Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
ADABIY TA’LIM METODLARI, USULLARI, SHAKLLARI
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ADABIY TA’LIM METODLARI, USULLARI, SHAKLLARI
HAMDA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI Reja: 1. Adabiy ta’lim metodlarining mazmun-mohiyati. 2. Adabiyot o‘qitish shakllari va usullari. 3. Adabiyot o‘qitish metodlarining o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari. Bugungi adabiyot o‘qituvchisidan o‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi asosi bo‘lgan bir qator an’anaviy va mantiqiy metodlar (suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduk- tiv) bilan birga «fikriy hujum», «6x6» va hk. interfaol metodlardan ham samarali foydalana bilish talab etiladi. Ma’lumki, pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari «Umumiy pedagogika» kursida ta’lim metodlari va ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil bilim beriladi. Mazkur qo‘llanmada talabalarni takrorlar- dan qo‘rg‘ash maqsadida ta’lim metodlarining ayrimlaridan foy- dalanish yo‘llari badiiy asarlar misolida, namuna sifatida taqdim etilmoqda. Talaba bir-ikki metoddan amalda foydalanish haqida tasavvurga ega bo‘lsa, qolgan metodlardan ham o‘rni bilan shun- day foydalanaverish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim amaliyotida hamisha yetakchi o‘rinlardan birini egal- lab kelgan suhbat metodi o‘quvchi tafakkuri mustaqilligini ta’minlashda ham qo‘l keladigan metodlardandir. Metodika ilmida bu metodga bag‘ishlangan anchagina ishlar mavjud. Jumladan, A. Tojiyevning «Adabiyot darslarida suhbat» qo‘llanmasida adabiy ta’lim samaradorligini ta’minlashda suhbat metodining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilgan 33 . Bugun ta’limda yangi bilimlar, ma’naviy sifatlarning «kashf etilishi» o‘quvchilar ishtirokida o‘qituvchi tomonidan emas, balki o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘qituvchi ishtirokida amalga oshirilishi talab qilinmoqda. Bunday qayta kashfiyotlar asar ustida ishlash davomida o‘qituvchi va o‘quvchining jonli muloqotida, tom ma’nodagi izlanuvchi suhbatlarda amalga oshadi. Darsda yax- shi tashkil etilgan suhbatning ahamiyati shundaki, u yosh kitob- 33 Tojiyev A. Adabiyot darslarida suhbat. – T.: «O‘qituvchi», 1997. 88 89 xonning o‘qiganlariga o‘z munosabatini bildirish, qarashlari bilan o‘rtoqlashish kabi ehtiyojlarini qondiradi. Suhbatda ishtirok etgan o‘quvchi o‘z fikrlarini muhokama qiladi, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyorlanadi. Bu fikrning aniq va muayyan maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Suhbat jarayonida o‘quvchida o‘z fikrini aytish, uning to‘g‘riligiga ham- suhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug‘iladi. O‘quvchida o‘z fikrini isbotlash uchun asar matnidan dalillar topa bilish, misollar keltirish ko‘nikmasi shakllanadi, e’tiroz bildirishga odatlanadi. U hamsuh- batni eshitish, munozarada ishtirok etishga o‘rgatadi, o‘z bilimini chuqurlashtirishga ehtiyoj tug‘diradi, qiziqishlari doirasini kengay- tiradi. Adabiy asarlarni o‘rganishda suhbat metodi o‘quvchiga na- faqat bilimlar beradi va tarbiyalaydi, balki aqliy faoliyatga ham yo‘naltiradi. Suhbat xotirani, kuzatuvchanlikni, bilish jarayo- nini, tasavvur va hissiyotni faollashtirishga imkon beradi. Suhbat davomida har bir o‘quvchining individual jihati namoyon bo‘ladi. Adabiyot darslarida to‘g‘ri tashkil etilgan suhbatlarda bitta ma- sala bo‘yicha bir nechta o‘quvchi, ba’zan butun sinf fikr aytadi. O‘qituvchi tomonidan bitta murakkabroq, bolalarni o‘ylashga, munosabat bildirishga undaydigan mavzu o‘rtaga tashlanadi va suhbat asnosida shu masala ustida birgalikda ishlanadi. O‘qituvchi sinfning faoliyatini kuzata borib, uni yo‘naltiradi, shu bilan birga o‘quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi. Suhbat metodi adabiy ta’limning barcha bosqichlarida: kirish darslarida ham, badiiy asarni o‘zlashtirishda ham, uning tahlili mobaynida ham, yakunlovchi bosqichida ham qo‘l keladi. Ada- biyot darslarida suhbatning asosiy talablaridan biri – savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‘lishi. O‘quvchiga bir xil narsa bilan uzoq shug‘ullanish o‘ta salbiy ta’sir qiladi. O‘quvchini o‘ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan savollarni tayyorlayotganda o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasini nazarda tutishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, suhbat uchun tuzilgan savollar o‘quvchi ruhiy faoliyatining xilma-xilligini ham ta’minlashi kerak. O‘quvchining savolga javob berish uchun o‘ylanishi, esla- shi, tasavvur qilishi, izlanishi unda shaxslik sifatlari shakllanishida ju da foydalidir. Suhbat uchun tuzilgan savollar orasida o‘zaro 89 kuchli mantiqiy aloqa bo‘lishi kerak. Savol ko‘magida asardan o‘quvchi tomonidan kashf qilingan mantiq bilan asar muallifi fikrlari murakkab yaxlitlikni tashkil etishiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat davomida o‘quvchi asar haqidagi dalillarni aniq bilgan- dagina o‘z qarashlarini aytishi mumkin. Lekin ko‘pincha, bunday vaziyatlarda bilimning, dalilning o‘zi kamlik qiladi. O‘quvchi asar- ni mustaqil tahlil qila bilishi, xulosalar chiqara olishi kerak bo‘ladi. Asar matni yuzasidan izlanishga undaydigan tarzda tuzilgan savol- topshiriqlar ham shunga qaratilishi lozim. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy hazratlari: «Yaxshi savol yarim bilimdir», – deb bejiz ayt- magan. Yuqori sinflarda asar muallifi timsolini tushunish uchun suh- batlarning soni ham, doirasi ham kengayadi. O‘quvchilar ko‘p asarlar orasidan ayni adibning ovozi, uslubi, shaxsini ajrata olishi, unga yaqinlashishi, uni his qilishi lozim. Lirik asar yuzasidan tash- kil qilingan suhbatlar qaysidir o‘rinlarda muallif timsolidagi, uning fikr va tuyg‘ulari olami haqidagi suhbatlarga buriladi. Suhbatlar o‘quvchini qiziqtirgandagina uning shaxsiyati, ma’naviyati uchun samarali bo‘ladi. Odatda, bolalarga tushunarli bo‘lgani holda javob berish bir qadar qiyinchilik tug‘diradigan savollar qiziqarli tuyula- di. Ular – o‘quvchi uchun o‘ziga xos topishmoq. O‘quvchilarda emotsional holat hosil qilishda, eng asosiy yumush muhokamani bog‘lab turadigan boshlang‘ich savolni topish. Yuqori sinflardagi suhbatlarda beriladigan savollar nafaqat tez tasavvur qilish yoki matnni bilishni, balki zarur materialni tanlash, ularni tizimga solish, anglash, tahlil qilish va munosabat bildirish- ni ham talab qiladi. Suhbatlarda foydalaniladigan savollar har xil bo‘ladi: ayrimlari o‘quvchini asar matnini qayta o‘qishni, misollar ajratishni, dalillar topishni talab qilsa, ba’zilari asar matnini tahlil qilishni taqazo etadi. Ammo bu savollarning har biriga beriladigan javob mehnatni, aqliy va ruhiy zo‘riqishni talab qiladigan bo‘lishi o‘rinlidir. O‘quvchilar suhbat davomida savollarga hamisha ham asos- langan, jiddiy javoblarni beraverishmaydi. Savollarga o‘quv- chilarning to‘laqonli javob berishida o‘qituvchining yordamchi 90 91 savollari ham qo‘l keladi. Amaldagi 6-sinf «Adabiyot» darsligida X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asaridan parcha be- rilgan 34 . Shu asarni suhbat metodidan foydalangan holda o‘tish uchun «Muallif o‘quvchini Hoshimjonning tabiati bilan qanday tanishtiradi?» degan asosiy savol o‘rtaga tashlanadi. O‘quvchilar uning mohiyatiga chuqurroq kirishlari uchun esa: «Hoshimjonning tashqi jihati, xatti-harakatlarida qanday belgilar ko‘zga tashlanadi?», «Uning o‘rtoqlari bilan munosabatida qanday xususiyatlarni ko‘rish mumkin?», «Singlisiga munosabatida Hoshimjonning fe’lidagi qanday jihatlarni ilg‘adingiz?», «Uning onasi bilan munosabatlarida-chi?», «Hoshimjonning jurnalga baholarni o‘zi qo‘yganini tan olishini qan day baholash mumkin?» singari yordamchi savollar taqdim etiladi. Ular o‘quvchilarni asar matnini mustaqil ravishda tahlil qilib, mustaqil xulosalar chiqarishga, qarashlarini asoslashga ko‘maklashadi. Suhbatni yelvizak metod ham deyishadi. Undan badiiy asar ustida ish olib borish uchun har bir sinfda foydalanish mumkin. Yuqori sinflarda suhbat metodi o‘quvchilarning mustaqil ishlari va ma’ruzalari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Suhbatga tayyor- lanishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan jonli muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga, tayyorlagan savo- lini vaziyatga qarab o‘zgartirishga tayyor turishi joizdir. Suhbat metodida bilim berish ustuvorlik qilmaydi. Balki o‘quvchilarda olingan bilimlar, o‘zlashtirilgan fazilatlarni mus- tahkamlash, munosabat bildirish, tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash, uni asoslash, o‘z fikrida tura bilish xususiyatlari tarbiyalanadi. O‘qituvchidan birinchi savoldan keyin o‘quvchilar kayfiyatini ilg‘ab olish, savol tushunarli bo‘lganini his qilgan holda suhbatni yangi- yangi yo‘nalishlarga burish talab qilinadi. Suhbat metodi asosida tashkil qilingan darsning ichki tartibi shu tariqa yaratiladi. Suhbatni muvaffaqiyatli tashkil etishning shartlaridan biri – o‘quvchilarning javoblariga e’tibor va hurmat bilan yondashish. Javob berayotgan o‘quvchining fikrlari ba’zan chalkashib ketishi yoki noaniq bo‘lishi tabiiy. O‘qituvchining vazifasi uni butun sinf ga tushunarli qilib aytib berish emas. Bu adabiy ta’lim metodikasida mutlaqo noto‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. O‘quvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrini qiynalib, izlanib, 34 Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik-maj- mua. – T.: «Ma’naviyat», 2005; 10-b. 91 munosib so‘zlarni topib, o‘zi ifodalashi kerak. Uni boshidan shunga o‘rgatish lozim. O‘quvchining fikrini aytishga o‘rinsiz ko‘maklashish uni o‘ylamaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Agar yordam berish kerak bo‘lsa, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchining o‘z fikrini aniqroq ifodalashiga ko‘maklashish mumkin. Suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari na- faqat savolning to‘g‘ri qo‘yilishi, balki o‘qituvchining har xil xarak terdagi javoblar orasida o‘zini yo‘qotmay suhbatni boshqa- ra bilishiga ham bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan suhbatlarda o‘qituvchi-o‘quvchilar fikr va qarashlari bilan hisoblashadigan teng huquqli suhbatdoshlarga aylanadi. O‘qituvchi o‘quvchi javob- laridagi silliqlikni birinchi o‘ringa ko‘tarmasligi kerak. O‘qituvchi o‘quvchi javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to‘ldirib borishi ham noto‘g‘ri. Albatta, o‘quvchining xulosasi o‘qituvchining fik- ridek to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham adabiy ta’lim uchun olimnikidan qadrliroq, o‘qituvchinikidan qim- matliroq. Chunki u hech kimni – muallifni ham, muallimni ham takrorlayotgani yo‘q. Bu o‘quvchining o‘z mustaqil fikri, o‘z xulo- sasi. O‘quvchining fikr ifodalashida mantiq, madaniyat va bilimni ta’minlash, boshqalarning fikriga munosabatda aytganlari uchun javob bera olish hissini tarbiyalash o‘qituvchining vazifasi hisobla- nadi. Suhbat bu ovoz chiqarib mulohaza yuritish, bir savol atorfida birgalikda o‘ylashdir. Asar ustida ishlash jarayonida bo‘ladigan suhbatlar nafaqat ovoz chiqarib fikrlash, balki ovoz chiqarib his etish ham. O‘quvchilar hamisha tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq ifodalayvermaydilar. Asl tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni hamisha ham so‘zga ko‘chirib bo‘lmaydi. Tortishuvlar uchun vazi- yat yaratish suhbat jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlashini faol- lashtirishning muhim yo‘llaridan biridir. Suhbat jarayonida o‘qituvchining diqqati faqat bir nech- ta o‘quvchiga qaratilib qolsa, jamoa suhbati buziladi. Qolgan o‘quvchilar tezgina tinglovchilik mavqeiga o‘tib oladilar. Sinfda «suhbatda faqat a’lochi o‘quvchilar qatnashadi» degan qarash shakllanib qoladi. Chinakam suhbat o‘qituvchi savol berib, birinchi bo‘lib javob bergan o‘quvchining fikri bilan chegaralanib qolmay, boshqa o‘quvchilarning mulohazalari bilan ham qiziqish, barcha o‘quvchilarning fikrlarini eshitib bo‘lgachgina javoblar sifatini baholash bo‘lgan joyda amalga oshadi. Suhbatlarda o‘quvchilar 92 93 o‘zlarini teng huquqli suhbatdoshlar darajasida his qilgandagina maqsadga erishiladi. Suhbatdagi tenglik, shu bilan birga undagi tabiiylik, samimiylik, erkinlikni o‘qituvchi tashkil etadi. Sinfga tashlangan umumiy savol ba’zan ayrim yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollarni ham taqozo etadi. O‘qituvchi savol berayotganda ovoz ohangining tovlanishi ham suhbat samaradorligini ta’minlashga ko‘maklashadi. Savol ning berilish ohangi ba’zan o‘quvchiga javobning yo‘nalishini belgi- lashga ko‘maklashishi mumkin. Suhbatlar o‘qituvchining qizi qarli luqmalari, munosabatlari bilan jonli chiqadi. O‘qituvchi o‘zining noo‘rin savollari va luqmalari bilan o‘quvchilarda tuyg‘ular shakl- lanishiga halaqit berib qo‘yishi mumkinligini ham unutmagani ma’qul. U baland, hukmron ovozda gapirmasligi, hatto, eng jo‘n, qashshoq fikrlar aytilganda ham kulmasligi, o‘quvchilardan faqat to‘g‘ri fikrlashni talab qilmasligi kerak. Suhbat davomida shunday lahzalar bo‘ladiki, o‘qituvchining sukuti barcha xususiyatlari bi- lan savolga, luqmaga, bazan esa xulosaga teng bo‘ladi. Shu o‘rinda marhum metodist olim Ro‘zmon Keldiyorovning o‘qituvchi shax- siga qo‘ygan «Ehtiyot bo‘ling, qalb bor!» degan da’vatini qo‘llash juda o‘rinli bo‘ladi. Suhbatning yakunlangani savolning kun tartibidan tushib qolishi degani emas. Aksincha, o‘qituvchi tomonidan yaxshi tash- kil qilingan suhbatning yakunlanishi sinfda muhokama qilinadi- gan yangi-yangi savollarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Suhbat o‘zining tabiiy kuchi, samimiy insoniy muloqotga asoslanganligi bilan qadimiy metodlardan sanaladi. Suhbat metodini qo‘llash o‘quvchi tafakkuri va bilim olish- dagi mustaqilligining nisbatan baland darajasini ta’minlashi tayin. Mazkur metodda o‘qituvchining faoliyati o‘zlashtirilgan axborot- larni yodga soladigan savollar qo‘yish, tegishli topshiriqlar be- rish, qiziqarli savollar tuzish, bilimlarni yangi vaziyatga muvo- fiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan savollar berish, xu- losa chiqarishga undash, chiqarilgan xulosalarni asoslashni talab qilishdan iborat. O‘quvchining faoliyati esa vaziyatni tahlil etish, o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan savollarni qayd etish, ularga javob izlash, javob berish, yarim mustaqil va mustaqil xulo- salar chiqarish, fikrlarini asoslashdan iborat bo‘ladi. 93 Suhbat metodi o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan dialogik hamkorligini nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini qiziqarli tarzda bayon etish, o‘quvchilarni javob topish yo‘llarini izlashga, bilim va ma’naviy sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar tomonidan qayta kashf etilishiga jalb qilishdan iboratdir. 5-sinf «Adabiyot» darsligidan o‘rin olgan «Uch og‘a-ini botir- lar» ertagini 35 o‘rganishni suhbat metodidan faydalanib, quyidagi- cha tashkil etish mumkin. Kechagina boshlang‘ich sinfni tugatib, hali ertaklar dunyosi- dan uzulib ulgurmagan xayolparast bolakaylarning shaxs sifatida shakllanishida ertaklar muhim o‘rin egallaydi. «Uch og‘a-ini bot- irlar» ertagini o‘qishga kirishishdan oldin o‘qituvchi darslikdagi ikki ertak o‘qib o‘rganilgach, keyingi dars «Ertak darsi» bo‘lishini, unda o‘quvchilar o‘zlari ertak to‘qishlarini, ertaklarni o‘qiganda, ular ustida ishlaganda o‘sha ertak darsiga material yig‘ib borishlari lozimligini aytib o‘tadi. O‘qituvchi asar matnini ertakning aytilish ohangiga solib o‘qib beradi. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagini o‘qish uchun birin- chi darsning 25 – 26 daqiqasi sarflanadi. Qolgan vaqtni o‘qituvchi o‘quvchilarni matn mazmuni yuzasidan taqdim etilgan quyidagi savol-topshiriqlar ko‘magida suhbatga jalb etadi: «Ertakning «Uch og‘a-ini botirlar» deb atalishi sababini izohlang» topshirig‘i yuza- sidan o‘quvchilar hech qiynalmay fikrlarini bildiradilar. Bu top- shiriqqa javob berishni ko‘pchilik o‘quvchilar istashi oddiy hol. Ikkinchi topshiriq – «Otaning o‘g‘illariga aytgan: «Birinchidan, Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling