Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

rasa, Zulxumorning kamoli, oyday jamoli, oq yuzida xoli, yangi 
to‘lgan oyday ikki qoshi hiloli. Ravshanbek zehnini qo‘yib qarasa, 
yasangan hurday, tishlari durday, ko‘zlari yulduzday, qoshlari 
qunduzday, lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qay-
moqday, ikki yuzi oyday, tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, 
muhrlangan qog‘ozday yalt-yult etib o‘tiribdi. Zulxumoroyning bu 
yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – o‘n kam ikki yuz 
kokili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, bir yog‘ini kumush suv-
ga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday 
tingjirab, yaltirab o‘tiri...» tarzida keltirilgan. O‘quvchi Zulxumor-
ning ta’rifini o‘z so‘zlari bilan ifodalash uchun matndan mana shu 
bo‘lakni qayta o‘qishi va o‘zlashtirishi, uning mohiyatiga kirishi 
kerak. Asar ustida ishlashning keyingi bosqichlarida mana shu 
qism va unsurlarning o‘zaro aloqasi chuqurroq anglab yetiladi. 
Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash asosida 
bilim olishlarini ta’minlashda ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash 


81
muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir ada-
biyot darsi oldiga tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlan-
tiruvchi singari maqsadlar qo‘yilishi lozimligini ko‘zda tutadi. Bu 
xil maqsadlar to‘g‘ri belgilab olinsa, dars jarayoni shu asosda tash-
kil etilsa, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun ulkan im-
koniyatlar paydo bo‘ladi. Afsuski, dars jarayonida o‘qituvchining 
diqqat markazida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash 
emas, balki o‘z faoliyatini tashkillashtirish turadi. 
Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga 
o‘rgatishda dars shaklini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. 
Bunda o‘quv materialining mazmuni, hajmi, darsning o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadlari va qiyinlik darajasini belgilash; materialning 
o‘quvchi hayotiy tajribasi, ilgari o‘zlashtirgan bilimi va aqliy-
amaliy faoliyati bilan aloqasini o‘rnatish; o‘quvchining mustaqil 
ishlari va o‘quv topshiriqlari tizimini aniqlash; darsning jihozlarini, 
axborotlarning asosiy va qo‘shimcha manbalarini o‘rnatish ko‘zda 
tutiladi.
Adabiyot darslari sinfdagi o‘quvchilar bilan yalpi ishlash, ayni 
vaqtda har bir bolaning mustaqil faoliyatini birgalikda qo‘shib olib 
borish ko‘zda tutilgan holda, o‘qitishning jamoa, guruh yoki indi-
vidual shakllarida tashkil etilishi mumkin. Bundan tashqari, adabi-
yot darslarining maqsad va vazifalariga, mazmun va metodlariga 
mos keladigan tizim ham zarur. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling