Zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari
Qang’, Dovon va Kushon davlatlari
Download 424.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2-seminar mavzu
Qang’, Dovon va Kushon davlatlari: Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda,
Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang’ davlati paydo bo`ldi. Keyinchalik, Yunon-Baqtriya davlati hamda ko`chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang’ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O`rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi qang’lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang’ davlatining erlari birmuncha kengayib sharqda Farg’ona vodiysi (Dovon), shimoli- sharqda usun, yuechji qabilalari bilan shimoli-g’arbda Sarisu daryosi, g’arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman CHu vodiysining quyi oqimidagi erlarni o`z ichiga olib Qang’ davlatining asosiy erlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang’liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi erlarni va Xorazmni o`zlariga bo`ysundiradilar. Qadimgi manbalarda Qang’ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang’uy (Qang’) podshosi o`z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o`tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Qang’ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan. Manbalarda Qang’ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni O`trorda (hozirgi Qozog’istondagi Aris va Turkiston oralig’ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo`rg’on tumanida) o`tkazganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda O`tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, CHoshtepa, Mingo`rik xarobalari o`rnida qang’arlarning qo`rg’onlari va ko`xna shaharlari bo`lgan. SHahar va qishloqlarda yashovchi o`troq xalqlar ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullanganlar. Ular arpa, bug’doy, tariq, no`xat, sholi va boshqa donli ekinlar etishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko`p bo`lgan. Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi qang’arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Mil.avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg’ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo`lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko`rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar. Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar ershi va ikkinchi shahar YUchen (davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni SHurabashot (O`zgand vohasi Qirg’.) o`rnida bo`lgan deb hisoblaydilar. Farg’ona vohasi hududlarida ko`chib yurgan chorvador va ko`chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo`lganlar. Bu qabilalar uchun Farg’ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan. Mil.avv. II asrdan boshlab Qashg’ardan Dovonga shimoliy yo`ldan karvon yo`li harakati boshlanadi. Bu yo`ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko`paya boshlaydi va ko`plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo`ladi. Savdo yo`lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo`la boradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko`pgina qal’alar savdo yo`lini qo`riqlash maqsadida barpo etiladi. Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo`llarning mavjudligi tufayli Farg’ona vodiysida SHarqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog’ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o`zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg’ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo`jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 172-161 yillar oralig’ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunnlardan mag’lubiyatga uchraganidan so`ng O`rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko`chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta Yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko`ra, yuechjilar xunn qabilalaridan mag’lubiyatga uchragach O`rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To`ng’ich Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o`z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig’ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko`p o`tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko`ra, Katta yuechji hukmdorlari ko`l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo`lib, ular Xyumi, SHaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko`pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uchta bosqichga bo`ladilar. 1. Mil. avv. 139-125 yillar-Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi. 2. Mil. avv. 25 yilga qadar-Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo`lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. YUechjilar bo`ysundirgan hududlar Xise, SHaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo`lib ular xi-xou (yabg’u) tomonidan boshqarilgan. 3. Mil.avv. 125 yilgacha Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo`lishi. Kushon (Guyshuan) yabg’usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to`rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi. Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o`z ahamiyatiga ko`ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi. Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho`qqisiga ko`tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo`shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg’oniston) atroflariga ko`chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi SHimoliy Hindiston, Afg’oniston, O`rta Osiyoning janubi, SHarqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo`shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko`pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g’arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o`z garovga qo`ygan odamlarini yuborar edilar”. Kushon davriga oid ko`plab ochilgan ko`hna shaharlar bu paytda shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Ayrtom, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Termiz, Zartepa, Kampirtepa kabi ko`hna shaharlar shular jumlasidandir. Kushon podsholigi ruhoniylar qo`lidagi davlat bo`lib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh qohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga bo`lingan bo`lib, ularning boshliqlari ma’lum ma’noda o`zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansada, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo`lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo`jaligida dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan bo`lib, qishloq xo`jalik ekinlarining juda ko`p turlari etishtirilgan. Download 424.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling