Baliqlarni tabiy va suniy oziqlantirish Reja: Ozuqalar haqida umumiy ma’lumot


Download 47.78 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi47.78 Kb.
#1781195
  1   2   3   4
Bog'liq
Baliqlarni tabiy va suniy oziqlantirish Reja Ozuqalar haqida um


Baliqlarni tabiy va suniy oziqlantirish
Reja:

  1. Ozuqalar haqida umumiy ma’lumot.

  2. Zamonaviy tovar baliqchiligida baliqni samarali boqishning ahamiyati. Zamonaviy tovar baliqchiligida baliqni samarali boqishning ahamiyati.

  3. Oziqlantirish va baliqlarni oziqlantirish haqida umumiy tushunchalar

Organizmning hayoti faoliyatida oziqlanishning axamiyati juda katta. Organizmga kiradigan ozuqa uni rivojlanishining barcha bosqichlarida harakat, o‘sish, voyaga yetish, ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi. Shunday qilib, ozuqa iste’mol qilish tananing atrof-muhit bilan eng muhim aloqalaridan biridir. Individual rivojlanish davrida baliqda ikki xil ovqatlanish sodir bo‘ladi - endogen (tananing ichki resurslari xisobidan) va ekzogen (tashqi ozuqa xisobiga).


Baliqlarning deyarli barchasi hayotlarining ko‘p qismini ekzogen oziqlanadilar. Ammo, barcha baliqlarda, hayotning dastlabki davrida oziqlanish uvildiriqda va embrionni xosil bo‘dgandan keyin – ozuqa manbai sariqlik qopchasida sariqlik va yog‘ to‘plangan bo‘ladi (yendogenoziqlanish), shu moddalar xisobiga o‘sish ro‘y beradi. Voyaga etgan baliqlarda endogen oziqlanish davrlari ham mavjud, masalan, qishda boqilmaydigan yoki quruq ko‘lmaklarda yashaydigan baliqlar, shuningdek, urchish migratsiyasi davrida ko‘chib yuruvchi baliqlar ham mavjud. Bu vaqtda tashqi muxitdan oziqlanish to‘xtatiladi.
Endogen oziqlanish baliqlarni qishlash paytida metabolizmini jarayonlarini quvvatlaydi, ko‘chib yuruvchilarda esa, ular uzoq vaqt davomida oziqlanish joylaridan urchish joylarigacha (sulaymon baliq, ba’zi seldlar, ugor) va o‘sha paytda jinsiy mahsulotlarning yetishishida katta miqdordagi energiya sarfini qoplaydi, ya’ni organizmda avvalgi davrda to‘plangan energiya manbalari (birinchi navbatda yog‘lar) shakl o‘zgarishi ro‘y beradi.
Uzoq Sharq sulaymon balig‘ida va ugorda bu jarayon orqaga qaytmas bo‘ladi, tana shu qadar holsizlanadiki urchish davridan keyinbaliq nobud bo‘ladi.
Oziqlanishning ushbu ikki shaklining nisbati har xil turlarda farq qiladi. Oziqaning xilma-xilligiga ko‘ra, baliq monofaglar (bir turdagi oziqa bilan oziqlanadigan), stenofaglar (oziqa ob’ektlari spektori kichik) va evrfaglar (oziqaning turlarining kengligi) ni ajratsa bo‘ladi.
Baliqlarning ratsioniga qarab bir qator tasniflar mavjud. Birinchidan, baliqlar beozor va yirtqichlarga bo‘linadi.
Beozor baliqlar umurtqasizlar, o‘simliklar va detritlar bilan oziqlanishi mumkin. Bu baliqlar guruxiga planktofaglar (do‘ngpeshona) va bentofaglar (oqcha); fitofaglar (qizilko‘z, oq amur); detritofaglar (xramulya) kiradi.
Yirtqichlar baliq va ba’zida boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan ham oziqlanadilar. Biroq, bu taqsimot nisbiydir: ko‘plab baliqlar (oddiy sazan), ba’zida bentofaglar plankton bilan oziqlanishga o‘tishi mumkin va o‘txo‘r baliqlar odatdagi ozuqa bo‘lmaganda yirtqichlarga aylanadi.
Turli xil baliqlarning ma’lum bir ozuqa turiga moslashishi ozuqa hazm qilish tizimi og‘iz, oyquloqlari, xalqum, ichaklarining tuzilishida aniq namoyon bo‘ladi. Ontogenez paytida ozuqaning o‘zgarishi morfofiziologik o‘zgarishlar bilan birga sodir bo‘ladi.
Oziqlanish tabiatining o‘zgarishi bir qator biotik va abiotik omillar bilan bog‘liq: yoshi, jinsi, yetuklik darajasi, sog‘lomlik holati, yilning fasli va boshqalar.

Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling