Baliqlarni tabiy va suniy oziqlantirish Reja: Ozuqalar haqida umumiy ma’lumot
Baliqlarni oziqlantirish haqida umumiy tushunchalar
Download 47.78 Kb.
|
Baliqlarni tabiy va suniy oziqlantirish Reja Ozuqalar haqida um
Baliqlarni oziqlantirish haqida umumiy tushunchalar. Normal o‘sish va rivojlanish uchun baliq ma’lum miqdor va nisbatdagi ozuqa moddalariga muhtoj. Baliq ehtiyojlariga muvofiq ozuqa tarkibida muhim almashinmaydigan aminokislotalardan tashkil topgan oqsil, yog‘lar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ozuqaga bo‘lgan ehtiyoj baliq yoshi, vazni, suv harorati va boshqa atrof-muhit omillariga qarab o‘zgaradi.
Losossimonlar, karpsimonlar va boshqa ba’zi baliqlarning muhim aminokislotalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash orqali (Halver and Shanks, 1960) ozuqadagi oqsil tarkibini optimallashtirish mumkin bo‘ldi. Shuningdek baliqlar to‘yinmagan yog‘ kislotalarga, ayniqsa linoleik va linolenik yog‘ kislotalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlangan (Poston and Zivingston, 1974). Uglevodlarning ahamiyati ham ma’lum, biroq ular issiq qonli hayvonlar singari ahamiyatli emas. Baliq nisbatan keng doiradagi makro va mikroelementlarga muhtoj. Baliq oyquloq to‘qimalari yordamida suvdan kalsiyni olishi mumkinligi aniqlangan. Odatda ozuqalarda fosfor yetishmasligi bilan yetarli miqdorda kalsiy bo‘ladi. Kamida 15% baliq uni bo‘lgan omuxta yemlar minerallar bilan yaxshi ta’minlanganligi odatda tan olingan. Baliqlar shuningdek vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarga muhtoj. Bugungi kunga qadar baliqning 15 ta vitamin va vitaminga o‘xshash moddalarga ehtiyoji aniqlangan. Yosh o‘tgan sari metabolizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, baliq ozuqasini 2 guruhga ajratiladi: 1- boshlang‘ich (yosh) va 2 – maxsuldor (bir yozli va undan katta yoshdagi baliqlar uchun). Boshlang‘ich ozuqa tarkibida 45-55% protein, 15% gacha yog‘, 10-12% minerallar, 30% gacha uglevodlar va zarur vitaminlar majmuasidan iborat. Mahsuldor ozuqa tarkibida oqsil va yog‘ miqdori kamligi bilan farqlanadi. (Halver,1960, Phillips,1970, Kanidev, Gamыgin, 1974). Baliq ozuqasi bir necha ozuqaviy tarkibiy qismlarning aralashmasidan iborat bo‘lib ozuqa aralashmasi deb ataladi. Ozuqa aralashmasida baliq uni, mol talog‘i, kunjaralar, go‘sht va sut chiqindilari mahsulotlari, don va donni qayta ishlash chiqindilari, dengiz qisqichbaqasimonlaridan olingan un, mollyuskalar, suv o‘tlari, fosfatidlar, o‘simlik yog‘i, vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar qo‘llaniladi. Ozuqa aralashmalari donador va pasta shaklida tayyorlanadi. Zamonaviy baliqchilik xo‘jaliklari asosan quruq un qorishmalarga asoslanadi va bu tarkibiy qismlardan granulalar shaklida tayyorlangan ozuqa aralashmalari qo‘llaniladi. Donador ozuqa aralashmasi omuxta yem (kombikorm)deb ataladi. Quruq omuxta yem ozuqasi iloji boricha zamonaviy baliq ishlab chiqarish talablariga to‘liq javob beradi. Omuxta yemlarda doimiy kimyoviy tarkib va kafolatlangan samaradorlik osongina ta’minlanadi. Pastasimon aralashmalar samaradorligi pastroq. Ularning asosiy kamchiligi ozuqa elementlarining nomutanosibligi. Mol talog‘i va baliq farshiga asoslangan ozuqa aralashmalari nisbatan past protein darajasiga va yog‘ miqdorining ko‘pligi bilan izoxlanadi. Pastasimon ozuqa aralashmalarida muhim aminokislotalarning nomutanosibligi oziqlantirish samaradorligini cheklovchi asosiy omil hisoblanadi. Granulalangan ozuqada oqsil miqdori 43 va 38% va pastasimon ozuqada 30% bo‘lganida, bir yillik xonbaliqning o‘sishi mos ravishda 209, 140 va 37 grammni tashkil etdi. Oqsil miqdorining pastligi uning ozuqa aralashmasidagi ulushini ko‘paytirishi bilan qoplanmaydi. V. Shteffens (1966) tajribalarida oqsil miqdori 35, 37 va 44% bo‘lgan, 1 kg o‘sishi uchun mos ravishda 689, 575 va 571g omuxta yem sarf bo‘lgan bo‘lgan tajribalarda aniqlaganlar. Shu bilan birga, ozuqa moddalarining va energiya sarfi oqsil miqdori bilan teskari aloqadorligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, oqsil miqdorining pastligiga muvofiq ozuqa koeffitsienti 1,35, 1,50 va 7,18 mos kelishi aniqlangan.1 kg o‘sishga ozuqa oqsilining sarfi mos ravishda 423, 467 va 2047 ni tashkil etdi. Baliq tana biomassasini ko‘paytirish uchun ishlatiladigan ozuqa oqsilining miqdori mos ravishda 33, 29 va 7% ni tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, ozuqaning asosiy elementlari bo‘yicha muvozanatlangan donador granulalangan ozuqaning samaradorligi muvozanatsiz pastasimon ozuqa aralashmalaridan bir necha bor yuqori. Balanslanishning aniqligi va ozuqa tarkibiy qismlarining sifati juda muhim samaradorlik omilidir. Masalan, I. R. Brettning (1971) ma’lumotlariga ko‘ra, D. Xolverning retsepti bo‘yicha 6 xafta davomida nerkani granulali ozuqa bilan tana vazniga nisbatan 5-6% boqish, quruq tana vaznining 22%o‘sishini tashkil etdi, Klark kompaniyasining ozuqasi bilan tana vazniga nisbatan 6–7 % miqdorida boqilganda quruq tana vazni 17% va zooplankton bilan tana vazniga nisbatan 12% to‘yguncha boqilganda o‘sishi atigi 5% tashkil etdi. Ko‘rib turganingizdek, ikkita muvozanatlangan donador omuxta ozuqa sezilarli darajada farq qilgan, ammo ikkalasi ham zooplanktonga qaraganda 2-3 baravar samaraliroq. Ozuqa aralashmalarini muvozanatlashda kompyuterlardan foydalanish ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Kompyuterdan foydalanib xisoblab chiqilgan (RGM-3V), EHMdan foydalanilmagan (RG-2V) va muvozanatlanmagan (SP-2V) omuxta yem ozuqani sinovdan o‘tkazishda, 1 kg o‘sishga protein miqdori 587, 724 va 1993 ga teng miqdordagi omuxta yem sarf bo‘lgan, energiya qiymati mos ravishda 1 kg o‘sishga 14,3; 17,1; va 54,3 KJ to‘g‘ri keladi (Kanidiev, Romanenko, 1973). Muvozanatlangan aralash ozuqalardan foydalanish sanoat baliqchiligi sharoitida ayniqsa muhimdir. Baliqlarni o‘tqazish tig‘izligi yuqori zichlikda, metabolik mahsulotlarni oksidlash uchun suvdagi kislorod zaxirasini kamayishiga olib keladi, metabolik mahsulotlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, muvozanatlangan aralash ozuqalar sifati shuncha yomon bo‘lgan bo‘ladi. Baliqlarni boqish samaradorligining pasayishi ko‘pincha ozuqa tarkibida vitamin yetishmasligi bilan xam izohlanadi. Hozirgi vaqtda baliqning 15 ta vitamin va vitaminga o‘xshash moddalarga bo‘lgan ehtiyoji ma’lum. Vitamin yetishmovchiligining belgilari - ishtahaning yomonlashuvi, baliq o‘sishi, anemiya, oyquloq, teri kasalligi, jigarning yog‘li degeneratsiyasi, buyrakning, ichki organlarning qon talashishi va o‘limning ko‘payishiga olib keladi. Ozuqa aralashmasiga kiritilgan komponentlar tarkibida tabiiy vitaminlar yetarli emas. Shu munosabat bilan ozuqa tarkibiga maxsus polivitaminli premiks qo‘shimchalar kiritiladi. Rossiyada baliq yetishtirishda PF-1M, PF-1V va boshqa ba’zi retseptli multivitaminli premikslaridan omuxta yemlar tayyorlash uchun ishlatiladi (Kanidiev, Gamigin, 1976). Baliqchilik korxonalarida zamonaviy granulalangan ozuqadan foydalanishda ko‘p vaqt ozuqa bilan ta’minlanishga, tarqatib berishga taqsimlashga sarf bo‘ladi va bu taqsimlanishning maqbul chastotasi o‘stirilayotgan baliq vazni bilan teskari bog‘liqlikka ega. Ideal sharoitda baliq doimiy ravishda ozuqani olish va yutishga katta kuch sarflamaslik kerak. Biroq, ushbu shartning bajarilishi ozuqaning katta yo‘qotilishiga olib keladi. Shuning uchun amalda baliq yetishtirishda eng yuqori chastotali uzluksiz oziqlantirishdan foydalaniladi. Oziqlantirishning maksimal chastotasi ayniqsa faol oziqlanish davrida zarur. Baliq yetishtirish sanoatida zamonaviy standartlarga muvofiq, lichinkalar va baliq chavoqlarining boqish chastotasi kuniga 12 dan 24 martagacha (Bohl, 1974; Kanidev, Gamыrin, 1977). Kamalak xonbalik lichinkalari uchun optimal ovqatlanish chastotasi 12, chavoqlar uchun 10, biryozli uchun 8–9, bir yillik uchun 8 va undan katta yoshli baliqlar uchun, kunduzi 4-6 marta. Ko‘chib yuruvchi lososning shu yoshdagi guruhlarini boqish chastotasi ikki baravar baland. Karp baliqlarini omuxta yem bilan boqish chastotasi ham yuqori chastotaga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, karp lichinkalar va chavoqlarini boqish chastotasi 24, bir yozli baliqlar 20, bir yillik uchun 10 , ikki yozli va katta yoshdagi guruhlar kun davomida kamida 8 marta. Mexanik oziqlantiruvchi vositalardan foydalanish ozuqa samaradorligini oshiradi. Shunday qilib, sanoatlashtirilgan baliq ishlab chiqarish sharoitida, yetishtiriladigan baliqlarni oziqlantirish uchun asos maxsus retseptlarga muvofiq, quruq unga o‘xshash tarkibiy komponentlar asosida tashkil etiladigan omuxta ozuqa hisoblanadi. Uning samaradorligi protein, yog‘, uglevodlar, minerallar va vitaminlar darajasiga, shuningdek aminokislotalar, yog‘ kislotalari va vitaminlar balansiga bog‘liq. Download 47.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling