Zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar


Download 424.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.10.2023
Hajmi424.63 Kb.
#1693747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-seminar mavzu

Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar: Vatanimiz tarixini o`rganishidagi 
dastlabki yozma manba sifatida “Avesto” katta ahamiyat kasb etadi. “Avesto”da 
ahmoniylargacha bo`lgan geografik, hududiy nomlar, atamalar, ijtimoiy-iqtisodiy 
ma’lumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va turli ma’lumotlar saqlangan. Bu manbada 
tilga olingan juda ko`plab mamlakatlar - O`rta Osiyo va O`rta SHarq, Afg’oniston, 
eronning shimoli-sharqiy hududlari bilan bog’liqdir. YAsht qismlari oriylarning 
erlari haqida quyidagicha e’lon qiladi: “U mamlakatning jasur sardorlari ko`pdan 
ko`p harbiy yurishlar qiladi, uning keng yaylovlarga ega, suvga serob tog’larida 
chorva tinch o`tlov va emish bilan ta’minlangan, bu erdagi sersuv chuqur ko`llar 
to`lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi Pourutadagi Iskata, 
Xaravaydagi Mouru, So`g’ddagi Gava va Xvarizam tomoniga toshib intiladi”. 
Davlatchilik paydo bo`lishining muhim belgilaridan biri jamiyatning ijtimoiy 
tabaqalarga bo`linishi hisoblanadi. Ko`pchilik manbalardan bizga ma’lumki, Avesto 
jamiyati quyidagi to`rtta tabaqaga bo`linadi: 1) qohinlar (atravanlar); 2) harbiylar 
(ratayistralar); 3) dehqon-chorvadorlar (vastrya-fshuyant); 4) hunarmandlar (xutlar). 
Jamiyatning bunday tabaqalashuvi qadimgi, ya’ni, zardushtiylikkacha bo`lgan 
a’analarni o`zida aks ettiradi. Bu an’analar ayrim o`zgarishlar bilan ko`p asrlar, 
Avestodan keyingi davrlarda ham saqlanib qoladi.
Jamiyatning boshqaruv tartibi haqida Avestoda ma’lumotlar saqlangan. 
Manbada keltirilishicha, oriylar o`lkasi quyidagi to`rtta ma’muriy hududiy birlikka 
bo`linadi: 1-patriarxal oilaga tegishli bo`lgan turar-joylar (nmana); 2-qishloqlar 
(vis); 3- tumanlar (zantu); 4-viloyat – o`lka (daxyu). Ushbu birliklarning har biri o`z 
yo`lboshchisiga ega bo`lgan: 1-nmanopati (uy boshlig’i); 2-vispati (qishloq 
boshlig’i); 3-zantupati (tuman oqsoqoli); 4-daxyupati (viloyat –o`lka yo`lboshchisi). 
Mil avv. VI asrning o`rtalariga kelib erondagi Ahmoniylar sulolasi 
hukmdorlari Qadimgi SHarqdagi ko`pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O`rta 
Osiyodagi Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So`g’diyona, Xorazm, “Saklar o`lkasi” 
ustidan o`z hokimiyatini o`rnatdilar. Ahmoniylar davrida bitilgan mixxat 
manbalarda O`rta Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli ma’lumotlarni 
uchratishimiz mumkin. Bu davr yozuvlarida o`lkamiz xalqlarining qadimgi tarixiga 
oid quyidagi ma’lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning nomlari, ayrim 
siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy 
madaniyat ma’lumotlari. 
Yunon-rim tarixchilaridan birinchi bo`lib “tarixning otasi” Gerodot (mil.avv. 
V asr) O`rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar beradi. Gerodot “Tarix” kitobida 


Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, so`g’dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 
marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib ularning moddiy 
madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan. 
Gerodotning O`rta Osiyo to`g’risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-
massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To`maris o`rtasidagi siyosiy munosabatlar, 
ahmoniylar harbiy qo`shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, 
ularning yarog’-aslahalari, yo`lboshchilari, fors-yunon urushlarida ularning jasorat 
ko`rsatganligi, xalqlarning ahmoniylar davlatiga bo`ysunishi va soliq tartibi, sak-
massagetlarning turmush tarzi va diniy e’tiqodi va boshqa ayrim ma’lumotlardan 
iborat. 
Asli Kichik Osiyodagi Knid shahrilik bo`lgan yunon tarixchisi Ktesiy 
ahmoniylar podshosi Artakserks (mil.avv. 404-359 yy.) saroyida tabiblik qilgan. 
Ktesiy qalamiga mansub “Persika” asarining katta bir qismi baqtriyaliklar tarixiga 
bag’ishlangan. 
Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, Baqtriyaning 
poytaxti va ko`p sonli mustahkam istehkom va shaharlar haqida ma’lumotlar berib 
jumladan shunday yozadi: “Baqtriyadagi ko`pdan-ko`p shaharlar orasida Baqtra 
nomli mashhur bir shahar bo`lgan. Bu shahar mamlakatning markazi bo`lib, ko`p 
shaharlar o`rtasida, baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan, unda 
podsho qal’asi joylashgan”. 
Yana bir yunon muallifi Ksenofont “Kiropediya” nomli asarida Ktesiy 
xabarlariga o`xshash, Baqtra shaharlarining ossuriyaliklar tomonidan qamal 
qilinishi to`g’risida ma’lumot beradi. SHuningdek, Ksenofont Kir II va Baqtriya 
urushlari haqida ham yozadi. 
Mil. avv. IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning SHarqqa 
qilgan yurishlari natijasida O`rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar haqida ko`plab yangi 
tarixiy-geografik ma’lumotlar paydo bo`ldi. Keyingi antik davr mualliflari (Arrian, 
Kursiy Ruf, Strabon va boshq.) asarlaridagi ma’lumotlar ilk antik davr 
mualliflarinikiga nisbatan kengroq berilgan. Makedoniyalik Iskadar yurishlari 
haqida yozgan tarixchilar asarlarida qadimgi O`zbekiston viloyatlari, shaharlar
qal’alar, manzilgohlar, himoya devorlari, xo`jalik va madaniy hayot haqida kengroq 
va batafsilroq ma’lumotlar olish mumkin. 

Download 424.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling