O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar
Download 0.87 Mb.
|
7 o\'z tarix test javobi bilan
110 variant
1. Hoshim ibn Hakim tarafdorlari qanday rangli kiyim kiyib olgan edilar? A) oq B) qora C) ko'k D) yashil 2. Muqanna qayerda tug'ilgan edi? A) Bag'dod yaqinida B) Niso yaqinida C) Marv yaqinida D) Nishopur yaqinida 3. Hoshim ibn Hakim yoshligida nima bilan shug'ullangan? A) sarrojlik B) duradgorlik C) savdogarlik D) kudungarlik 4. Muqanna qaysi aybi. uchun zindonga tashlangan edi? A) o'z vazifasini suiste'mol qilgani uchun B) isyonda qatnashganligi va payg'ambarlik da'vo qilganligi uchun C) pora olganligi va davlatga hiyonat qilganligi uchun D) nohaq odam o'ldirganligi uchun 5. Muqanna zindondan qochib, Marvga kelgach, turli joylarga o'z targ'ibotchilarni yuborib, aholini isyonga da'vat qildi. Uning targ'ibotlari ayniqsa qayerlarda yaxshi samara bergan? A) Nishopur va Rayda B) Kesh va Naxshabda C) Buxoro va Narshaxda D) Balx va Termizda 6. Quyidagilardan qaysi biri Muqanna qarorgohiga aylantirilgan edi? A) Som B) Moxuvon C) Shawal D) Mug' 7. Muqanna isyoni eng avj olgan Movarounnahr viloyatini aniqlang. A) Chag'oniyon B) Choch C) Sug'd D) Eloq 8. Muqanna o'z targ'ibotlarini kimning g'oyalariga asoslangan holda olib borgan? A) Konfutsiy B) Mazdak C) Moniy D) Zardusht 9. O'rta asrlarda kudungarlik qanday kasb bo'lgan? A) muqovasozlik B) temirchilik C) egar-jabduq yasash D) matoga ohor berish 10.Quyidagi shaxslardan qaysi biri dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo'lgan va buni zo'rlik yo'li bilan amalga oshirishni yo'qlab chiqqan? A) Konfutsiy B) Mazdak C) Moniy D) Zardusht 11.Xalifa Mansur qachon muqannachilarga qarshi Jabroil ibn Yahyo boshliq harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qilgan? A) 770-yil B) 775-yil C) 776-yil D) 780-yil 12.Muqannachilardan yengilgan Jabroil ibn Yahyo qayerga chekingan? A) Buxoro B) Termiz C) Samarqand D) Kesh 13.Muqanna qo'zg'oloni qachondan boshlab Buxoro vohasida kuchayib ketadi? A) 775-yildan B) 776-yildan C) 777-yildan D) 778-yildan 14.775-yilda xalifalik tomonidan Movarounnahrga yuborilgan yordamchi kuchlar qayerda bo'lgan jangda isyonchilardan mag'lubiyatga uchragan? A) Buxoro B) Samarqand C) Termiz D) Kesh 15.Naxshab va Chag'oniyon vohalari qachon butunlay muqannachilar qo'liga o'tgan? A) 770-yil B) 775-yil C) 776-yil D) 780-yil 16.Buxoro muzofotida muqannachilar qarorgohiga aylangan Narshax qal'asi qancha vaqt davom etgan kurashlardan so'ng arablar qo'liga o'tgan? A) 4 oy B) 5 oy С) 1 yil D) 2 yil 17.Samarqandda jang olib borayotgan Muqanna tarafdorlari qachon xalifalik qo'shinlari tomonidan mag'lubiyatga uchratildi? A) 778-yil B) 779-yil C) 780-yil D) 781-yil 18.Xalifalik qo'shinlari va muqannachilar o'rtasidagi kurashning oxirgi bosqichi qayerda bo'lib o'tgan? A) Buxoro vohasida B) Samarqandda C) Naxshab vohasida D) Kesh vohasida 19.Muqanna qo'zg'oloni to'liq mag'lubiyatga uchratilgan sanani aniqlang. A) 780-yil B) 783-yil C) 785-yil D) 786-yil 20.Muqanna qo'zg'olonining mag'lubiyatga uchrashida nima asosiy omil bo'lgan? A) mahalliy mulkdorlarning arablarni qo'llab-quwatlaganligi B) qo'zg'olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan C) isyonchilarning uyushqoqlik bilan harakat qilmaganliklari D) arablarga shimoldan turklarning yordamga kelishlari 21.Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo'zg'olon qachon boshlangan? A) 803-yil B) 805-yil C) 806-yil D) 809-yil 22.Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo'zg'olon qayerda boshlangan edi? A) Buxoroda B) Samarqandda C) Marvda D) Farg'onada 23.Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo'zg'olon tarqalgan hududlarni aniqlang. 1. Farg'ona 4. Eloq 2. Shosh 5. Balx 3. Samarqand 6. Marv A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6 24.Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo'zg'olon tarqalgan hududlarni aniqlang. 1. Talas 4. Naxshab 2. Xuroson 5. Xorazm 3. Buxoro A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5 Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling