Andalusiyaning fath etilishi
Download 257.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXolmatov Shukurillo Ziyovidin o`g`li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`z va iboralar
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 541 ANDALUSIYANING FATH ETILISHI Xolmatov Shukurillo Ziyovidin o`g`li Farg`ona davlat universteti Tarix fakulteti magistranti Annotasiya:Mazkur maqolada Andalusiyaning hududi,arablar tomonidan fath etilishi,manbalarda qachondan Al-Andalus degan nom bilan atalishi,shimoliy Afrikaning egallanishidan boshlab,o`sha davrdagi arab xalifaligidagi siyosiy vaziyat haqida bayon qilingan.Bundan tashqari Andalusiyani fath etilishida Toriq ibn Ziyodni o`rni,uning harbiy mahorati,shuningdek Andalusiyadagi arab bosqinigacha bo`lgan davrda siyosiy vaziyat,Umaviylar va Abbosiylar o`rtasidagi toj-u taxt uchun kurash bayon qilingan.Andalusiyada ilm-fanning taraqqiy etishi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Kalit so`z va iboralar:Andalusiya,arab xalifaligi,Shimoliy Afrika,Ispaniya,Toriq ibn Ziyod,barbarlar,umaviylar,abbosiylar,ilm- fantaraqqiyoti,islom dini, musulmonlar, hukmdorlar, masjidlar, yevropa. Andalusiya (isp. Andalucía, arab. سلدنلأا)hozirgi zamonaviy Ispaniyaning janubiy, eng serhosil viloyati, avtonom hududdir. Markazi – Sevilya shahri. Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlanmagan.Lekin bir qancha ilmiy nazariylar o`z tahminlarini bildiradi. 41 Arablar 8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, oʻsha joylarni Andalusiya (al- Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda Iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka (Malaga) va boshqa], soʻngra karfagenliklarning manzilgohlari boʻlgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi oʻrnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) – Xaen, Kurtuba, Sevilya, Gʻarnataga boʻlingan. 42 Toponim al-Andalus birinchi bo'lib 716 yilda Iberiya yangi musulmon hukumati tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar bilan tasdiqlangan. Ushbu tangalar da, ikkita tilda ham yozilgan Lotin va Arabcha. Ismning etimologiyasi "al-Andalus"deb bitilgan. 43 711-yilda Shimoliy Afrika arablari Gibraltardan o`tib, Ispaniyaga bostirib kirdilar va uch yil davomida janubiy va markaziy viloyatlarni egalladilar, bu hududlarni Al-Andalusiya deb atadilar. “Andalusiya” janubiy mintaqa degan ma`noni anglatadi va u yerda hozirga qadar arablar ta`siri sezilib turadi 44 . Andalusiya janubi-g`arbda Atlantika okeani, janubi-sharqda O`rtayer dengizi bilan o`ralgan, janubda Gibraltar bo`g`ozi uni Afrika qit`asidan ajratib 41 Wikipediya.org internet elektron ensiklopediyasi 42 O`sha manba 43 Maykl L. Bates (1992). "Ispaniyaning Islomiy tangalari". Jerrilynn D. Dodds (tahrir). Al-Andalus: Islomiy Ispaniya san'ati. Metropolitan San'at muzeyi. p. 384 44 Лалагуна Х., Испания: История страны. –М.: Издательство Мидгард, 2009, ст. 329. Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 542 turadi. Tarixchi olimlar bu hududni Al-Andalusiya nomidan tashqari “Musulmon Ispaniyasi” yoki “Arab Ispaniyasi” deb ham atashadi. 7-asr oʻrtalarida. Xalifalikdagi diniy-siyosiy murakkabliklar (xalifa Ali va Muoviya oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash, umaviylar qoʻshilishi, xorijiylar qoʻzgʻoloni bilan yakunlangan) tufayli arab istilolarida tanaffus yuzaga keldi. A. z ning 1-bosqichi natijasida yaratilgan ulkan davlatni boshqarishni tashkil etish. 7-asr oxirida boshlangan arab istilolarining 2-bosqichida arablar Qayruan shahrini (670-yilda asos solingan) oʻz qoʻrgʻoniga aylantirib, Shimolni bosib oldilar. Afrika, 709 yilga kelib ular Tanjerga va Atlantika okeani qirg'oqlariga etib kelishdi. Umaviylardan bo`lgan xalifa Al-Valid I davrida, buyuk sarkarda Toriq ibn Ziyod u tarixda Arab bo`lmagan.U tarixda ko`proq Barbarlar nomi bilan tanilgan Amaziklar xalqidan chiqqan.Amaziklar xalqi islom uchun kurashgan ,buyuk islomiy xalqlardan biri edi.Toriq ibn Ziyod Shimoliy Afrika amiri Muso ibn Nusayrning sarkardalaridan biri edi. Kunlardan bir kun Tanjer amiri Toriq ibn Ziyod nomiga Marokashning Suyeta shahri hokimi Yulian ismli nasroniydan xat keldi. Yulianning Florinda ismli goʻzallikda tengi yoʻq qizi boʻlgan. Ota qizini Andalusiya saroyiga tahsil koʻrishi uchun yuboradi. Biroq oʻsha davrda yuz bergan davlat toʻntarilishi tufayli Andalusiya qiroli Vititsa taxtdan agʻdarilib, oʻrniga qirol Roderix keladi. Yangi qirol Yulianning qizini zoʻrlab, oʻziniki qilib oladi. Qiz otasiga xat yoʻllab, boshidan oʻtgan kulfatlarni bayon etadi. Tabiiyki, otaning qahri qaynab, zoʻravon qirolga xoinlik qilishga ahd qiladi. Musulmonlar ertami-kechmi Seut shahrini nasroniylar hukmidan ozod qilishini idrok etgan Yulian, Toriq ibn Ziyod bilan muzokaralar oʻtkazib, qiziq bir taklif kiritadi. Xususan, Yulian Tanjer amiri Toriq ibn Ziyodga Seut shahrini tinch yoʻl bilan topshirish, kemalarini amirga vaqtincha berib turish va musulmonlar qoʻshinini Andalusiya togʻlarining kishi bilmas soʻqmoqlari orqali olib oʻtishni taklif qiladi. Bularning evaziga u, agar musulmonlar Andalusiyani zabt etishsa, qirol Vititsaning yer-mulkini berishini soʻraydi. 45 Tariq ibn Ziyod bu haqda Musoga maʼlum qildi, u esa musulmonlarning oʻsha paytdagi xalifasi Valid ibn Abdulmalikka maktub yoʻlladi. Halifa Yulianning taklifini bitta shart bilan qabul qilishga ruxsat berdi: Yulianning soʻzlari nechogʻlik chin ekanligini tekshirish uchun razvedka otryadini yuborish kerak. Muso 500 kishilik otryad toʻplab, unga Tarif ibn Malikni qoʻmondon etib tayinladi. 91 hijriy yil (milodiy 710-yil)ning Ramazon oyida Tarif Gibraltardan oʻtib, Andalusning janubiy qismini oʻrgana boshladi va Yulian taqdim etgan axborot haqiqat ekanini koʻrdi. Shundan keyin Muso bir yil davomida qoʻshin tayyorladi va alaloqibat yetti ming kishilik lashkar toʻplandi. Andalusga yurishga rahbar etib Tariq ibn Ziyodni tayinladi. U arab va barbar tillarini aʼlo darajada bilgan, taqvodor inson edi. Qayd etish joizki, u qoʻshinga qoʻmondon etib arabni emas, balki barbarni tayinladi, sababi armiyaning asosiy qismini barbarlar tashkil etib, ularning hammasi ham arab tilini bilmasdi. Qo'mondon Tariq ibn Ziyod 711-yil 30-aprelda Gibraltarga qo'ngan kichik guruhga 45 A`zon.uz internet sayti Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 543 boshchilik qilib, go'yoki Vestgot fuqarolar urushiga aralashdi. 711-yil 19-iyulda Guadalete jangida qirol Roderixni qatʼiy magʻlub etgandan soʻng, Tariq ibn Ziyod va shimoliy Afrika voliysi Muso ibn Nusayr bilan birga yetti yillik yurish davomida Vesigot qirolligining koʻp qismini musulmonlar bosib oldi. Pireney yarim orolining katta qismi al-Andalus nomi ostida kengayib borayotgan Umaviylar imperiyasining bir qismiga aylandi. Al-Andalus Ifriqiyaga bo'ysunuvchi viloyat sifatida tashkil etilgan, shuning uchun dastlabki bir necha o'n yilliklarda al-Andalus hukmdorlari Damashqdagi xalifa tomonidan emas, balki Qayruan amiri tomonidan tayinlangan. Viloyat poytaxti Kordovada joylashgan. Dastlabki istilo paytida Toriq boshchiligidagi kichik qo'shin asosan berberlardan iborat bo'lsa, Musoning 12 000 dan ortiq askardan iborat arab qo'shinlariga bir guruh Mavlaviylar , ya'ni arab bo'lmagan musulmonlar hamrohlik qilgan. Toriqga hamroh bo'lgan berber askarlari yarim orolning markazida va shimolida, shuningdek Pireneyda garnizonlarga ega edi. 46 Shunday qilib Arab xalifaligi Ispaniyaning katta qismini fath etishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda “Musavvar tarixi Islom” asarida quyidagi maʼlumotlar bor: “Andalus qitʼasi Umaviylar davrida, Abdumalik zamonida fath etilgan edi. Va shul kundan buyon Umaviya davlatining bir viloyati abbosiylardan Abdulloh Saffohga magʻlub boʻlgach, hukumat umaviylar qoʻlidan chiqib, abbosiylar qoʻliga oʻtdi... Abbosiylarning Umaviylarga qilgan zulmlaridan achchiqlanib, Andalus musulmonlari Abbosiya davlatini tan olmay qoʻydi. Oʻzlariga mustaqil bir hukumat tuzishga qaror berdilar” 47 Bu mustaqil davlat 750 yili qaror topib, «Qurtuba saltanati» nomi bilan mashhur bo‘ldi. Unda o‘n to‘rt rahbar hukmronlik qildi. Andalus hukmdorlari ham ilm-fanga homiylik qilgan, o‘zlari diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor edi. Ularning saroylari ilm ahli bilan doimo gavjum, muntazam ilmiy majlislar, munozaralar o‘tkazilar edi. Bu davralarda hukmdor va amaldorlarning farzandlari ham ishtirok etardi. Andalusning birinchi hukmdori Abdurrahmon (756-788 yillar) dastlab ichki nizolarni bartaraf etib, Frantsiya qiroli Pipin va boshqa tashqi dushmanlar hujumini qaytardi. Tinchlik qaror topgach, mamlakatni isloh qilishga kirishdi. Oldin uni oltita viloyatga bo‘lib, ularni muntazam yo‘llar bilan poytaxt Qurtuba shahriga bog‘ladi. Kanallar, suv yo‘llari qazdirdi. Yurt obod bo‘ldi. Qurtuba va boshqa shaharlarda katta-katta madrasa va masjidlar, kasalxonalar qurildi. Abdurrahmon Andalusni dushmanlardan himoya qilish uchun qal’a va istehkomlar barpo ettirdi. Yurt mudofaasi va tijorat uchun kemalar yasatdi. Hishom ibn Abdurrahmon ham otasi kabi mamlakatni isloh qilish va rivojlantirish yo‘lidan bordi. Ilm va maorif rivoji uchun ko‘p ishlar qildi. Bu hududda boshqa millat va xalqlar ham bemalol yashar edi. Andalusning to‘rtinchi hukmdori Abdurrahmon Ikkinchi ibn Hishom (821-850 yillar) g‘oyat ilmli odam bo‘lib, saroyi har vaqt olim va ulamolar bilan to‘la edi. Har kuni ilmiy 46 Roger Collins. Caliphs and Kings: Spain, 796-1031 (англ.). — John Wiley & Sons, 2012. — P. 8—9. 47 Saloh Kamol“Musavvar tarixi Islom” Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 544 majlislar, turli masalalar bo‘yicha munozaralar bo‘lar edi. Saloh Kamol yozishicha, Sharqu G‘arbdagi Islom mamlakatlari ichida Abdurrahmondan in’om-ehson ko‘rmagan biror ilm ahli qolmagan edi. Bundan tashqari, Abdurrahmon Andalusda muntazam pochta xizmatini tashkil qildi va poytaxtga keladigan yangi yo‘llar qurdirdi. Bu Ovrupadagi dastlabki pochta tizimi ekani manbalarda ta’kidlangan. Sakkizinchi hukmdor Abdurrahmon Uchinchi ibn Muhammad (913-962 yillar) davrida Andalusning rivoji yanada yuksaldi. Qurtuba jahonning eng rivojlangan, chiroyli shaharlaridan biriga aylandi. Shahar yaqinida me’moriy jihatdan juda noyob «Madinat uz- Zahro» saroyi barpo etildi. Sanoat va tijorat ham taraqqiy etib, Ovrupa bozorlarida Andalus mollari katta shuhrat topdi. Turli yurtlardan kelgan sayyohlar Andalusdagi taraqqiyotdan hayratda qolishdi. Mamlakat madrasalarida tub joy aholi farzandlaridan tashqari minglab ovrupalik talaba turli fanlardan tahsil olgan edi. Natijada, ilm-fan yutuqlari keng yoyildi. Shu orqali Muso Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy kabi Sharq olimlarining ilmiy kashfiyotlari, asarlari Ovrupaga kirib keldi va to XVII–XVIII asrlarga qadar G‘arb universitetlarida darslik sifatida o‘qitildi. Download 257.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling