Zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyo
Download 424.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2-seminar mavzu
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyo: Mil. avv. 555-540-330 yillar
O`rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. O`rta Osiyo viloyatlari va unga qo`shni bo`lgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko`pchilik olimlar turli yillarda tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar eroni hududlari tarixi bilan bog’liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Bu davr Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalayimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi ko`plab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bog’liq bo`lgan mehnat qurollari-o`roqlar, ketmonlar, yorg’uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik asosan sun’iy sug’orishga asoslanganligini ko`rsatadi. Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (Hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u erdan topilgan kulolchilik buyumlari ko`hna shaharning eng qadimgi qatlamlari mil. avv. V asrning o`rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi. Mil. avv. VI-IV asrlarda So`g’diyona hududlarida ko`plab shahar va qishloqlar bo`lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to`lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Erqo`rg’on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo`ja Bo`ston kabi 50 dan ziyod ko`hna shahar va manzilgohlar ochib o`rganilgan. So`g’diyonaning poytaxti bo`lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar hayotining rivojlanishi So`g’diyona va butun O`rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So`g’diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo`lgan Erqo`rg’onni (Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar. Mil. avv I ming yillikning o`rtalarida Xorazm ham rivojlanishi jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davrda Xorazmda inshootlar qurilishida xom g’isht, paxsa ishlatilgan. Manzilgohlar va turar joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu erda mavjud bo`lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. SHaharlar aholisining asosiy mashg’uloti hunarmandchilik bo`lgan. Ko`plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o`troq aholidan tashqari ko`chmanchi chorvadorlar ham yashagan bo`lib, ular o`rtasida doimiy harbiy to`qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo`lib turgan. Mil. avv. IV asrning o`rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar- davlatlar kuchaya boshlaydi va Makedoniya podshosi Fillip II boshchiligida mil. avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning o`ldirilishi tufayli bu kurash to`xtab qoldi. O`sha yili taxtga Fillip II ning o`g’li 20 yoshli Iskandar (Aleksandr) o`tirdi. Bu paytga kelib, yunon shahar-davlatlarida Iskandarga qarshi harakatlar boshlangan bo`lib, yosh podsho bu harakatlarning barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi. Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo`shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo`shinlar oldiga aniq vazifalar qo`ydi. Bir necha g’alabadan so`ng mil. avv. 330-329 yillar qishida Makedoniyalik Iskandar qo`shinlari Hinduqush dovonidan o`tib SHimoliy Baqtriya erlariga chiqib keladilar. Bu paytdagi Baqtriya satrapi Bess o`z qo`shinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. Ammo, tajribali yunon-makedon qo`shinlaridan mag’lubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qal’alarni egalladi. Maroqandadan so`ng yunon-makedon qo`shinlarining yurishi nihoyatda og’ir kechdi. Mahalliy so`g’diy aholi dushmanni o`ta norozi kayfiyatda kutib oldi hamda bir tan- bir jon bo`lib unga qarshi chiqdi. Natijada Baqtriya va So`g’diyona hududlarida ham Iskandarga qarshi qo`zg’olonlar boshlanib ketadi. Asosan Spitamen boshchilik qilgan bu qo`zg’alonlar mil.avv. 329-327 yillarda shafqatsizlarcha bostirildi. Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O`rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko`rsatdilar. Ular yunonlar o`ylaganidek, “varvarlar” va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki o`z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar qo`shinlari butun SHarq davlatlarini o`zlariga bo`ysundirganlarida So`g’diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Iskandar tarixini yozgan ko`pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar. O`zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi qadimgi davrlardan boshlab bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borib o`z ozodligi va mustaqilligi yo`lida bir tan-bir jon bo`lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko`p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. Makedoniyalik Iskandar Salavkiylar, Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari turli xalqlar, elatlar va qabilalarning zo`rlab birlashtirilgan yig’indisidan iborat bo`lib, faqat qo`rqitish va qurol kuchi orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda Makedoniyalik Iskandarning Bobilda to`satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning keskin o`zgarishiga sabab bo`ldi. YUnon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) o`rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlandi. Mil.avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka diadoxlar bilan bo`lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va boshqa qo`shni viloyatlarni bosib oldi va ko`p o`tmay Old Osiyo, eron va O`rta Osiyo hududlariga ham o`z hukmronligini o`rnatdi. Salavkiylar hokimiyatni egallagan paytdayoq ularning O`rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu sababli O`rta Osiyo viloyatlari erlaridan mahrum bo`lishdan qo`rqib ketgan Salavka I o`z vorisi Antiox I boshchiligidagi SHarqiy noiblik (straplik)larni ta’sis etdi. O`zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil. avv. 293-261 yy.) Antiox G’arbga qilgan ko`pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o`z davlatining sharqiga, shumladan O`rta Osiyo erlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda uning viloyatlarida iqtisodiy o`zgarish yuz beradi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo`lishiga qaramasdan, O`rta Osiyo ular davlatining eng muhim qismi edi. O`rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lib, salavkiylar bu hudud bo`ylab o`tgan savdo yo`llari bo`yida shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda hunarmandchilik, o`zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas. Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda tilga olinadi. (Stratonik, Aleksandr, Gieraks va b.). Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy aholidan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O`rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to`plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, O`rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda (katoykiyalarda) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Aholiga jabr-zulm qilishda mahalliy hukmron guruh vakillari ham ishtirok etardilar. Mil. avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida salavkiy hukmdorlari o`rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy satraplari siyosiy hayotida o`zgarishlar sodir bo`ldi. Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o`zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to`g’ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog’tepa, Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko`plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi. Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo`lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo`lingan bo`lib bu viloyat hokimlari podshoga bo`ysunar edilar. Ba’zi tadqiqotchilar So`g’d va Farg’ona ham Yunon- Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o`tmagan deydilar. So`nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko`plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o`ng va so`l qirg’og’i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o`zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu erlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140-130 yillar davomida YUnon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo`lib, bu davrda Diodot, Evtidem, Evkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko`chmanchilar zarbalari ostida YUnon- Baqtriya davlati inqirozga uchradi. Download 424.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling