Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ba kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir
kosadan qo‘y suti ichsa dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi, dedi», – deya o‘ziga gapirganday sekin qo‘shib qo‘yishi, qulupnayni o‘g‘lidan so‘ray qolmagani boisini aniqlashga urinib ko‘rishlari kerak: «Atay o‘g‘lining oldiga chiqqan Umri xolaning qulupnay- ni bolasidan so‘rab qo‘ya qolmaganining sabablari haqida o‘ylab ko‘ring». Umri xola aslida bor ovqatni onasiga berdira olmagan o‘g‘ildan ukasi uchun bo‘lsa-da qulupnay so‘rashi mumkinmi yoki yo‘qligi haqida o‘quvchilar o‘ylab ko‘rishlari, onaning xatti-hara- katlarini shu jihatdan baholashga urinishlari zarur. Ayni vaqtda, xalqimizda, dunyodagi deyarli barcha millatlarda har qanday sha- roitda ham o‘g‘irlik yomon degan axloqiy qarash mavjud. Umri xola esa o‘g‘irlik qildi. Mayli, bemor o‘g‘li uchun bo‘lsa ham. O‘quvchilar onaning xatti-harakatlariga ma’naviy qozilik qi- lishga urinib ko‘rishsa, odam degan yaratiqni anglash va baholash o‘zi bo‘laveradigan yumush emasligini teranroq tushunishadi. Eh- 100 101 timol, o‘quvchilar asardagi baxtsizliklar sababchisi sifatida urush va uning yo‘qchilik, qashshoqlik, mehrsizlik singari oqibatlarini ko‘rsatar. Balki ayrim talabalar Shoikromni xasisligu, qasoskor- likda ayblar, ba’zilar betgachopar Xadichani ham fojia sababchisi deb anglar. Gap qotilni topishda emas, balki hikoyada tasvirlangan chinakam insoniy taqdirlarga beparvo bo‘lmay, astoydil munosa- bat bildirishda. Shuni aytish joizki, muallif asarida ona urushning so‘nggi qurboni, degan fikrni o‘tkazishga moyil. Asarning nomla- nishi ham shunga ishora. Ammo bugungi kun axloqi, badiiy matnga yangicha yondashish asnosida unga adib yuklamagan ma’nolarni ham kashf etish mumkin. Asar tahlilidan so‘ng uy vazifa sifatida 30 – 40 so‘zlik taassurot insho yozish talab qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. O‘quvchilar badiiy asar qahramonlarini tashqaridan kuzatishga emas, ichkari- dan tuyishga odatlantirilsalar, saodatli ish bo‘ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling