O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar
Download 0.87 Mb.
|
7 o\'z tarix test javobi bilan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston tarixi 101-variant I BOB. l-§. IJTIMOIY-IQTISODIY OZGARISHLAR
- C) dehqon
- D) hukmdor
- A) Varaxsha
- C) qishloq jamoalari
- D) shaharlarning awalgidek savdo va hunarmandchilik markazlari bolmay qolganligi
KIRISH Ushbu test topshiriqlari 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi (A. Muhammadjonov, 2013-yil nashrijda berilgan mavzular ketma-ketligi asosida tuzib chiqilgan. Qo'llanma maktab o'quvchilari va abituriyentlarga o'rta asrlar davri tarixini o'zlashtirish jarayonida o'z bilimlarini mustahkamlashlariga, voqea-hodisalar mohiyatini chuqur anglab yetishlariga yordam beradi. Testlar variantlarga bo'lingan holda berilgan bo'lib, abituriyentlarning olgan bilimlarini Oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlarida qo'llay olishlari nazarda tutilgan. Kitob 31 variant yoki 1116 ta savoldan iborat. So'nggi 31-variant umumlashtiruvchi savollardan iborat. Qo'llanma maktab o'quvchilari, olimpiada qatnashchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari va abituriyentlar uchun mo'ljallangan. O'zbekiston tarixi 101-variant I BOB. l-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O'ZGARISHLAR 1. 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi qaysi davr tarixini yoritishga xizmat qiladi? A) IV-XVI asr boshlari B) V-XV asr oxirlari C) V-XV asr o'rtalari D) IV-XV asr o'rtalari 2. Quyidagi atamalardan qaysi biri ilk o'rta asrlarda mulkdor tabaqa vakillarini anglatgan? A) kadivar B) kashovarz C) dehqon D) chokar 3. Quyidagi atamalardan qaysi biri suv inshooti emas? A) akveduk B) charxfalak C) charxparrak D) chig'ir 4. "O'zbek" so'zining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) qishloq hokimi B) kuchli C) erksevar D) hukmdor 5. "Dehqon" atamasi ilk o'rta asrlarda qanday ma'noni bildirgan? A) "erkin ziroatchi" B) "qaram kishi" C) "qishloq hokimi" D) "oqsoqol" 6. Olqor (tog' echkisi) ovining ganchkor .bo'rtma tasviri qaysi yodgorlikdan topib o'rganilgan? A) Varaxsha B) Xolchayon C) Ayritom D) Afrosiyob 7. Qaysi atama ilk o'rta asrlarda yersiz, qaram kishilarni anglatgan? A) chokar B) kadivar C) kashovarz D) tudun 8. Ilk o'rta asrlarda o'z yerlarida ziroatchilik qiluvchi oddiy erkin qo'shchilar nima deb atalgan? A) dehqon B) kadivar C) yabg'u D) kashovarz 9. V asr o'rtalarida O'rta Osiyodagi ekin yerlarining katta qismi kimlarning qo'lida to'plangan edi? A) yirik zamindorlar B) erkin qo'shchilar C) qishloq jamoalari D) harbiy yo'lboshchilar 10.Ilk o'rta asrlarda qishloqlarnufuzining oshishiga nima sabab bo'lgan? A) shaharlarning gavjumlashuvi, hunarmandchilik va savdoning yuksalishi B) quldorlikning inqirozi natijasida qadimgi shaharlarning inqirozi C) yer egaligi munosabatlari shakllanishi natijasida qishloqlar savdo va hunarmandchilik markazlariga aylana boshladi D) yangi ekin maydonlarining ochilishi va ko'plab sug'orish inshootlarining qurilishi 11. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri ilk o'rta asrlarga xos emas? A) yerga egalik qilish shaklining o'zgarishi B) o'troq aholi va chorvador qabilalar o'rtasidagi aloqalarning rivojlanishi C) ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholining o'troq hayotga o'tishi kuchayishi D) shaharlarning awalgidek savdo va hunarmandchilik markazlari bo'lmay qolganligi 12. Ilk o'rta asrlarda chokarlar nima vazifani bajarganlar? A) dehqonlar mulklarini qo'riqlaganlar B) dehqonlar yerlarida ijarachi sifatida ishlaganlar C) diniy ibodatlarni boshqarganlar D) qishloq jamoalariga boshchilik qilganlar Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling