14-15-§. SOMONIYLAR. SOMONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
27. Movarounnahr hukmdori
Somonxudodlardan bo'lgan Ahmad qachon vafot etgan?
A) 865-yil B) 867-yil
C) 870-yil D) 875-yil
28.Somonxudotning avlodlaridan Nasr ibn Ahmad davrida Movarounnahr markazi qilib qaysi shahar tanlangan?
A) Buxoro B) Kesh
C) Samarqand D) Shosh
29.Somonxudotning avlodlaridan Nasr ibn Ahmad qachondan boshlab Movaroun- nahrni nazorat qila boshlagan?
A) 865-yil B) 867-yil
C) 870-yil D) 875-yil
30.Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari butunlay qachon somoniylar tasarrufiga o'tgan?
A) IX asr ikkinchi choragida
B) IX asr o'rtalarida
C) IX asr uchinchi choragida
D) IX asrning so'nggi choragida
31.Ismoil Somoniy o'z akasi Nasr qo'shinlarini yengib, qachon butun Movarounnahrni o'z qo'l ostida birlashtirdi?
A) 885-yil B) 888-yil
C) 889-yil D) 890-yil
32.Somonxudot avlodlaridan qaysinisi birinchi bo'lib Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'rgan?
A) Nuh B) Ahmad
C) Nasr D) Ismoil
33.Somoniylardan kim birinchi bo'lib o'z nomidan kumush dirham zarb qildirgan?
A) Nuh B) Ahmad
C) Nasr D) Ismoil
34. Ismoil Somoniy qachon Taroz shahrini fath etib, Movarounnahrga muttasil hujumlar uyushtirib turgan dashtliklarga qaqshatqich zarba bergan?
A) 888-yil B) 890-yil
C) 891-yil D) 893-yil
35.Mu'tazidning xalifalik yillarini aniqlang.
A) 890-900-yillar
B) 891 — 901 -yillar
C) 892-902-yillar
D) 895-906-yillar
36. Somoniylar va Safforiylar o'rtasida urush chiqishiga sabab bo'lgan voqeani aniqlang.
A) xalifaning Ismo
ilga Xurosonni boshqarish huquqini berishi
B) xalifaning Amr ibn Laysga Movarounnahrni boshqarish huquqini berishi
C) xalifaning Xorazmni boshqarishni Safforiylarga berganligi
D) Ismoil Somoniyning Marvni bosib olishga urinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |