Zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 424.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.10.2023
Hajmi424.63 Kb.
#1693747
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-seminar mavzu



Mavzu: O‘ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA 
TARAQQIYOT BOSQICHLARI 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Davlatchilik, milliy davlatchilik, davlatchilik 
elementlari, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, “Avesto”, “Persika”, “Katta Xorazm”, 
“Qadimgi Baqtriya”, “varvarlar” Qang’, Dovon va Kushon davlatlari. 
 
Bronza davriga kelib dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, 
ixtisoslashagan hunarmandchilik xo`jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab 
chiqarish hajmi ko`payib, mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Sun’iy 
sug’orishga asoslangan dehqonchilik O`rta Osiyo xo`jaligining asosi hisoblanib bu 
jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning janubida bronza 
davrida, Toshkent vohasi, Farg’ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida 
shakllanib rivojlandi. O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug’orish 
birmuncha qulay bo`lgan Amudaryo (yuqori, o`rta, quyi) oqimlari bo`ylarida, 
Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi.
Jamiyat 
hayotida 
metallning 
keng 
yoyilishi, 
hunarmandchilikning 
ixtisoslashuvi, alohida xo`jalik tarmog’i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi 
iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, davlatchilik paydo bo`lishi 
uchun muhim bo`lgan qo`shimcha mahsulot ko`payishiga turtki bo`ldi. Ilk 
davlatlarning paydo bo`lishida o`zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy 
aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo`lgan.
O`lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham 
jamiyat taraqqiyotida bo`lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo`li bilan rivojlangan. Bu 
qonuniyatga ko`ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-
bosqich davrlarni bosib o`tgan. O`zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar 
qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko`p sonli arxeologik topilmalarning 
dalolat berishicha bu ko`hna shaharlar ba’zilarining yoshi 2 700-3000 yildan kam 
emas. Ularga Afrosiyob, Ko`ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), 
Uzunqir, Erqo`rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu ko`hna shaharlar 
tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-SHahrisabz (Uzunqir) yoki 
Qarshi (Erqo`rg’on) hududlarida davom etdi. 
 O`lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari 
quyidagilardan iborat: 
 aholining o`troq dehqonchilikka o`tishi va keng vohalar bo`ylab yoyilishi; 
 hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda 
madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi; 
 tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. 
O`lkamiz hududlaridagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy mavqesi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar asosan aholisi sug’orma 


dehqonchilik bilan shug’ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo`llari bo`ylarida, 
hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo`lgan. Bunday shaharlar o`zlari 
joylashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari 
vazifasini bajargan bo`lishi shubhasizdir. 

Download 424.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling