O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar


Download 0.87 Mb.
bet6/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.87 Mb.
#1828181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
7 o\'z tarix test javobi bilan

105 variant
1. Sharqiy turk xoqonligi tarkibiga kirgan hududlarni aniqlang.
1. G'arbiy Sibir 4. Urxun havzasi
2. Janubiy Sibir 5. Shimoliy Xitoy
3. Mo'g'uliston 6. Shar. Turkiston
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5
C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6
2. Turklar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan O'tukan vodiysi quyidagi qaysi hududda joylashgan edi?
A) Mo'g'uliston B) Janubiy Sibir
C) Shimoliy Xitoy D) Sharqiy Turkiston
3. Turkiy xalqlar yashagan hududlardan biri bo'lgan Urxun havzasi qaysi hududda joylashgan?
A) Mo'g'uliston B) Janubiy Sibir
C) Shimoliy Xitoy D) Sharqiy Turkiston
4. G'arbiy turk xoqonligi tarkibiga kirgan hududlarni aniqlang.
1. Janubiy Sibir 2. Urxun havzasi 3. Yettisuv 4. Sharqiy Turkiston 5.Sirdaryo havzasi 6.Amudaryo havzasi
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5
C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6
5. G'arbiy turk xoqonligi markazi qayerda joylashgan edi?
A) Sharqiy Turkistonda B) Oltoyda C) Dashti qipchoqda D) Yettisuvda
6. Sharqiy turk xoqonligi aholisining asosiy qismi nima bilan shug'ullangan?
A) chorvachilik B) hunarmandchilik C) savdo-sotiq D) dehqonchilik
7. Sharqiy va G'arbiy turk xoqonligi chegarasini ajratib turuvchi hududni aniqlang.
A) Chu daryosi B) Ili daryosi
C) Oloy tog'lari D) Tyanshan tog'lari
8. G'arbiy turk xoqonligining eng kuchaygan davrini aniqlang.
A) VI asrning so'nggi choragi
B) VII asrning birinchi choragi
C) VII asrning ikkinchi choragi
D) VII asrning uchinchi choragi
9. Xoqon To'ng yabg'u hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 603 —618-yillar
B) 612 —628-yillar
C) 618 —628-yillar
D) 618 —630-yillar
10.VII asr boshlarida G'arbiy turk xoqonligining janubiy chegarasi qayergacha borar edi?
A) Amudaryo havzasi B) Balx C) Hind havzasi D) Murg'ob havzasi
11.VII asr boshlarida G'arbiy turk xoqonligining sharqiy chegarasi qayergacha borar edi?
A) Oltoy B) Issiqko'l C) Qoshg'ar D) Sharqiy Turkiston
12.Xoqon To'ng yabg'u davrida G'arbiy turk xoqonligida qanday islohot amalga oshirilgan?
A) harbiy soha isloh qilingan
B) soliq tartiblari isloh qilingan
C) boshqaruv tartiblari isloh qilingan
D) qishloq xo'jaligi tartiblari isloh qilingan
13. Xoqon To'ng yabg'u islohoti nimadan iborat edi?
A) qabila oqsoqollarining ta'sirini kuchaytirish maqsadida ularga xoqon- likning "yabg'u" unvoni berilgan
B) chorvador turkiy qabilalar ham yasoq solig'i to'lashi majbur qilib qo'yilgan
C) viloyat hokimlari ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularga xoqon- likning "yabg'u" unvoni berilgan
D) mustaqil hokimliklar ustidan nazorat o'rnatish maqsadida ularga "tudun" unvoni berilgan
14.G'arbiy turk xoqonlari mustaqillikka intilayotgan hokimliklar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlar huzuriga xoqonlikning noiblarini yuborganlar. Ular nima deb yuritilar edi?
A) yabg'u B) tudun C) shod D) yabg'u xoqon
15.G'arbiy turk xoqonligining zaiflashishiga sabab bo'lgan asosiy omilni aniqlang.
A) Sosoniylarning tinimsiz uyushtirgan hujumlari
B) Sharqiy turk xoqonligi bilan bo'lgan doimiy nizo
C) arab xalifaligi qo'shinlarining hujumlari
D) ichki ziddiyat va kurashlarning kuchayib ketganligi
16.G'arbiy turk xoqonligining qaysi qismida konchilik yaxshi rivojlangan bo'lib, oltin, mis, temir va simob qazib olinar edi?
A) Farg'ona va Sug'd
B) Eloq va Choch
C) Ustrushona va Isfijob
D) Toxariston va Xuttalon
17.G'arbiy turk xoqonligining qaysi qismida VII asrda qo'rg'oshin, kumush va oltin qazib olinar edi?
A) Farg'ona B) Eloq
C) Sug'd D) Toxariston
18.G'arbiy turk xoqonligida qaysi hudud savdogarlarining mavqeyi juda baland bo'lgan?
A) Farg'ona B) Eloq C) Sug'd D) Toxariston
19.G'arbiy turk xoqonligi va Xitoy o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar ayniqsa qachon rivojlangan?
A) VI asr ikkinchi yarmida
B) VII asr birinchi yarmida
C) VII asr ikkinchi yarmida
D) VII asr o'rtalarida
20.G'arbiy turk xoqonligi va Xitoy o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlangan paytda turklar Xitoyga necha marta o'z elchilarini yuborganlar?
A) 5 marta B) 8 marta
C) 9 marta D) 12 marta
21. Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni qachon Xitoyga yetib boradi?
A) 612-yil B) 618-yil
C) 624-yil D) 627-yil
22.Ustrushona hozirgi qaysi hududga to'g'ri keladi?
A) Surxondaryo viloyati
B) Qashqadaryo viloyati
C) Toshkent viloyati va janubiy Qozog'iston
D) Jizzax va O'ratepa viloyatlari
23.Abruy boshchiligidagi xalq qo'zg'oloni O'rta Osiyoda qachon ro'y bergan?
A) 565 —576-yillar
B) 575 —583-yillar
C) 581-583-yillar
D) 585 —586-yillar
24.Abruy boshchiligidagi xalq qo'zg'oloni qayerda yuz bergan edi?
A) Samarqandda B) Buxoroda C) Naxshabda D) Ustrushonada
25.Abruy boshchiligidagi qo'zg'olondan vahimaga tushgan mulkdorlar va boy savdogarlar qayerga borib o'rnashganlar?
A) Choch va Eloq atrofiga
B) Samarqand atrofiga
C) Turkiston va Taroz atrofiga
D) Balx va Termiz atrofiga
26.Xalq harakatiga boshchilik qilgan Abruy qaysi oila vakili bo'lgan?
A) Buxorxudodlar vakili
B) Xorazmshohlar vakili
C) xoqon xonadoni vakili
D) Sug'd ixshidlari vakili
27.Xoqon tomonidan Abruy boshchiligi­dagi qo'zg'olonni bostirish uchun kim boshchiligida qo'shin yuborilgan?
A) El Arslon B) Qoracho'rin
C) Alp Arslon D) Kultegin
28.Abruy boshchiligida qo'zg'olon qanday natija bilan yakunlangan?
A) qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ko'plab kadivar va xizmatkorlar ozodlikka erishganlar
B) qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ko'plab yersiz kishilarga ayrim dehqonlarning yerlari bo'lib berilgan
C) qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan, kadivar va xizmatkorlar o'z xo'jayin- lariga qaytarilgan
D) qo'zg'olon mag'lubiyatga uchra­gan, uning ishtirokchilari barchasi qatl qilingan
6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI
29. VII asrda O'rta Osiyoda qancha mustaqil hokimliklar mavjud edi?
A) 10 ga yaqin B) 15 ga yaqin
C) 15 dan ortiq D) 25 ga yaqin
30. Ilk o'rta asrlarda qaysi hukmdor saroyida ajdodlar ruhi xotirasiga ibodatxona bino qilingan edi?
A) Buxorxudodlar
B) Xorazmshohlar
C) Samarqand ixshidi
D) Farg'ona ixshidi
31.V —VII asrlarda O'rta Osiyodagi mustaqil hokimliklar orasida eng kattasi qaysi bo'lgan?
A) Sug'd B) Toxariston
C) Farg'ona D) Choch
32.V —VII asrlarda O'rta Osiyodagi Sug'd boshchiligidagi nisbatan mustaqil davlatlar ittifoqi nechta mulkni o'z ichiga olar edi?
A) 8 B) 11 C) 14 D) 15
33.V —VII asrlarda qayerda o'tkazilgan xotira marosimida viloyat humkdorlarining barchasi ishtirok etar edi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Naxshab D) Kesh
34. Qachon hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg'adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo'shinni dubulg'alar bilan ta'minlaganlar?
A) 678-yil B) 689-yil
C) 705-yil D) 718-yil
35. Ilk o'rta asrlarda Toxariston nechta tog' va tog'oldi viloyatlaridan iborat bo'lgan?
A) 18 B) 25 C) 27 D) 29
36. Ilk o'rta asrlarda qaysi shahar Toxaristonning poytaxti bo'lgan?
A) Termiz B) Balx
C) Marv D) Naxshab

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling