Oyday olislaguvchi, kundayin otashlarim, Kuy misol yaratguvchi, buloqday beboshlarim


Download 9.47 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi9.47 Kb.
#1756840
Bog'liq
o\'quvchilarimga she\'ri Tursunoy Sodiqova


Oyday olislaguvchi, kundayin otashlarim,
Kuy misol yaratguvchi, buloqday beboshlarim,
Sening o’n yeti yoshing, kamolingdan aylanay,
Xoh sho’xu, xoh yuvoshing, yomoningdan aylanay.

Yo’q, qolmasman, yo’lingda mash’al bo’lib yonaman,


Murg’akkina dilingda bir cho’g’ bo’lib qolaman.
Qayga yetsa qadaming yonginangda men borman,
Haddan oshganda g’aming, boshginangda bedorman.

Chag’ir yo’lda poyingga gilam bo’lib to’shalay,


Birov nohaq koyisa, alam bilan o’ch olay.
Qiynab qo’ysa savollar mushkulingga yechimman,
Yo’ling topolmasang gar, umr bo’yi kechirmam!!

Rozi qilgan kishingni “RAHMATI”da yashayman,


Qilgan xato ishingni zahmatida qaqshayman.
Olqish olsang xalqingdan orom olib tinaman,
Qarg’ish olsangchi, unda shisha misol sinaman.

Boshginamda asrayin suratingni, otingni


Rozi bo’lib, onangday kuzatay hayotingni.
Sening ko’zimda o’sgan kamolingdan aylanay,
Xoh sho’xu, xoh yuvoshing, yomoningdan aylanay.

Bugun seni umidla katta yo’lga solurman,


Izlaringda termulib, baxting tilab qolurman.

Менинг азиз ўқувчиларим.


Кўксимдаги кўркам ҳилолим,
Орзулари тиниқ, зилолим,
Келажагим, бахтим, камолим,
Оқил- доно билимдонларим.
Навоийдан қолган чироғсиз,
Берунийга уруғ - аймоқсиз,
Биз -дарахт, сиз- мева япроқсиз,
Кўзи кулган кўзмунчоқларим.
Бахти кулган гул- чечакларим.
Сизга битдим маржон сўзларим,
Алпомишу Барчинойларим,
Келажагим, ёруғ изларим,
Шогирдларим, эй юлдузларим!
Download 9.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling