O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar


Download 0.87 Mb.
bet13/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.87 Mb.
#1828181
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
7 o\'z tarix test javobi bilan

111 variant
1. Qarluqlar X asrda qaysi hududlarga ko'chib o'rnashganlar?
1. Xorazm atroflari
2. Sirdaryoning quyi oqimi
3. Shosh atrofi
4. Farg'ona vodiysi
5. Zarafshon vodiysi
6. Qashqadaryo vohasi
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4
C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6
2. VI —VII asrlarda qarluqlar qaysi davlat tarkibida bo'lgan?
A) Turk xoqonligi B) Eftaliylar C) Xitoy D) Sosoniylar
3. O'g'uzlar VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda qaysi davlat tarkibida bo'lgan?
A) Turk xoqonligi B) Eftaliylar C) Xitoy D) Sosoniylar
4. O'g'uzlar davlatiga qachon asos solingan?
A) VIII asr o'rtalarida
B) VIII asr oxiri va IX asr boshlarida
C) IX asr o'rtalarida
D) IX asr oxiri va X asr boshlarida
5. O'g'uzlar davlati tashkil topgan hududni aniqlang.
A) Yettusuv
B) Sharqiy Turkiston
C) Sirdaryo havzasi va Orol bo'ylari
D) G'arbiy Oltoy va Janubiy Sibir
6. O'g'uzlar davlati poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
A) Sig'noq B) Jand
C) O'tror D) Yangikent
7. Qachondan boshlab o'g'uzlar Islom dinini qabul qilganlar?
A) VIII asrdan В) IX asrdan
С) X asrdan D) XI asrdan
8. O'g'uzlar davlati tashqi omil sabab bo'linib ketgan sanani aniqlang.
A) IX asrning so'nggi choragi
B) X asrning birinchi choragi
C) X asrning ikkinchi choragi
D) X asrning so'nggi choragi
9. Qaysi qabilalar hujumi tufayli O'g'uzlar davlati bo'linib ketdi?
A) qarluqlar B) qoraxoniylar
C) qoraxitoylar D) qipchoqlar
10.Qarluqlar qaysi xalqlarning etnogenezida muhim rol o'ynagan?
A) o'zbek va tojiklarning
B) qirg'iz va qozoqlarning
C) qoraqalpoq va ozarbayjonlarning
D) turk va turkmanlarning
11.O'g'uzlar qaysi xalqlarning etnogenezida muhim rol o'ynagan?
A) o'zbek, tojik va qirg'izlarning
B) uyg'ur, ozar va armanlarning
C) turkman, qoraqalpoq va ozarbayjonlarning
D) turk, afg'on va qozoqlarning
12.Xalifa Horun ar-Rashid hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 784 —806-yillar
B) 786 —809-yillar
C) 789 —807-yillar
D) 792-809-yillar
13.Horun ar-Rashidning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasidagi taxt uchun kurash bo'lib o'tgan yillarni aniqlang.
A) 809 —813-yillar
B) 807 —814-yillar
C) 810 —812-yillar
D) 804 —813-yillar
14.Ma'mun va Amin o'rtasidagi taxt uchun kurashda muhim o'rin tutgan Tohir ibn Husayn qaysi hudud zodagonlaridan bo'lgan?
A) Buxoro B) Marv
C) Nishopur D) Hirot
15.Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari qachon xalifalik poytaxti Bag'dodga yurish qilganlar va Ma'munni xalifa qilib ko'targanlar?
A) 809-yil B) 810-yil
C) 812-yil D) 813-yil
16.Tohir ibn Husayn qachon Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlangan?
A) 818-yil B) 821-yil
C) 822-yil D) 823-yil
17.Ma'mun xalifalikni egallashida unga yordam bergan Movarounnahr zodagonlariga ko'plab mulklarni taqdim etgan edi. Somonxudotning nabiralari va ularga berilgan mulklar to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1. Ahmad a) Shosh va Ustrushona
2. Nuh b) Farg'ona
3. Yahyo c) Hirot
4. Ilyos d) Samarqand
A) 1 -a, 2-b, 3-е, 4-d
B) 1-b, 2-a, 3-е, 4-d
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
D) 1-b 2-d, 3-е, 4-a
18.Tohir ibn Husayn qachondan boshlab Xuson va Movarounnahrni mustaqil idora qila boshlagan?
A) 821-yil B) 822-yil C) 823-yil D) 824-yil
19.Tohiriylar davlati poytaxti bo'lgan shaharni aniqlang.
A) Marv B) Niso
C) Hirot D) Balx
20.Tohiriylar hukmdori Abul Abbos Abdulloh noibligi davrini aniqlang.
A) 822 —826-yillar
B) 826 —830-yillar
C) 830 —844-yillar
D) 844 —856-yillar
21.Abul Abbos Abdulloh davrida Tohiriylar poytaxti qaysi shaharga ko'chirilgan?
A) Nishopur B) Sabzavor
C) Tus D) Kobul
22."G'oziy" so'zining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) din uchun kurashib halok bo'lgan kishi
B) haq din uchun kurashuvchi jangchi
C) xalq qo'zg'oloni rahbari
D) qo'zg'olonni bostirgan g'olib sarkarda
23.Aka-uka Ya'qub va Ami ibn Layslar boshchiligida Tohiriylarga qarshi qo'zg'olon qachon boshlangan?
A) 870-yil B) 871-yil
C) 872-yil D) 873-yil
24.Tohiriylar davlati hukmronligiga chek qo'yilgan sanani aniqlang.
A) 871-yil B) 873-yil C) 875-yil D) 876-yil
25.Ya'qub ibn Lays hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 874 —878-yillar
B) 873 —882-yillar
C) 873 —879-yillar
D) 875 — 900-yillar
26.Safforiylar davlati hukm surgan yillarni aniqlang.
A) 870 —906-yillar
B) 871 — 899-yillar
C) 873-900-yillar
D) 875 —902-yillar

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling