida o‘quvchi ma’naviyati baholanishi lozim. 
O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchini mustaqil mulohaza 
yuritishga yo‘naltiruvchi topshiriqlar berib, bilimini tekshirar ekan, 
u yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish bilan birgalikda uning sababla-
rini aniqlashga e’tibor qaratishi va ulardan qutulishga yo‘naltirishi 
lozim. Masalan, «Menga yoqqan tasvir» mavzusida insho yozish 
topshirig‘ini olgan o‘quvchi ijodiy ishni boshlashdan oldin asar 


64
65
matnidan o‘ziga yoqib qolgan, mazmunan boy va qiziqarli tasvirni 
ajratib oladi. Inshoda tasvirga mos sarlavha qo‘yiladi, tasvirning 
asar umumiy mazmuniga ta’siri; uning badiiy qiymati; bu tasvirni 
tanlash sabablari, u o‘quvchida qanday fikr va tuyg‘ular uyg‘otgani 
kabi masalalar yoritiladi.
O‘quvchi asardagi biror tasvirni ajratib olish uchun uni qayta-
qayta o‘qiydi, o‘ylanadi, izlanadi. Tanlangan tasvir tahlil qilinadi. 
Tasvirni o‘rganishdan olingan taassurotlar, fikr va tuyg‘ular ifo-
dalanadi. Bunday ishlarning darajasi qanday bo‘lishidan qat’i na-
zar, ularga yomon baho qo‘yilmaydi. Odatda, o‘quvchilar yozgan 
ishlarida darslik mualliflari yoki o‘qituvchining timsollar haqidagi 
fikrlariga yopishib olishadi. Ularning yozma ishni qanday bajarish-
ni bilmagani, o‘z fikrini ifodalashga o‘rganmagani, asar timsollari 
haqida o‘z qarashlarining yo‘qligi, matn mazmuni yoki timsollar-
ning qaysi o‘rni va jihati unga ta’sir etganini ajrata olmaganliklari 
bu holning asosiy sabablaridir. Bunday ishlarni tekshirishdan oldin 
o‘qituvchi tarbiyalanuvchilar badiiy asarni qanday o‘qigani va 
qan chalik tushunganini aniqlaydi. O‘quvchi bilan suhbat asnosida 
tushunilmagan o‘rinlar va uning sabablari aniqlanadi. Shu tariqa, 
o‘quvchi shaxsiyatida tafakkur mustaqilligi va ma’naviyatning 
sog‘lomlashuvi amalga oshiriladi. O‘quvchi ma’naviyatining 
sog‘lomlashuvi esa: «...o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatiga qar-
shi qo‘ymaslik, o‘zinikini afzal bilmaslikdir. Boshqalarning ham 
o‘zi singari inson ekanini his qilish va ularga daxl qilmagan, ha-
lal bermagan holda birgalikda yashay bilish san’atidir. Sog‘lom 
ma’naviyat – o‘zni yengmoq, o‘zning istagu mayillarini jilovlay 
bilmoq, ayni vaqtda o‘zlikni tanimoqdir. Sog‘lom ma’naviyat xud-
binlikni yenga bilmoqdir, makonda turib makoniy manfaatlardan
zamonda yashab zamoniy tuslanaverishlardan balandroq tura ol-
moq demakdir»
25
.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarida o‘quvchi shaxsi 
bosh qadriyatga aylansa, unga bilim berish bilan birga ma’naviy 
dunyosini shakllantirishga ham ustuvor qaralsa, o‘quvchi shaxsi-
yatidagi asosiy ko‘rsatkich bo‘lgan ma’naviyatning sog‘lomlashuvi 
jarayoni ham tabiiy ravishda tezlashadi. 
25
Yo‘ldoshev Q. O‘zlikni tanish – Allohni tanishdir. // «Tafakkur» jurnali, 1996 
yil 4-son. 22 – 27-betlar.


65

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling