Ona suti bilan boqishning dolzarbligi
Download 18,21 Kb.
|
Go\'dak sutining afzalliklari
ONA SUTI BILAN BOQISHNING DOLZARBLIGI Ko’krak suti go’dak hayotining dastlabki kunlari mobaynida muhim yagona ozuqa hisoblanadi. Go’dakka 6 oylik bo’lgunicha ko’krak sutidan tashqari hech qanday ovqat yoki suyuqlik hatto suv muhimligi ham sezilmaydi. Dunyoga kelgan yangi go’daklar o’z onalari yonida bo’lishlari va tug’ilganidan keyin bir soat ichida onasiga emizishga berilishi lozim. Bolani tez-tez emizish natijasida ko’krak suti ko’paya boradi. Odatda har bir ona go’dagini o’z ko’krak suti bilan emizishi kerak. Go’daklarni ona suti bilan boqish go’daklarni har xil infeksion kasalliklardan himoya qilinishiga yordam beradi. Shuningdek, bolani onaga, onani bolaga mehr rishtalari bilan bog’laydi. Go’daklarni shisha idishi bilan, so’rg’ich orqali emizish uning kasallanishiga, hatto nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin.Agar ona o’z bolasini emiza olmasa,chaqaloqqa ko’krak sutini yoki uning o’rnini bosuvchi sutli aralashmalarni toza yuvilgan idishlarda ichirishi kerak. Bolalar 6 oyli bo’lguniga qadar hech qanday qo’shimcha ozuqalarga muhtojlik sezmaydilar. Bolalarni 2-3 yoshga qadar emizishlari kerak. Agar ayollar uyidan uzoqroqda ishlasa ham bolani imkon qadar emizishga harakat qilishlari kerak. Har bir bola uchun hayotining yaxshi boshlanishi bu o’z onasining ko’kragidan sut emishidir. Ko’krak suti bolani yuqumli kasalliklardan ham saqlaydi. Ona organizmi har bir uyda mavjud bo’ladigan aksariyat mikroblarga qarshilik qobiliyatini vujudga keltiradi. Bu qobiliyat bolaga onaga ona suti orqali o’tadi. Bolaga birincha marta 30 minut ichida berilishi kerak. Bola juda oz emishi mumkin, ammo u ko’krak emishga o’rganadi. Tug’ilgandan keyingi bir necha oy davomida chaqaloq organizmining infeksiyalarga qarshi turish kuchi juda zaif bo’ladi va uni infeksiyadan himoya qilish zarur. Ko’krak suti go’dakni ich ketar, ko’ngil ozishi, nafas olish yo’llari kasalliklari, yo’tal va shamollash, quloq kasalliklaridan saqlaydi. Asta-sekin sut ayol ko’kragini to’ldiradi va og’iz sutidan keyin u suyuq ko’rinadi. Bu normal holat, sutda bolaga kerakli barcha narsalr bor. Agar chaqaloq emgandan keyin bezovta bo’lsa, bolalar shifokori maslahatiga olib borilishi lozim. Ona suti bilan oziqlanishning ruhiy afzalliklari:
Ona suti bilan boqishning afzalliklari: Ona suti: a) Yengil hazm bo’ladi; b) To’yimli ozuqa; v) Infeksiyalardan himoyalaydi; d) Suniy ovqatlardan ancha arzon turadi; Ko’krak bilan emizish:
Infeksiyadan himoya qiladi;
Chaqaloq tug’ruqxonadan chiqqanidan so’ng uchastka pediatri va patronaj hamshiralar quyidagilarga e’tiborli bo’lishi kerak:
Emizish qoidalari:
Download 18,21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling